Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I BOB UYUSHIQ BO’LAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI…………………………………………………………..……5
1.1. Ajratilgan bo’laklar…………………………………………………………….5
1.2. Uyushiq bo’laklar………………………………………………………….…15
II BOB UNDALMALI GAPLAR HAMDA KIRISH BO’LAKLARNING SEMANTIK-STILISTIK XUSUSIYATLARI…………………………………25
2.1. Undalmali gaplar………………………………………………………...……25
2.2. Kirish bo’laklar……………………………………………………………….29
Xulosa.....................................................................................................................32
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………........
Kirish
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin milliy qadriyatlarimizni, jumladan, uning eng muhim tarkibiy qismi bo’lgan ona tilimizni o’rganish ilmiy-nazariy va amaliy tomondan tadqiq etishga bo’lgan e'tibor kuchayib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov “xalqning milliy madaniyati va o’ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo’lmish o’zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat maqomini izchil va to’liq ro’yobga chiqarish” , davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo’nalishi ekanligini alohida ta'kidlagan. O’zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi o’zbek tilining taraqqiyoti yo’lida yangi davrni boshlab berdi. Bu esa, o’z navbatida, davrni o’zbek tili tarixini to’g’ri va chuqur o’rganish, til sathlarining tabiatini aniq tahlil etish va ularning badiiy matndagi imkoniyatlarini ilmiy tahlil qilish, bu yo’nalishda zaruriy tadqiqot ishlarini olib borish va ilmiy xulosalarga kelish kabi dolzarb vazifalarni yuklaydi.
Mustaqillik sharofati bilan o’zbek tilining sintaksisining azaliy muammolaridan biri fikr almashuv va aloqa-aralashuvning asosiy birligi-kommunikativ birlik bo’lgan gapni tarkibiy qismlarga ajratish gap bo’laklari va har bir bo’lakning gap qurilishidagi o’rni, gapning tarkibiy qurilishi masalasidir. Shu boisdan, gapning lingvistik xususiyatlari bilan bir qatorda, uning psixologik xususiyatlarini har tomonlama o’rganish, ularga har jihatdan e'tibor qaratish kuchaytirildi. Xususan, informatsiyani to’la yoritishda murakkablashgan sodda gaplarning o’rni alohida bo’lib, tuzilish jihatdan murakkab tarkibga ega bunday gaplarda mazmun hajmining kengligi kuzatiladi. Murakkablashgan sodda gaplarning grammatik belgilaridan kelib chiqilsa, ularning semantik tabiati yaqqol yuzaga chiqadi.
Til belgilar sistemasi bo’lib, lisoniy belgilar qatorida gap alohida mavqega egadir, chunki gapda shakl va mazmun to’liqligi namoyon bo’ladi. Hozirga qadar murakkablashgan sodda gaplarning o’ziga xos xususiyatlari muammosi rus va boshqa xorijiy tilshunoslikda birmuncha atroflicha o’rganilgan. O’zbek tilshunosligida mavjud darsliklarda ham murakkablashgan sodda gaplar bo’limi berilgan. Ayrim ishlarda bunday gaplarning grammatik-semantik-stilistik xususiyatlari tadqiq etilgan. Badiiy asar tiliga oid darsliklarda murakkablashgan sodda gaplarning stilistik xususiyatlariga to’xtalingan .
O`zbek tiliga davlat maqomi berilishi, avvalo, tilshunoslik sohasida yangi-yangi tadqiqotlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi va o’zbek olimlari tomonidan yangi-yangi izlanishlar olib borilmoqda. Sintaktik sathda qurilishiga ko’ra sodda, biroq mazmuniga ko’ra murakkab sanaluvchi, ya'ni murakkablashgan sodda gaplarning semantik-stilistik xususiyatlariga ham alohida e'tibor qaratish zarur deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |