O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

Savol topshiriqli konvertchalar: 


40 
topshiriq qog‘ozini oladi. Agar qaysi bir guruhga “-1” tushsa guruh to‘plagan 
balldan 1 ball olib qo‘yiladi, “+1” tushsa o‘sha guruhga 1 ball qo‘shib beriladi. 
Masalan, 
1-guruhdagi o‘quvchiga sariq rang tushdi va sariq konvertdan varaqani tortdi. Savol: 
Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy qachon qayerda tavallud topgan? 
Javob: Muqimiy 1850-yilda Qo‘qon shahrida Bekvachcha mahallasida, novvoy 
oilasida tug‘ilgan. 
O‘qituvchi ushbu berilgan javob to‘g‘ri bo‘lgani uchun ushbu javobni bergan 
o‘uvchining guruhiga 1 ball beradi. 
2-guruhdagi o‘quvchiga yashil tushdi va yashil rangli kanvertdan topshiriqni oldi.
Parcha: “Faryodkim, garduni dun
Aylar yurak-bag‘rimni xun,
Ko‘rdiki, bir ahli funun, 
Charx anga kajraftor ekan. Topshiriq: Ushbu parchada Muqimiy 
nimalarni aks ettirganini va bu “Sayohatnoma”ning qaysi qismida keltirilganini 
ayting. 
Javob: Ushbu parcha “Sayohatnoma”ning boshlanishida keltiriladi. Ya’ni bunda 
Muqimiy zamonadan va dunyoning shavqatsizligidan nolib o‘z kechinmalarini 
bayon emoqda.
O‘qituvchi: Ushbu o‘quvchining javobi ham to‘liq bo‘ldi va uning guruhini ham 1 
ball bilan taqdirlaymiz. 
1-guruhdagi yana bir o‘quvchiga ko‘k rang tushdi va ko‘k rangdan shunday topshiriq 
varaqasini tortdi: “«…»ga qildim yurush, 
Yo‘ldosh edi bir chitfurush
Yetdim jadallab vaqti tush, 


41 
Bir dam qiziq bozor ekan. 
Topshiriq: Nuqtalar o‘rnida qaysi joy nomi keltirilganini toping va ushbu joyda shoir 
yana nimalarga guvoh bo‘lganini so‘zlab bering. 
Javob: Ushbu joy O‘ltarmadir. Bu yerda shoir yana xotin-xalajlarning boshiga to‘n 
yopinib bir voiz so‘zlarini tinglab turganini ko‘radi, xalqni ezuvchi hatto 
kambag‘allardan ham soliq yig‘uvchi mingboshisi haqida o‘z taassurotlarini 
keltiradi. Shu tariqa o‘yin davom etadi. Ushbu o‘yin orqali o‘quvchilarni ham guruh 
shaklida ham individual tarzda baholash mumkin. Qiziqarli o‘yin shartlari esa darsda 
barcha o‘quvchilarning faolligini ta’minlaydi hamda sog‘lom raqobatni 
shakllantiradi. Qolaversa, Muqimiy hayoti va ijodini hamda “Sayohatnoma”ga oid 
bilimlarni samarali o‘zlashtiradilar. O‘yinda berilgan savol va topshiriqlar shunday 
tuzilgan bo‘ladiki, ular butun “Sayohatnoma” mohiyatini o‘quvchiga yetkazishga 
xizmat qiladi. O‘quvchi shoirning turli joylarga qilgan sayohatlaridan olgan
xulosalariga hamohang tarzda o‘z erkin fikrlarini namoyon qilishi mumkin bo‘ladi. 
So‘ngra o‘quvchilarga navbadagi o‘yin mashg‘uloti namoyish etiladi. Bu 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling