O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

“Sayohatlar marrasi o‘yini”. Bunda har ikkala guruhdan bir o‘quvchi doskaga 
chiqariladi. Ikkala o‘quvchiga bir xil masofada marra belgilanadi. O‘yin shartiga 
ko‘ra o‘qituvchi ikki guruhga ketma-ket “Sayohatnoma”dan parcha keltiradi va 
guruhlar ushbu parchada tasvirlangan joy shoirning qaysi sayohatidan ekanligini 
topadi. Agar guruhning javobi to‘g‘ri bo‘lsa o‘sha guruhdan chiqqan o‘quvchi marra 
tomon bir qadam ilgarilaydi. Noto‘g‘ri bo‘lsa joyida qoladi. Shu tariqa kim birinchi 
bo‘lib marraga yetib borsa o‘sha guruh g‘olib etib belgilanadi. Masalan, o‘qituvchi 
birinchi guruhga shunday parchani keltirdi: 
«Rafqon» ajoyib joy ekan,
Bir ko‘cha ketgan soy ekan,
Salqin supa hoy-hoy ekan,
Kim ko‘rsa hang-u mang ekan. 


42 
1-guruhning javobi: Ushbu parcha shoirning Qo‘qondan Farg‘onaga qilgan 
sayohatidan. 
O‘qituvchi: Javob to‘g‘ri va ushbu guruh o‘quvchisi bir qadam oldinga yuring. 
2-guruhga parcha: Xayr-u saxo vajhiga kar, 
Bir pulni yuz yerdin tugar,
Kelsa gadoy nogah agar,
Bir non chiqish dushvor ekan. 
2-guruhning javobi: Ushbu parcha shoirning Qo‘qondan Shohimardonga qilgan 
sayohatidan. 
O‘qituvchi: Ushbu guruhning ham javobi to‘g‘ri guruh vakili bir qadam oldinga 
yuring. O‘yin shu tarzda davom etadi va oxirida g‘olib aniqlangandan so‘ng 
o‘qituvchi ushbu “Sayohatnoma” asari haqida umumiy yakunlovchi xulosalarni 
aytadi: Sayohatnoma Muqimiyning turli joylarga qilgan sayohatlarini aks ettiradi. 
Unda shoir har xil joydan olgan taassurotlarini namoyish qilgan va o‘zi uchun 
odamlar haqida va ular qanday yashashlari kerakligi xususida bir qator qimmatli 
xulosalarga kelgan. Ya’ni shoir shunday joylarga boradiki, tabiati xushmanzara 
sertarovat, bog‘-rog‘lari bisyor lekin odamlari xasis va mehrsiz, ayrim joylarning 
esa tabiati unchalik go‘zal emas, biroq odamlari ochiqko‘ngil xushchaqchaq. Shoir 
sayohatnomada demoqchiki, “Birni ko‘rib shukur qil, birni ko‘rib fikr”. Demak 
sayohatga chiqqanda odam mana shunday aqidaga suyanib har bir narsadan o‘zi 
uchun ibrat izlashga harakat qilishi lozim ekan. Ushbu o‘yin orqali o‘quvchilar 
“Sayohatnoma”ni to‘liq o‘rganadilar. Qolaversa, o‘quvchilarning topqirligi 
ziyrakligi oshadi. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, adabiyot ta’limida o‘yin texnologiyasi 
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka yo‘naltiriladi. O‘quvchi 
o‘zlashtirgan bilim va malakalariga tayanib o‘yin vositasida mustaqil harakat qiladi, 
o‘quv topshiriqlarini bajaradi. Qo‘yilgan muammolarni echadi. Adabiyot ta’limida 


43 
darslarga shu kabi texnologik yondashuv dars samaradorligini taminlaydi va 
darsning qiziqarli ruhda tashkil qilinishiga olib keladi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling