O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

 
1.1. Adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarning ahamiyati 
Adabiy ta’lim bu inson tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, unda 
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Badiiy adabiyotning inson ruhiyati hatto uning shaxsiyatining shakllanishi va 
rivojlanishidagi o‘rni beqiyosdir.
10
Adabiyot ta’limidan ko‘zlangan asosiy maqsad 
o‘quvchilarni badiiyatdan zavqlanishga, nutqini va mustaqil fikrlashini 
rivojlantirish bilan birga o‘zligini anglashga o‘rgatish hamda o‘zgalar fikrini 
anglashga qaratiladi. Bu esa adabiyot ta’limida boy badiiy manbalarimizni yanada 
chuqurroq o‘rgatish bilangina cheklanib qolmasdan undan hayotda foydalanish 
malakalarini ham kamol tortirishni talab etadi. Shulardan kelib chiqqan holda 
adabiy ta’limning mazmuni: o‘quvchilarning fikrlash salohiyatini, aqliy 
rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish; o‘z-o‘zini, moddiy borliqni badiiy 
10
To‘qliyev B. Adabiyot o‘qitish metodikasi.-T.: 
www.Ziyouz.com
 kutubxonasi, 2010 


15 
ifoda vositalari yordamida anglashga hamda fikri va his-tuyg‘ularini chiroyli bayon 
eta olishga o‘rgatishdir.
11
Ayniqsa bugungi globallashuv zamonida adabiyot fanini o‘qitishning eng 
optimal texnologiyalarini yaratish, har bir darsga texnologik yondashish, turli 
interfaol metodlardan foydalanish dars samaradorligini oshiradi va natijaviy 
faoliyatni yuzaga keltiradi. Adabiy ta’limga xos bo‘lgan yangi pedagogik 
texnologiyalar sirasiga hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, muammoli texnologiya 
hamda o‘yin texnologiyasini kiritishimiz mumkin. Hamkorlik texnologiyasi 
o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi - o‘quvchi, o‘quvchi – jamoa hamkorligiga 
asoslanganligi bilan adabiy ta’limga xos texnologiya desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
Adabiy ta’lim bu o‘quvchi shaxsini ulg‘aytirish, unda nafosat, go‘zallik 
tuyg‘ularini kamol toptirish, badiiy estetik ruh bag‘ishlash, she’riyatga, badiiy 
asarga oshno qilib tarbiyalash hamda ularda insoniy xislatlarni shakllantirish va 
hokozolarni maqsad qilib olar ekan, bugun aynan darslarda o‘qituvchining 
texnologik yondashgan holda darslarni tashkil qilishi ushbu maqsadlarga erishish 
uchun va ularni oldindan belgilashda zaruriy kalit vazifasini o‘taydi desak to‘g‘ri 
bo‘ladi.
Bugungi o‘quvchi har tomonlama ilg‘or bo‘lishga intiladi. Bugun
o‘quvchining xarakteri, zamonaviy muhit, o‘ta darajada jadallashayotgan 
jarayonlar uni mustaqil fikr egasi, har jihatdan sog‘lom, ma’naviyatli, qat’iy qilib 
tarbiyalashni taqozo etmoqda. Bu holatda o‘quvchi fikrlarini o‘stiruvchi, unga 
erkin fikrlash uchun imkon yaratuvchi hamda har bir fikrlarini dallillar asosida 
namoyon qilishiga xizmat qiluvchi muammoli texnologiyani qo‘llash lozimdir. 
Muammoli texnologiya o‘quvchi faolligini oshirish bilan birga badiiy asar 
mazmunini to‘laroq tushuntirish va o‘quvchiga yetkazish uchun juda yaxshi 
imkoniyatlarni yaratib beradi. Muammoli o‘qitish adabiy ta’limda shu jihatdan 
ahamiyatliki hech bir badiiy asar inson fikrlaridan, g‘oyaviy xususiyatlardan
11
Abdullayeva M. ”O’zbek tili va adabiyotini o’qitish texnalogiyalari va loyihalashtirish” fanidan ma’ruzalar matni 
.– T., 2017 


16 
qahramonlarda singdirilgan mohiyatdan holi emas va ushbu mazmunni o‘quvchi 
shunchaki uni o‘qib yoki testlar, savollar orqali asl mohiyatiga yetib bora olmaydi. 
Qachonki baxs-munozaralar, fikrlar rang-barangligi, tahliliy yondashuvlar 
kechgan jarayonlardagina bunga erishish mumkin. Muammoli texnologiya aynan 
shunday metod va usullarga boy texnologiyadir.
O‘yin texnologiyasi adabiy ta’limda o‘quvchi faolligini ta’minlovchi, dars 
samaradorligiga erishishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyadir desak 
mubolag‘a bo‘lmaydi. Adabiy ta’limda shunday darslar, mavzular borki unda bir-
biridan qiziqarli o‘yin mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin. Masalan, dramatik 
asarlarni o‘qitishda rolli o‘yinlarni qo‘llash juda muhimdir. Umuman adabiy 
ta’limda o‘yin texnologiyasi o‘qituvchiga katta imkoniyatlarni beradi. Ushbu 
texnologiyalar, aytish mumkinki, yangi ilg‘or usullarni adabiyot o‘qituvchisiga 
taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash uchun muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling