O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

Berilgan fikr 
O‘quvchining fikri 
Minding ilm narvoniga, 
Chiqding funun osmoniga, 
Bu jahon ayvoniga 
Arkon o‘zing, vayron o‘zing. 
Sen hilol, yulduz, salib, 
Tavrot, Zaburdin yuksalib 
Boymisan yoki g‘arib, 
Kamron o‘zing yakson o‘zing. 
2-guruhga savol: “O‘zbegim ” qasidadan olingan ushbu parcha orqali qanday g‘oya 
ilgari surilgan? 
Berilgan fikr 
O‘quvchining fikri 
Sen na zardush, sen na buddiy, 
Senga na otash, sanam, 
Odamiylik dini birla
Toza iymon, o‘zbegim. 


21 
Ma‘rifatning shu’lasida 
Talpinib zulmat aro, 
Ko‘zlaringdin oqdi tunlar 
Kavkabiston, o‘zbegim. 
Xuddi shu tartibda kichik guruhlarga topshiriq berilishi mumkin va bajarish uchun 
3 daqiqa vaqt belgilanadi. Ushbu qo‘llangan metod orqali o‘quvchilar kichik 
guruhlarda ishlab o‘zaro she’riy parcha yuzasidan fikr almashadilar. Bunda 
o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlik fikrlarning yanada teranlashishiga va she’rning 
g‘oyaviy xususiyatini to‘laroq anglashlariga yordam beradi. So‘ng “O‘zaro savol 
yo‘llash” metodini qo‘llash mumkin. Bu metod orqali kichik guruhlarga mavzuning 
ma’lum qismi bo‘lib beriladi va xuddi shu qismdan boshqa guruhlarga savol 
yo‘llashlari topshiriladi. Ushbu mashg‘ulot o‘zaro sog‘lom raqobatni yuzaga 
keltiradi. Qolaversa, o‘quvchilarning o‘z xatolarini o‘zlari to‘g‘irlashlari ya’ni tahlil 
qilishlari mumkin bo‘ladi.
Darsning so‘ngida o‘quvchilarni individual tarzda baholashga xizmat qiluvchi 
hamda ijodkorlik xususiyatlariga qaratilgan “Bahrubayt” o‘yinini o‘tkazish yoki 
“Kichik esse” metodini qo‘llash bizningcha ahamiyatlidir. 
Masalan Erkin Vohidov she’riyatidan quyidagicha bahrubayt o‘tkazish mumkin: 
1-o‘quvchi: 
Tarixingdir ming asrlar 
Ichra pinhon o‘zbegim, 
Senga tengdosh Pomir-u 
Oqsoch Tiyonshon o‘zbegim. 
2-o‘quvchi: 
Mir Alisher na’rasiga 
Aks sado berdi jahon, 
She’riyat mulkida bo‘ldi 
Shoh-u sulton o‘zbegim. 


22 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling