O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/24
Sana20.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1787364
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”

 
 
 
Tajriba-sinov natijalari 
Men o‘z bitiruv malakaviy ishim “Adabiyot ta’limida yangi pedagogik 
texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi” bo‘yicha pedagogik malakaviy amaliyot 
davomida bir qancha amaliy darslar, to‘garak mashg‘ulotlari va ularda erishilgan 
natijalarni aniqlash uchun tajriba-sinov so‘rovnomalarini o‘tkazdim. Ushbu tajriba 
sinov TTYSI qoshidagi akademik litsey III bosqich 4i-15 va 1a-15 guruhlarning 
o‘quvchilari bilan o‘tkazildi. 1a-15 guruhiga litsey o‘qituvchisi “Murod 
Muhammad Do‘st ijodi. “Dasht-u dalalarda” hikoyasi” mavzusida an’anaviy dars 
o‘tkazdi. Xuddi shu darsni men 4i-15 guruhida muammoli texnologiya asosida 
tashkil qildim. Darslar o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng ikki guruhning mavzuni 
o‘zlashtirganlik darajasini bilish maqsadida kuzatuv va kichik og‘zaki so‘rovnoma
o‘tkazdim hamda natijalarni tahlil qildim. Kuzatuvda o‘quvchilarning darsdagi 
faolligi aks etgan bo‘lsa, og‘zaki savol-javob bilan o‘quvchilarning mavzu 


58 
yuzasidan egallagan bilimlari tekshirildi. Kuzatuv natijalariga ko‘ra, mavzu 
yuzasidan olingan bilimlarni quyidagi 3 ta daraja bo‘yicha o‘rgandim: 
1. Yuqori daraja: adabiyot ta’limi jarayonida eng faol qatnashgan va mavzuni 
eng yuqori o‘zlashtirgan o‘quvchilar sonini ko‘rsatadi. 
2. O‘rta daraja: bunda darsda o‘rta darajada qatnashgan va mavzuni o‘rtacha 
o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni ko‘rsatilgan. 
3. Quyi daraja: o‘tkazilgan adabiyot darsida nofaol darajada ishtirok etib, 
mavzuni past o‘zlashtirgan o‘quvchilar soni aks etadi.
1a-15 guruhi natijalari(jami 29ta o‘quvchi) 
Daraja 
yuqori 
o‘rta 
quyi 
Ko‘rsatkichlar 

12 

4i-15 guruhi natijalari(jami 28 ta o‘quvchi) 
Daraja 
yuqori 
o‘rta 
quyi 
Ko‘rsatkichlar 
15 
10 

UMUMIY XULOSALAR 
Bugungi tobora tez sur’atlar bilan ildamlayotgan va rivojlanib borayotgan 
jahonda shaxs tarbiyasi masalasi eng oldingi o‘ringa chiqib bormoqda desak, 
mubolag‘a emas. Har bir millat, har bir xalq o‘z iqtisodiyotiga befarq 
bo‘lmaganidek, o‘z taqdirini belgilovchi yosh avlod tarbiyasiga ham e’tiborsiz qaray 
olmaydi. Binobarin, prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Eng 
muhim va dolzarb masalalardan biri yuksak ma’naviyatli, zamonaviy bilim va kasb- 
hunarga, o‘z mustaqil fikriga ega bo‘lgan yoshlarni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat”. 
Adabiyot ta’limi, shubhasiz, xuddi shu maqsadni amalga oshirish yo‘lidagi 
ta’lim tarbiya tizimining eng muhim bo‘g‘inidir. Yosh avlodni adabiyot ta’limi 
jarayonida o‘ziga xos badiiy yaratiqlar, rang-barang obrazlar, lirik kechinmalar
qahramonlar qalbidagi ezgulik, real hayot manzaralariga qorishgan ziddiyatlar; 


59 
tuyg‘u va tafakkur ila tarbiyalab boriladi. Adabiyot ta’limi vositasida o‘quvchi 
qalbiga va u orqali butun bir xalq butun bir millat ma’naviyatiga ta’sir etish 
mumkinligi inkor etib bo‘lmas haqiqatdir. Badiiy adabiyot nafaqat xalq ma’naviy 
qiyofasini shakllantirishda, balki mamlakat iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishda, 
sotsial rivojlantirishni yaxshilashda ham katta o‘rin tutadi. Chunki jamiyat 
taraqqiyoti tezligi unda yashayotgan odamlarning intellektual va ruhiy 
imkoniyatlariga bog‘liqdir. Jamiyat a’zolari tafakkuri va ma’naviyatining 
qandayligi jamiyat taraqqiyotining sur’atini belgilaydi.
Millat yoshlarining ma’naviyati qaror topishida maktabda adabiyot o‘qitish 
muhim o‘rin tutadi. Yoshlarning muayyan hayotiy vaziyatlarda qaysi yo‘lni tutishi, 
qanday to‘xtamga kelishi, ko‘zda tutgan ishlarni qay saviyada bajarishlari, ko‘p 
jihatdan, maktabda badiiy asarlarning qanday o‘rgatilishiga bog‘liqdir. Shu nuqtayi 
nazardan olib qaraganda, bugun adabiyot ta’limi jarayonini o‘rganish, tahlil qilish, 
tizimga yangi ilg‘or texnologiyalarni olib kirish va tatbiq etish bugungi 
metodikamizning eng dolzarb masalaridir.
Adabiyot ta’limi har jihatdan hamkorlik faoliyatiga asoslanadi. Hamkorlikda 
o‘qitish adabiyot darslarining samaradorligini ta’minlovchi eng muhim omillardan 
biridir. Ma’lumki, adabiyotda, badiiy asar tahlili jarayoni bo‘ladimi, yoki ma’lum 
qahramon xarakterini o‘rganib taftish etish bo‘ladimi, barchasida murakkabliklar 
yotadi. Shuning uchun darslarda o‘qituvchining yolg‘iz holda faoliyat ko‘rsatishi, 
o‘quvchining nofaol bo‘lishi asl mazmun mohiyatni yetkazish uchun yetarlicha 
sharoit yaratmaydi. Bugungi kunda adabiyot o‘qitishda foydalanilayotgan deyarli 
barcha metodlar, usullar va o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarning barchasi hamkorlikka 
tayanadi. 
Adabiyot ta’limi bu ruhiyat tarbiyasi va shu bilan birga fikr tarbiyasidir. Ya’ni 
adabiyot orqali biz yosh avlod tafakkur olamini kengaytirishimiz va erkin fikr egasi 
qilib tarbiyalashimiz mumkin. Adabiyot o‘qitishning bosh vazifalaridan biri ham 
aynan erkin fikrga ega bo‘lgan va uni og‘zaki himoya eta oladigan shaxsni 
tarbiyalashdir. Bu borada biz adabiyot o‘qituvchilari uchun yangi pedagogik 
texnologiyalardan biri bo‘lgan muammoli ta’lim texnologiyasi katta yordam beradi. 


60 
Muammoli ta’lim bugungi kunda jahon ta’lim tizimida keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 
uning asosini muammoli vaziyat, shaxsning o‘quv materialiga erkin munosabatda 
bo‘lishi va mustaqil o‘zlashtirishi tashkil qiladi. Bu degani badiiy adabiyotga 
muammo tarzida qarash degani emas, balki pedagogik mahorat bilan ilg‘or savolni 
yaratish, o‘quvchining fikrini uyg‘otish, uni qarama-qarshi fikrlar olamiga olib 
kirish va shu orqali unga badiiy asar mohiyatini ochib berish, qahramonlardagi 
insoniy xususiyatlar va kechinmalarni yuqtirish hamda asarning bosh g‘oyasini 
yetkazishdir. Muammoli o‘qitishning bugungi kundagi ilg‘or texnologiyalarini 
yaratish va uni adabiyot ta’limida amaliy ko‘rinishlarini ishlab chiqish adabiyot 
metodikasi oldida turgan dolzarb masaladir. Xususan, 7-sinf adabiyot 
o‘quvchilariga Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasini o‘qitishda muammoli 
yondashuv dars samaradorligini ta’minlaydi.
O‘yin texnologiyasi ham adabiyot ta’limiga xos yangi pedagogik 
texnologiyalar sirasiga kiradi. O‘yin orqali adabiyot darslarida o‘quvchining faolligi 
oshadi. Ayrim pedagoglarning biroz eskirgan uslublari bugungi adabiyot darslariga 
o‘quvchilarda salbiy munosabatni shakllantirgani hech kimga sir emas. Ya’ni 
adabiyot faqat ma’ruzadan yoki mutoalaadan iborat emaski, bugungi o‘quvchi 
undan shunchalik qochadi, zerikish hosil qiladi. Demak, adabiyotda o‘yin 
texnologiyasini qo‘llash har jihatdan pedagog uchun ham bola uchun ham 
zaruriyatni yuzaga keltiradi. O‘yin texnologiyasi asosida tashkil qilingan adabiyot 
darslarida, albatta, tanlanayotgan o‘yin mashg‘uloti yoki metod adabiyot mavzusiga, 
badiiy asarning o‘ziga xos xususiyatlariga hamohang tarzda tashkil etilishi lozim. 
Qolaversa, o‘yin faoliyati o‘quvchining yosh xususiyatiga asoslanishi bilan ham 
xarakterlanadi. 6-sinfda Muhammad Sharif Gulhaniyning Zarbulmasal asarini 
hamda 5-sinf o‘quvchilariga Muhammad Aminxo‘ja Muqimiyning hayoti va ijodi 
hamda “Sayohatnoma” asarini o‘qitishda o‘yin asosida texnologik yondashish 
mumkin va bu o‘quvchilarning darsdagi faolligini ta’minlaydi. Qolaversa, darsga 
qo‘yilgan DTS talablariga muvofiq bo‘lgan natijani beradi. 
Yangi pedagogik texnologiyalarni adabiyot darslariga tatbiq etar ekanmiz, 
bugun adabiyot o‘qituvchisi har jihatdan amaliyot bilan bog‘liq xulosalarni yaratishi 


61 
lozimligini anglab yetamiz. Bugun pedagog qo‘llayotgan har qaysi usul, yoki har 
qanday innavatsion texnologiya ta’limda sifat ko‘rsatkichini bermas ekan undan 
foydalanishning zaruriyati yo‘q, albatta. Shu ma’noda, biz bitiruv malakaviy 
ishimizda yangi pedagogik texnologiyalarni adabiyot darslarida amaliy tarzda tatbiq 
etdik va o‘ziga xos natijalarni qo‘lga kiritdik.
Xulosa qilib aytish mumkinki, ushbu texnologiyalar, yangi ilg‘or usullarni 
adabiyot o‘qituvchisiga taqdim etadi va ta’limda natijaviylikni, samarani ta’minlash 
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, texnologiya bu natijaviylik demakdir. 
Adabiyot darslariga texnologik yondashuv pedagog ijodkorligining samarador 
mahsulidir. Biz kichik tatqiqot davomida shunga amin bo‘ldikki, adabiyot darslarida 
har bir mavzuga, har bir darsga o‘ziga xos pedagogik yondashish mumkin. Demak, 
adabiyot ta’limida tatbiq etilayotgan har bir texnologiya o‘qituvchining individual 
ijodkorligiga tayanadi. Har qaysi darsning o‘z texnologiyasini yaratmoq lozim. 
Chunki adabiyotning o‘zi kabi uni o‘qitish ham rang-barang hodisadir. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling