O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Erkin Vohidov hayoti va
II
BOB. ADABIYOT TA’LIMIDA YANGI PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARNI TATBIQ ETISH METODIKASI. 2.1. Hamkorlik texnologiyasi adabiyot darslari samaradorligining muhim omili Adabiyot darslarida hamkorlik texnalogiyasidan foydalanish bugungi kunda ta’lim samaradorligini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi. Hamkorlik pedagogikasi ХХ asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko‘pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu teхnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.R. Rirogov, L.N. Tolstoy, J.J. Russo, YA. Korshak, K. Rodjers, E. Bern, S.T. Shatskiy, V.A. Suхomlinskiy va boshqalardir. Hamkorlik pedagogikasi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Didaktik faollashtiruvchi va rivojlantiruvshi majmua. 17 2. Shaхsga inson , insonga shaхs sifatida yondashuv. 3. Atrof-muhitni pedagogizatsiyalashtirish. 4. Tarbiya kontsertsiyasi. 12 “Hamkorlik pedagogikasi har bir bola shaxsiyatida demokratik sifatlarni shakllantirishga qaratiladi. Har bir bola huquqini qanchalik his etsa, burchini ham shunchalik darajada anglaydi, faoliyatida qanchalar erkin bo‘lsa, bu erkinlik o‘zgalarning hurligiga dahl qilmasligi kerakligini shunchalar his etadi” 13 deydi Q.Yo‘ldoshev o‘z dissertatsiya ishlarida. Adabiyot ta’limi har jihatdan hamkorlikda o‘qitish texnalogiyasini talab qiladi. Negaki adabiyot darsi o‘z mazmun mohiyati, maqsad va vazifalaridan kelib chiqib o‘qituvchining yakka tartibdagi faoliyatiga tayana olmaydi. Agar adabiyot o‘qitish hamkorlik ta’limiga asoslanmasa u holda eskitdan qolib bugungi kungacha ayrim darslarda qo‘llanayotgan tayyor materialni o‘qib berish bilan cheklanib qoladigan samarasiz va o‘ta mazmunsiz faoliyatga aylanib qoladi. Darhaqiqat, bugungi kunda shunday darslarni ham ming afsuski kuzatamiz. Ya’ni bunda adabiyot darsi axborot darsiga aylanib ketadi. Vaholangki, adabiyot fanining maqsadi komil shaxs tarbiyasi va unda insoniy fazilatlarni kamol toptirish hisoblanadi. Adabiyot darslarida hamkorlik pedagogikasining turli shakllaridan foydalanish mumkin. Jumladan, adabiyot darslarini jamoaviy tarzda ham, guruh tarzida va individual tarzda ham tashkil qilish mumkin. Ya’ni adabiy ta’limda shunday mavzular borki, uni butun bir sinf jamoasi tarzida o‘tilishi maqsadga muvofiqdir. Bunga biz nazariy bilimlarni beruvchi darslarni misol keltirishimiz mumkin. Masalan, yozuvchilarning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar yoki adabiy tushunchalarni yetkazishda o‘quvchilarning barchasini qamrab olishga harakat qilish muhimdir. Ma’lum badiiy asar tahlili yoki darsdagi bilimlarni mustahkamlash qismida aynan musobaqa shaklida guruhlarda ishlash yoki individual tarzda ijodiy ishlar, insholar o‘tkazish, turli baxs-munozaralarni tashkil qilish lozim bo‘ladi. 12 Azizxo‘jayeva N.Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: 2006 13 Yo‘ldoshev Q. Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o’qitishning ilmiy- metodik asoslari.Diss.(59-bet)Toshkent-1996 18 Hayotda bo‘lgani kabi o‘qish va o‘qitish jarayonida ham birgalikda qilingan faoliyat ko‘proq samara beradi. Birgalikdagi ta’lim pedagogik hamkorlik demakdir. Hamkorlikdagi ta’limning odatdagi o‘qitish usulidan asosiy farqi shundaki, individual ta’limda har bir o‘quvchi faqat o‘zini biladi, atrofdagilar bilan ishi bo‘lmaydi. Bilimli o‘quvchi boshqalarning ham o‘zi kabi bo‘lishidan manfaatdor emas. Hamkorlikdagi ta’limda esa guruhdagi har bir o‘quvchining to‘liq o‘zlashtirishi nafaqat uning o‘zi, balki guruh a’zolarining hammasi uchun ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir. Chunki ko‘pdan yaxshi, to‘g‘ri va yangi fikrlar ko‘p chiqishi mumkinligi isbot talab etilmaydigan haqiqat. Qolaversa, hamkorlikdagi ta’lim o‘quvchilarning intellektual rivojiga ta’sir qilibgina qolmay, ularning ma’naviy o‘sishini ham tezlashtiradi. Zero, jamoachilik tuyg‘usi, bir-biriga yelkadoshlik hissi o‘quvchilarda ezgu axloqiy sifatlarning yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi. 14 Adabiyot o‘qitishda hamkorlik texnologiyasini tatbiq etishda uch xil shakldagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish lozim deb hisobladik: - jamoa tarzida; - guruh tarzida; - individual tarzda. Qolaversa, adabiyot o‘qitish maqsad va mazmunidan kelib chiqib ushbu shakllarda quyidagi maqsadlarda topshiriq yoki metodlarni tanlash lozim: - nazariy bilim berish va uni mustahkamlash uchun xizmat qiluvchi; - badiiy yoki lirik asar tahlili jarayonini hosil qiluvchi; - ijodiy yondashuv jaroyonini hosil qiluvchi. Masalan, 3-kurs akademik litsey o‘quvchilariga “Erkin Vohidov hayoti va Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling