O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

Ablah do‘st dushmandan yomon,
Ne hiyla bilsa, ishlatar oson. 
 
 Do‘st og‘ir kunda sinalar. 


38 
Asli dushman do‘st bo‘lmas,
Qaynab qoni qo‘shilmas. 
2-guruh: Biz tiklagan mozayka “Maymun bilan Najjor” masaliga ishlangan 
rasmdir. 
Ushbu masalga mos keluvchi maqollar:
Behudaga chiranmoq belni chiqarar. 
 
 Jo‘jani sanab bil,
Kuchni – sinab. 
 
Maqtanma g‘oz,
Hunaring - oz. 
Sinalmagan otning sirtidan o‘tma. 
 
 Chumchuq so‘ysa ham qassob so‘ysin. 


39 
 Ko‘z qo‘yaman deb qosh chiqarma. 
Shundan so‘ng o‘qituvchi shart qanchalik tezlikda va qanchalik to‘g‘ri 
bajarilganligini hisobga olgan holda guruhlarni baholaydi. Ushbu o‘yin orqali 
o‘quvchilarda faollik va ziyraklik chaqqonlik ko‘nikmalari shakllanadi, xalq 
maqollarini keltirish orqali masalda berilgan tarbiyaviy mazmunni yaxshi anglab 
yetadilar. Qo‘laversa, sog‘lom musobaqaviy muhit shakllanadi. Bu esa 
o‘quvchilarning mavzuga va fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. Ushbu ikki 
metod orqali o‘quvchilar Gulhaniy hayoti va ijodi hamda masallarni chuqur tahlil 
asosida o‘rganadilar. Har bir masalning didaktik mohiyatini anglab yatadilar. Zahn 
va topqirlik ko‘nikmalari oshadi va qiziqarli dars muhiti shakllanadi.Shu kabi 
texnologik yondashuv 6-sinf o‘quvchisining yosh psixologik jihatlariga juda mos 
keladi. 
5-sinf o‘quvchilarga Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning hayoti va ijodi 
hamda “Sayohatnoma” asarini o‘qitishda quyidagicha texnologik yondashish 
mumkin. Bir dars oldin ushbu mavzuni o‘qib kelish uyga vazifa sifatida berilgan 
bo‘ladi. Ushbu mavzuni o‘qitishda “Kubik-rubik” o‘yinini qo‘llash mumkin. 
Ushbu o‘yinni o‘tkazishda bizga 4 tomoni to‘rt xil rangli (yashil,sariq, ko‘k, 
pushti) hamda bir tomonida “+1” va yana bir tomonida “-1” keltirilgan kubikcha 
hamda xuddi shu kubikda aks etgan ranglar kanvertchalar yoki savatchalar kerak 
bo‘ladi. O‘yinni o‘tkazish uchun o‘quvchilar ikki guruhga birlashtiriladi. So‘ng har 
bir guruhdan bitta-bittadan o‘quvchilar doskaga chiqarilib kubikni aylantirib stol 
yuzasiga tashlaydilar. Qaysi rang tushsa o‘sha rangdagi konvert yoki savatchadan 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling