O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


“Topqirlar”, 3-guruh “Bilog‘onlar”


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

“Topqirlar”, 3-guruh “Bilog‘onlar”, 4-guruh “Epchillar”, 5-guruh “Oqillar”, 6-
guruh “Chaqqonlar”. Shundan so‘ng dars mavzusi e’lon qilinadi va har bir guruhga 
Muhammad Sharif Gulhaniy hayoti va ijodi hamda “Zarbulmasal”dan topshiriq 
beriladi. Masalan:
1-guruh “Ziyraklar”ga Gulhaniy hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni 
o‘rganish;
2-guruh “Topqirlar”ga “Zarbulmasal” haqida o‘rganish; 
3-guruh “Bilog‘onlar”ga “Kabutar bilan Zog‘ ” masalini o‘rganish; 
4-guruh “Epchillar”ga “Maymun bilan Najjor”; 
5-guruh “Oqillar” ga “Tuya bilan Bo‘taloq”; 
6-guruh “Chaqqonlar”ga “Toshbaqa bilan Chayon” masalini o‘rganish 
o‘qituvchi tomonidan e’lon qilinadi. Ushbu topshiriqni bajarish uchun 6 daqiqa vaqt 
beriladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi guruhning a’zolarini almashtiradi va yangittan 6 
tadan guruh shakllantiradi. Yangi guruhda avvalgi guruhdan bitta vakil qoladi va o‘z 
guruhining mavzusi yuzasidan chiqargan xulosalarini yangi guruhga bayon etadi. 
Yangi guruh a’zolari avvalgi guruhning fikr va xulosalarini o‘rganadilar, unga o‘z 
munosabatini bildiradilar. So‘ng har bir guruhga avvalgi berilgan topshiriq 
yuzasidan og‘zaki gapirib berishlari so‘raladi yoki savol-javob qilinadi. Barcha bir-
birini o‘zaro tinglaydi ma’lumotlarda xatoliklar bo‘lsa to‘g‘irlaydi. Shu tariqa qisqa 
vaqt ichida o‘quvchilar tomonidan ham mavzu chuqur o‘zlashtiriladi, mavzuga doir 
barcha axborotlar egallanadi, o‘zaro fikr almashinadi, ham bu fikrlar ularning o‘zlari 
tomonidan tahlil qilinadi va baholanadi. Ushbu o‘yin texnologiyasi asosida
o‘qituvchi deyarli barcha o‘quvchini darsda qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi 
va barcha o‘quvchilar mavzuni qisqa vaqtda, jonli tarzda, mustaqil o‘rganadilar.


37 
Ushbu darsni o‘tishda darsning keyingi qismida yana bir qiziqarli o‘yin 
metodidan foydalanish mumkin. Bu – “Mozayka” metodidir. Bunda o‘quvchilar
guruhlarga birlashtiriladi. Har bir guruhga “Zarbulmasal”dan ma’lum masal asosida 
chizilgan rasm mozaykasi beriladi. O‘qituvchi: “Har bir guruh o‘zlariga berilgan 
mozaykalarida yashiringan rasmni tiklashlari, undagi rasm qaysi masalni 
ifodalayotganini topishlari va rasm asosida o‘zbek xalq maqollaridan keltirishlari
kerak”,- degan topshiriq beradi. Topshiriq uchun ma’lum vaqt beriladi va kim 
birinchi bo‘lib mozaykani bajarsa o‘sha guruh shartning qolgan qismini ham 
bajaradi. Masalan, 
1-guruh: Biz tiklagan mozayka “Toshbaqa va Chayon” masaliga ishlangan 
rasmdir. 
Ushbu masalga to‘g‘ri keluvchi o‘zbek xalq maqollari: 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling