O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 0.71 Mb.
|
Matn lingvistikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maqol va matallarda
Zid ma’noli so‘zlar
Tilda zid ma’noli so‘zlarning mavjudligi badiiy nutqning ifodaliligi, ekspressivligi, ta’sirchanligini ta’minlashda qulay vositalardan biridir. Sharq adabiyotda juda qadim zamonlardan buyon tildagi bu ifoda imkoniyatidan keng foydalanib kelingan. «Shoir uchun juda zarur bo‘lgan san’atlardan biri tazoddir. Bu san’at yana mutobaqa, tiboq, tatbiq, muttazod, ittizod va takofu deb ham ataladi. Bu san’atda, badi’shunoslarning aytishicha, zid ma’noli so‘zlardan foydalaniladi.»153 Evropa filologik an’anasida bu san’at «antiteza» deb yuritiladi. Badiiy matnning lingvopoetik tahliliga bag‘ishlangan ishlarda zidlantirish, qarshilantirish atamalaridan foydalaniladi. Zid ma’noli so‘zlarni yonma-yon qo‘llash orqali tushunchalar, belgilar, holatlar, obrazlar zidlantiriladi. Odatda, lisoniy va kontekstual yoki nutqiy zid ma’noli so‘zlar farqlanadi. Masalan: Eski qishloqqa yangi odat. (Maqol) Hali ancha balandda bo‘lsa ham uning kamolidan zavoli yaqinroq ekani ko‘rinib turardi. Shuncha er qo‘ldan chiqqan bo‘lsa, uning baravariga qancha davlat qo‘lga kirgandir, muni xudo biladiyu xudoning sevimli bandasi qorako‘z Miryoqub biladi!..(Cho‘lpon) Ba’zan mahoratli yozuvchilar qahramonlar ruhiyatidagi kontrastlikni bo‘rttirib tasvirlash maqsadida muayyan bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha so‘zni boshqa bir kontekstual sinonimik qatordagi bir necha so‘zga birdaniga zidlantiradilar. Masalan: U vaqtda o‘zi – kuldi, ochildi, quvondi, gerdayib, osmondan qarab qadam bosdi... Xadichaxon esa ezildi, kuydi, o‘rtandi, xo‘rlanib – xo‘rlanib, achchiq – achchiq yig‘ladi. (Cho‘lpon) Kontekstual antonimlardan badiiy asarda tasvirning ta’sirchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Masalan: «Zelixon Elchindan qasos haqidagi gaplarni birinchi marta eshitganda sergaklandi. U mushtdek yurakni qoyadek dard bosib turibdi, deb yursa, bu vujudda vulqon kuch to‘playotgan ekan...» (T.Malik) Bu nutqiy parchada mushtdek va qoyadek so‘zlari «kichik» va «katta» ma’nolari bilan antonimik munosabatga kirishgan. Zid ma’nolilikni barqaror birikmalarda ham ko‘plab kuzatishimiz mumkin. Iboralarda: ko‘kka ko‘tarmoq – erga urmoq, yuzi yorug‘ – yuzi shuvut, ko‘ngli oq – ichi qora, ko‘ziga issiq ko‘rinmoq – ko‘ziga sovuq ko‘rinmoq kabi. YOki so‘z va ibora o‘rtasidagi – leksik-frazeologik zid ma’nolilik: xasis – qo‘li ochiq, xafa – og‘zi qulog‘ida kabi. Maqol va matallarda: Kattaga hurmatda bo‘l, kichikka izzatda. Yaxshidan ot qoladi yomondan dod. Osmon yiroq – er qattiq. Hikmatli so‘zlarda: Bilmaganni so‘rab o‘rgangan – olim, orlanib so‘ramagan – o‘ziga zolim. (Alisher Navoiy). Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling