O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

II 
BOB. 
ADABIYOT 
TA’LIMIDA 
YANGI 
PEDAGOGIK 
TEXNALOGIYALARNI TATBIQ ETISH METODIKASI. 
2.1. Hamkorlik texnologiyasi adabiyot darslari samaradorligining muhim 
omili 
Adabiyot darslarida hamkorlik texnalogiyasidan foydalanish bugungi kunda 
ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasi 
ХХ asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko‘pgina innovatsion 
jarayonlarni hayotga chorladi. Bu teхnologiya negizida taniqli rus va chet el 
pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.R. Rirogov, L.N. Tolstoy, 
J.J. Russo, YA. Korshak, K. Rodjers, E. Bern, S.T. Shatskiy, V.A. Suхomlinskiy va 
boshqalardir. Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga 
oshiriladi: 
1. Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvshi majmua. 


17 
2. Shaхsga inson , insonga shaхs sifatida yondashuv. 
3. Atrof-muhitni pedagogizatsiyalashtirish. 
4. Tarbiya kontsertsiyasi.
12
“Hamkorlik pedagogikasi har bir bola shaxsiyatida demokratik sifatlarni 
shakllantirishga qaratiladi. Har bir bola huquqini qanchalik his etsa, burchini ham 
shunchalik darajada anglaydi, faoliyatida qanchalar erkin bo‘lsa, bu erkinlik 
o‘zgalarning hurligiga dahl qilmasligi kerakligini shunchalar his etadi”
13
deydi 
Q.Yo‘ldoshev o‘z dissertatsiya ishlarida. Adabiyot ta’limi har jihatdan hamkorlikda 
o‘qitish texnalogiyasini talab qiladi. Negaki adabiyot darsi o‘z mazmun mohiyati, 
maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o‘qituvchining yakka tartibdagi faoliyatiga 
tayana olmaydi. Agar adabiyot o‘qitish hamkorlik ta’limiga asoslanmasa u holda 
eskitdan qolib bugungi kungacha ayrim darslarda qo‘llanayotgan tayyor materialni 
o‘qib berish bilan cheklanib qoladigan samarasiz va o‘ta mazmunsiz faoliyatga 
aylanib qoladi. Darhaqiqat, bugungi kunda shunday darslarni ham ming afsuski 
kuzatamiz. Ya’ni bunda adabiyot darsi axborot darsiga aylanib ketadi. Vaholangki, 
adabiyot fanining maqsadi komil shaxs tarbiyasi va unda insoniy fazilatlarni kamol 
toptirish hisoblanadi. 
Adabiyot darslarida hamkorlik pedagogikasining turli shakllaridan foydalanish 
mumkin. Jumladan, adabiyot darslarini jamoaviy tarzda ham, guruh tarzida va 
individual tarzda ham tashkil qilish mumkin. Ya’ni adabiy ta’limda shunday 
mavzular borki, uni butun bir sinf jamoasi tarzida o‘tilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bunga biz nazariy bilimlarni beruvchi darslarni misol keltirishimiz mumkin. 
Masalan, yozuvchilarning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar yoki adabiy 
tushunchalarni yetkazishda o‘quvchilarning barchasini qamrab olishga harakat 
qilish muhimdir. Ma’lum badiiy asar tahlili yoki darsdagi bilimlarni mustahkamlash 
qismida aynan musobaqa shaklida guruhlarda ishlash yoki individual tarzda ijodiy 
ishlar, insholar o‘tkazish, turli baxs-munozaralarni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
12
Azizxo‘jayeva N.Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: 2006 
13
Yo‘ldoshev Q. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o’qitishning ilmiy- 
metodik asoslari.Diss.(59-bet)Toshkent-1996


18 
Hayotda bo‘lgani kabi o‘qish va o‘qitish jarayonida ham birgalikda qilingan faoliyat 
ko‘proq samara beradi. Birgalikdagi ta’lim pedagogik hamkorlik demakdir.
Hamkorlikdagi ta’limning odatdagi o‘qitish usulidan asosiy farqi shundaki, 
individual ta’limda har bir o‘quvchi faqat o‘zini biladi, atrofdagilar bilan ishi 
bo‘lmaydi. Bilimli o‘quvchi boshqalarning ham o‘zi kabi bo‘lishidan manfaatdor 
emas. Hamkorlikdagi ta’limda esa guruhdagi har bir o‘quvchining to‘liq 
o‘zlashtirishi nafaqat uning o‘zi, balki guruh a’zolarining hammasi 
uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim 
nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir. Chunki ko‘pdan yaxshi, to‘g‘ri va 
yangi fikrlar ko‘p chiqishi mumkinligi isbot talab etilmaydigan haqiqat. Qolaversa, 
hamkorlikdagi ta’lim o‘quvchilarning intellektual rivojiga ta’sir qilibgina 
qolmay, ularning ma’naviy o‘sishini ham tezlashtiradi. Zero, jamoachilik tuyg‘usi, 
bir-biriga yelkadoshlik hissi o‘quvchilarda ezgu axloqiy sifatlarning yuzaga 
kelishiga ham sabab bo‘ladi.
14
Adabiyot o‘qitishda hamkorlik texnologiyasini tatbiq 
etishda uch xil shakldagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish lozim deb hisobladik: 
- jamoa tarzida; 
- guruh tarzida
- individual tarzda. 
Qolaversa, adabiyot o‘qitish maqsad va mazmunidan kelib chiqib ushbu shakllarda 
quyidagi maqsadlarda topshiriq yoki metodlarni tanlash lozim: 
- nazariy bilim berish va uni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi; 
- badiiy yoki lirik asar tahlili jarayonini hosil qiluvchi; 
- ijodiy yondashuv jaroyonini hosil qiluvchi. 
Masalan, 3-kurs akademik litsey o‘quvchilariga “Erkin Vohidov hayoti va 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling