O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


ijodi” mavzusini o‘qitishda shunday ishlash mumkin:  Dastlab, Erkin Vohidov hayoti va ijodi xususida kichik “Matbuot anjumani”


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

ijodi” mavzusini o‘qitishda shunday ishlash mumkin: 
Dastlab, Erkin Vohidov hayoti va ijodi xususida kichik “Matbuot anjumani” 
mashg‘uloti o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilar Erkin Vohidov hayoti va ijodi bilan 
bog‘liq axborotlarni jamoaviy tarzda birma-bir keltiradilar. O‘qituvchi ushbu 
14
Rajabova I.Interfaol usul – ta’lim samaradorligi omili. Til va adabiyot ta’limi – T., 2015-yil. 8-son. 


19 
ma’lumotlarni to‘g‘irlab tahlil qilib boradi. Yoki “Zanjir” metodini qo‘llash 
mumkin. Bunda o‘quvchilar xuddi shunday ma’lumotlarni ketma-ket tarzda uzluksiz 
berib o‘tadilar. 
Darsning keying qismida kichik guruhlar shakllantiriladi. Kichik guruhlarni 
shakllantirishda har bir o‘quvchining individual imkoniyatlari hisobga olinishi
qolaversa, guruhlarda o‘quvchilarning soni teng miqdorda bo‘lishiga alohida e’tibor 
berilishi kerak. Kichik guruhdagi o‘quvchilar soni 3-4 tadan oshmasligi maqsadga 
muvofiqdir. Shundagina, ko‘zlangan natijaga erishish va baholashda samaradorlik 
ko‘zga tashlanadi. Adabiyot o‘qitishda tashkil qilingan kichik guruhlarga aynan 
mavzuga mos nom tanlashga ham alohida e’tibor qaratiladi. Masalan, Erkin 
Vohidov she’riyatiga moslab kichik guruhlarga quyidagicha nom berilishi mumkin: 
1-guruh “O‘zbegim” 
2-guruh “Nido”
3-guruh “O‘zbekiston”
va yana shu kabi nomlash mumkin. Yoki hayoti va faoliyatidan kelib chiqib: 
1-guruh “Shoir”
2-guruh “Dostonnavis” 
3- guruh “Dramaturg”
tarzida ham nomlash mumkin. Guruhlarga nom berilgandan so‘ng ular bilan 
shunday kichik guruhda ishlashga mo‘ljallangan mashg‘ulotlarni o‘tkazish mumkin:
uch pog‘onali intervyu
- davra suhbati; 
- ro‘yхat tuzish; 
- muammolar yeshishni tashkil qilish
- bir daqiqalik ishlar; 
- juftlik izohlari; 
- muammoni jo‘natish; 
- baholash chizig‘i; 
- kam uchraydigan birlik; 
- jamoa kutuvi; 


20 
- ikki tomonlama kundalik; 
- o‘zaro savol yo‘llash. 
Shulardan biri “Ikki tomonlama kundalik” mashg‘ulotini aynan Erkin Vohidovning 
“O‘zbegim” hamda “Inson” qasidasini tahlil qilishda quyidagicha qo‘llash mumkin:

1-guruhga savol: “Inson” qasidadan olingan ushbu parcha orqali qanday g‘oya 


ilgari surilgan? 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling