O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

1-guruh 
2-guruh 
Shoxdor ona bug‘uning ezgulik qilib 
bolalarni boqib olganini oqlaydi. 
Shoxdor 
ona 
bug‘uning 
ko‘ngilchanglik qilib odamlarga 
ortiqcha ishonganini qoralaydi. 
Ona bug‘u gunohsiz ikki go‘dakni jar 
yoqasidan qutqarib qoldi. 
Ammo uning bolalarini odamlar 
o‘ldirishgan edi. U odamlarning 
qilgan ishini kechirmasligi kerak edi. 
Shoxdor 
ona 
bug‘u 
yomonlikka 
yaxshilik bilan javob qaytarishni 
xohladi. 
Lekin Shoxdor ona bug‘uning o‘ziga 
bu narsa qaytmadi-ku! Shoxdor ona 
bug‘uning 
yaxshiligi 
o‘ziga 
yomonlik bo‘lib qaytib keldi. 
Vaqtlar o‘tib u saqlab qolgan qabila 
odamlari o‘zlaricha g‘aroyib odat 
chiqarishdi. Odatga ko‘ra kimda- 
kim vafot etsa, ular o‘zlarining bug‘u 
avlodidan ekanini bildirib qo‘yish 
21
Abdullayeva M. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish texnaologiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar 
matni. – T., 2017 


27 
uchun qabr tepasiga bug‘u shoxini 
ilib 
qo‘yishadigan 
bo‘lishdi. 
Oqibatda qancha bug‘ularga qiron 
keldi.
To‘g‘ri, lekin shoxdor ona bug‘u tufayli 
butun 
bir 
qabila 
tirik 
qoldi. 
Odamlarning hammasi ham yomon 
bo‘lmaydi. Uning ustiga, xatolikni 
bug‘u emas odamlar qilishdi. 
Baribir bug‘u o‘z qilgan ishidan 
afsuslandi.Qissadagi ertak so‘ngida 
ona bug‘uning o‘z avlodlarini olib 
Issiqko‘ldan ketib qolganligi va 
odamlardan qattiq ranjib, “…bu 
yerlarga 
boshqa 
qaytib 
kelmayman”,- 
degan 
so‘zlari 
keltirilgan. 
Shoxdor ona bug‘uning yaxshiligi 
necha-necha 
asrlar 
o‘tsada 
odamlarning yodida qoldi . 
Lekin qissadagi Mo‘min chol eng 
vijdonli kishi bo‘la turub ham, hatto 
ona bug‘u haqida shuncha to‘lib-
toshib 
gapirib 
ham, 
baribir 
bug‘uning 
so‘yilishida 
o‘zi 
qatnashdi.
Mo‘min cholga O‘rozqul tazyiq 
o‘tkazgandi. Uning ustiga farzandsiz 
qizi bug‘uning so‘yilishidan umidvor 
bo‘lib otasini qo‘ymay qistagan edi. 
Aslida esa Mo‘min cholning qalbida 
ona bug‘uga bo‘lgan ehtirom va 
muhabbat mavjud edi. Shuning uchun 
ham u qissa so‘ngida o‘z qilgan 
ishidan, o‘z-o‘zidan xafa bo‘lib hatto 
gapira olmay qoldi.O‘zini yo‘qotdi. 
Xalqimizda 
“Yaxshilikni 
qilgin-u 


28 
daryoga ot. Baliq bilmasa, holiq 
biladi”-degan naql bor. Ona bug‘uning 
yaxshiligini balki odamlar unutib 
yuborishgandir, lekin unga boshqa 
tomondan ezgu nom qaytdi. Ona bug‘u 
chin ma’noda ezgulik timsoliga 
aylandi. 
Ya’ni 
demoqchimizki, 
dunyoni ezgulik qutqaradi, ezgulik 
baribir g‘olib.
O‘qituvchi: Ko‘rib turganingizdek “Debat” usuli qissada keltirilgan ertakning 
mazmun mohiyatini ochib berishga va fikrlarning o‘sib borishiga xizmat qiladi. 
Debat natijalariga e’tibor bersak, 1-guruh g‘olib keldi. Ya’ni yaxshilikni bilishsa 
ham bilishmasa ham qilish kerak, ezgulik baribir birgina insonning ko‘nglida bo‘lsa 
ham g‘olib keladi. Bu dunyoni ezgulik qutqaradi, degan qarorga kelindi. Ushbu 
metod orqali 2- guruhning fikrlari ham qaysidir ma’noda asosli bo‘lganiga guvoh 
bo‘ldik.
Aslida “Debat”ning maqsadi g‘olib kelish emas. Yuqorida keltirilganidek, 
o‘quvchining o‘z bildirgan fikrida qat’iyligini o‘stirish, aniq dalillar asosida 
fikrlashga o‘rgatishdir. Bugungi kunda adabiy ta’limda debat o‘tkazishning turli 
ko‘rinishlari mavjud. Debatlar yozma va og‘zaki shaklda bo‘lishi mumkin. Yozma 
debatlarning afzallik tomoni sinfda ortiqcha shovqin bo‘lishining oldini oladi. 
Qolaversa, yozma debatlar o‘qituvchi uchun ham jamoa, ham individual tarzda 
baholashga qulaylik yaratadi. Aynan adabiyot ta’limida yozma debatning eng ko‘p 
qo‘llaniluvchi turiga “Kichik esse” metodini misol keltirishimiz mumkin. “Kichik 
esse” ning boshqa debatlardan farqi shundaki, unda o‘quvchi individual tarzda o‘z 
muammosini yoritib beradi. Undagi ko‘rsatilgan sabablar ham yechimlar ham faqat 
birgina o‘quvchining o‘ziga tegishli bo‘ladi. Bugungi kunda aynan “Kichik esse” 


29 
tartibidagi ta’limiy metodlar jahon miqyosida ham juda keng qo‘llanilmoqda. 
Masalan, “Problem solution” usuli mohiyatan “Kichik esse”ga o‘xshashdir. 
Muammoli o‘qitish texnologiyasida muammoli vaziyatni hal etishning turli 
darajalari mavjud. Jumladan,
1)o‘qituvchi muommoni qo‘yadi va o‘zi yechadi; 
2)o‘qituvchi muommoni qo‘yadi va uning yechimini o‘quvchilar bilan birgalikda 
topadi; 
3)o‘quvchilar o‘zlari muommoni qo‘yadilar va uning yechimini topadilar.Biz 
yuqorida qo‘llagan texnologiyada muommo o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladi va 
uning yechimi o‘quvchilar bilan birgalikda hal qilinadi. Lekin bugun jahon tajribasi 
shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘quv materialidan o‘quvchilarning o‘zlari muommoni topib, 
o‘zlari uning yechimini aniqlasinlar, chunki bunday usul bugungi talab qilinayotgan 
yetuk intellektni shakllantirishda eng samarali yo‘l bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni bunda 
o‘quvchi berilgan o‘quv materiali yuzasidan yana ham chuqurroq mulohaza yuritishi 
talab etiladi. Bu esa o‘quvchilarda mustaqil o‘zlashtirish va erkin fikrlash 
ko‘nikmalarini shakllantiradi. Biz bugun shunday ta’lim texnologiyasiga “Keys 
stadi”ni misol keltirishimiz mumkin. ”Keys stadi” inglizcha sase – aniq vaziyat,stadi 
– ta’lim so‘zlarining birikuvidan hosil qilingan bo‘lib, aniq vaziyatlardan o‘rganish, 
tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan ta’lim 
metodidir.
22
Bugungi kunda keyslar turi juda ko‘p. Biz esa aynan “Oq kema” 
qissasini o‘qitishda jadvalli keysni qo‘llab ko‘ramiz. Keysni o‘tkazish uchun 
guruhlar oldindan o‘quv materialiga tayyorgarlik ko‘rishlari talab etiladi. Avvalo, 
sinfda o‘quvchilar kichik guruhlarga birlashtiriladi va ularga “Keys stadi” jadvali 
tasvirlangan tarqatmalar taqdim qilinadi. 
“Keys stadi” 
22
Abdullayeva M. “O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar 
matni. – T., 2017. 


30 
Muammoli vaziyat 
Muammoli vaziyat 
sabablari 
Muammoli vaziyatning 
yechimi 
So‘ngra har bir guruhga o‘quv materialidan o‘zlari alohida bir muammo deb topgan 
vaziyatlarini aniqlashlari, uning sabablari va yechimini belgilashlari topshiriladi. 
O‘qituvchi ushbu topshiriq uchun 3 daqiqa vaqt belgilaydi. Belgilangan vaqt 
nihoyasiga yetgach har bir guruh o‘zining ishlab chiqqan keysini namoyish qiladi. 
Masalan, guruhlar shunday keyslarni ishlab chiqishdi: 
1-guruh: 
Muammoli vaziyat 
Muammoli vaziyat 
sabablari 
Muammoli vaziyatning 
yechimi 
Bola nega tengdoshlari 
bilan emas doimo yolg‘iz 
edi? 
Bola uchun oilaviy muhit 
to‘g‘ri shakllantirilmagan 
edi. U doim mehrga 
tashna va faqat o‘z 
orzulari bilan band edi. 
Bu esa unda odamovilikni 
yuzaga keltirgan edi. 
Unga yetarlicha e’tibor 
berilmadi va tengdoshlari 
bilan 
muloqot 
qilishi 
uchun kattalar tomonidan 
sharoit yaratilmagan edi. 
Bolaga yetarlicha mehr 
ko‘rsatish lozim. Bola har 
qanday 
holatda 
tengdoshlari 
bilan 
bo‘lishi kerak. Chinakam 
do‘stlik haqida bolaga
uqtirilib tushuncha berib 
borish lozim. 
2-guruh: 


31 
Muammoli vaziyat 
Muammoli vaziyat 
sabablari 
Muammoli vaziyatning 
yechimi 
Momin 
cholni 
nega 
hurmat qilishmaydi, u 
bilan hisoblashishmaydi? 

o‘ta 
darajada 
mulozamat ko‘rsatardi. 
O‘zi 
katta 
yoshli 
bo‘lsada, barchaga birdek 
hatto o‘zidan kichiklarga 
ham 
xizmat 
qilardi. 
Ortiqcha kamtarinlik va 
mulozamati uchun o‘z 
hurmatini 
yo‘qotib 
qo‘ygandi. 
Inson 
jamiyatda 
o‘z 
o‘rnini 
yo‘qotib 
qo‘ymasligi 
uchun, 
avvalo, o‘z xurmatini 
ham bilishi kerak. 
3-guruh: 
Muammoli vaziyat 
Muammoli vaziyat 
sabablari 
Muammoli vaziyatning 
yechimi 
Bola nega baliq bo‘lib 
suzib ketish uchun o‘zini 
Issiqko‘l 
bag‘riga 
tashladi. 
Bola kattalardan adolat, 
ezgulik va mehr topmadi. 
Eng ishongan birdan- bir 
mehribon kishisi Mo‘min 
chol ham uni aldadi. 
Shoxdor 
ona 
bug‘u 
haqida 
o‘zi 
berilib 
gapirardi-yu 
lekin 
bug‘uning 
so‘yilishida 
o‘zi qatnashdi. Bolaga 
hech bir kishi boladek 
munosabatda bo‘lmasdi. 
Boladek o‘yin kulgu 
Bola uchun chin dildan 
mehr ko‘rsatish lozim. 
Har 
qanday 
bolaning 
baxtiyor, shod-u xurram 
bo‘lishi va kam-u ko‘stsiz 
ulg‘ayishi 
uchun 
chinakam 
oila 
muhiti 
zarur. 


32 
qilishiga 
tengdoshlari 
bilan qo‘shilib sho‘xliklar 
qilishiga 
zamin 
yaratilmagan edi. 
Shundan so‘ng har bir guruh o‘z keyslarini, ularda o‘quv materialidan topgan 
muammolarini, uning sabablarini va ushbu muammoga yechim deb hisoblagan o‘z 
fikrlarini asar matnidan dalillar keltirgan holda bayon etadilar. O‘qituvchi fikrlarni 
umumlashtiradi hamda har bir guruhda yaratilgan keyslarni mazmun mohiyatidan, 
bildirilgan fikrlarning va dalillarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanidan kelib chiqib 
baholaydi. Ushbu texnologiya orqali o‘quvchilar asarda berilgan haqiqatlarni hayot 
haqiqatlari bilan bog‘lagan holda anglashga harakat qiladilar. “Keys stadi”ni 
qo‘llash borasida ham turli yondashishlar mavjud. Ushbu “Keys stadi”ni nafaqat 
guruhlarda balki individual tarzda ham amalga oshirish mumkin. 
“Oq kema” qissasini o‘qitishda dars so‘ngida quyidagicha muammoli savol 
berilishi mumkin: “Bola nima uchun oq kemaga intildi?”. Ushbu muammoni 
o‘quvchilar o‘rtasida hal etilishi uchun “Qarorlar shajarasi” metodidan foydalanish 
mumkin. Buning uchun, avvalo, “Qarorlar shajarasi” ni aks ettiruvchi jadval 
doskaga chiziladi yoki tayyor chizilgan batmen qog‘ozdan foydalaniladi.
“Qarorlar shajarasi” 
Muammo 
1-guruh 
2-guruh 
3-guruh 
Qaror 


33 
So‘ngra o‘quvchilar 3 ta kichik guruhlarga birlashtiriladi. O‘qituvchi muammoni 
barcha guruhlarga birdek taqdim etadi va guruhlar o‘zaro fikrlashib bir qarorga 
kelishlari uchun muayyan vaqt belgilaydi. Vaqt nihoyasiga yetgach har bir guruh o‘z 
qarorlarini aytadi va o‘qituvchi ularni “Qarorlar shajarasi”ga yozib qo‘yadi. 
Aytaylik o‘quvchilar ushbu muammo yuzasida quyidagicha qarorlarni aytishdi: 
1-guruh: Bola otasini o‘sha kemada deb o‘ylardi va bunga ishonardi. 
2-guruh: Oq kema bola uchun juda qiziqarli va ajoyib edi. 
3-guruh: Oq kema uzoqlarga olib keta oladigan, sirli –sexrli hayot va ezgulik timsoli 
edi. 
Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhlardan ushbu bildirgan qarorlarini dalillovchi 
jihatlarni asar matnidan aynan keltirishlarini so‘raydi. 
1-guruh: Qissada: “Bola bir kuni Qoravultog‘dan turib ko‘m-ko‘k Issiqko‘llik 
matrosni – xuddi shu oq kemada suzayotir degan qarorga kelgandi. Bola o‘zi bunga 
ishonar chunki shunday bo‘lishini juda-juda istardi”,– degan mulohazalar keltiriladi. 
Bola ota-onasiz mehrga tashna o‘sganligi tufayli oq kemaga intilgan. 
2-guruh: Biz birinchi guruhning bildirgan mulohazalariga biroz qarshimiz. Adib fikr 
so‘nggida “Chunki shunday bo‘lishini juda-juda istardi” degan xulosani bermoqda. 
Qissada bolaning otasini o‘sha yerda deb o‘ylaganidan tashqari oq kemaning tashqi 
ko‘rinishi va qiziqarliligi xususida ham fikr aytilgan. Bundan tashqari bola durbinini 
olib oq kemani ko‘rganda “Ana u!” deya xursand bo‘lib ketadi va hayratlanadi. Adib 
ushbu kemani trubalari qator tizilgan, o‘zi kuchli va chiroyli ekanini tasvirlaydi. 
3-guruh: Bola baliqqa aylanib suzishni va kemaga yetib olishini orzu qiladi. Negaki 
u bu yerlarda kattalarning shafqatsizligi va mehrsizligini ko‘radi. Bug‘u fojeasini 
eslang. Bola bu voqeadan juda ta’sirlanadi va barcha qiynoqlardan qutulish uchun 
oq kemaga intiladi. 


34 
Shundan so‘ng o‘qituvchi bildirilgan fikrlar va dalillarni umumlashtirib yakuniy 
to‘g‘ri qarorni aytadi. “Bola uchun oq kema to‘kislik, mehr-u oqibat, diydor ramzi 
edi. Shuning uchun bola oq kemaga intildi”. Ushbu qo‘llanilgan muammoli 
texnologiya nafaqat qissa mazmunini tushunishga, balki izchil va dalillar asosida 
erkin fikr va mulohaza bildirish ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. 
Maktabda adabiy ta’limning vazifasi o‘quvchining badiiy asar g‘oyaviy mazmunini 
tushunishi va o‘zlashtirishiga erishish bilan chegaralanmaydi, balki shu orqali ularni 
mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk kishilar etib 
tarbiyalashni nazarda tutadi. Yangilanayotgan ijtimoiy - estetik tafakkur sharoitida 
umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitish borasida ro‘y berayotgan o‘zgarish va 
yangilanishlar ilmiy metodik jihatdan samarador bo‘lishi muhim ahamiyatga 
egadir.
23
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, adabiyot o‘qitishda muammoli ta’lim 
texnologiyalaridan foydalanish ta’lim samaradorligini ta’minlash bilan birga 
o‘quvchining faolligini oshiruvchi, uni mustaqil va asosli fikrlashga o‘rgatuvchi 
muhim omildir. Adabiyot ta’limida muammoli o‘qitish o‘quvchining shaxsiy 
sifatlarini tarbiyalshga yordam beradi. Bugun jahon ta’lim tizimida, ayniqsa iqtisod 
ta’limida keng qo‘llanilayotgan ushbu texnologiyalarni adabiyot ta’limiga joriy 
qilish, uning amaliy ko‘rinishlarini ishlab chiqish adabiyot o‘qitish metodikasi 
oldida turgan muhim vazifalardandir. Zero, adabiy pedagogik ijodkorlik adabiyot 
darslarining estetik yaxlitligini ta’minlashga xizmat qiladi.
24

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling