O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: So‘nggi yillar davomida ta’lim 
tizimiga xususan, umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatiga yangi pedagogik 
texnalogiyalarni joriy etish, ularning mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyillari 
va bosqichlari kabi masalalar V.P. Bespalko, K.Zaripov, M.Klarin, M.O.Ochilov, 
N. Saidahmedov, V.Slastiyonin, O‘.Q.Tolipovlar tomonidan olib borilgan 
tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida tanlangan bo‘lsa, M.Ochilov, 
5
Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi.– T.: Sharq, 1999. –B. 81 



N.Sayidahmedov, J.Tolipova, A.G‘ofurov, O.Q.Tolipov, U.Usmonboyeva va 
boshqalar yangi pedagogik texnologiyalardan ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlarni 
o‘qitish jarayonida foydalanish faoliyatiga yo‘naltirish, mavzular bo‘yicha loyihalar 
asosida dars jarayonini tashkil etish, interfaol metodlardan foydalanish to‘g‘risidagi 
qarashlarni ilgari surganlar. 
Mustaqillik yillarida adabiy ta’lim va uni tashkil etishda samaradorlikka 
erishish muammosi yuzasidan bir qator tatqiqotlar olib borildi. Xususan, 
S.Matchonov ning doktorlik dissertatsiyasida pedagogik texnologiyalarning muhim 
ko‘rinishlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan mustaqil ta’limni tashkil etish 
asosida o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni o‘stirish xususida so‘z yuritilgan bo‘lsa, 
M.Mirqosimovaning doktorlik tadqiqot ishi adabiy ta’lim samaradorligini 
belgilovchi muhim omil – o‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish 
muammosini tadqiq etishga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida adabiyot darslarida noan’anaviy ta’lim 
shakllaridan biri bo‘lgan - ssenariyli o‘qitish, uning mohiyati va yo‘llari borasidagi 
qarashlar S.Yaminova tomonidan o‘rganilgan. 
Adabiy ta’limda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning asoslari 
Q.Xusanboyeva tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot ishida adabiy 
ta’limni yangicha yondashuv asosida tashkil etish, har bir mashg‘ulot (dars) ning 
ijodiy yondashuv mahsuli sifatida namoyon bo‘lishiga erishish masalalari ochib 
beriladi. Bundan tashqari, keyingi yillarda B.To‘qliyev va R.Niyozmetova 
K.Uzmonova, A.Xayitov va boshqalar til va adabiyot ta’limida qo‘llaniluvchi 
zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha bir qator darslik va qo‘llanmalar 
yaratishdi. Ayniqsa, metodist olima R.Niyozmetovaning bu boradagi ishlarini 
alohida tilga olish joiz. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling