O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti sirtqi ta’lim yo‘nalishi o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi himoyaga tavsiya etaman Sirtqi bo‘lim
Download 54.25 Kb.
|
Kurs ishi Dinora0
- Bu sahifa navigatsiya:
- (tog’ning toshlari darrov qiziydi - da)
- (tog’ning toshlari darrov qiziydi
- (masalan, hindularda o’shanday odamlarning o’rmonlarga ketib qolishlari, O’rta Osiyoda esa Ahmad Yassaviy degan so’fiyning 63 yoshdan keyin yer ostiga tushib yashagani...)
- (gunohlarini Lev Nikolayevich aniq eslolmas, biroq har qadamida his qilardi)
- (hamon oyog`idan bog`langan)
- Tag’in bir gap: Yo’ldoshboyning aytishicha
2.2. Kirish bo’laklar
Kiritma tuzilmalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo’laklari ma’nosiga oid qo’shimcha izoh, ma’lumotlar beradi. Bular gap tarkibiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan logik - semantik jihatdan munosabatga kirishadilar. Kiritma tuzilmalar intonatsion jihatdan mustaqillikka ega bo’ladilar. Ular biror so’roqqa javob bo’lmaydi, sintaktik vazifa bajarmaydi, gap bo’lagi yoki qo’shma gaplarning kesimi bo’lib kelmaydi. Kiritma tuzilmalar tushunilishi qiyin yoki tushunilmaydigan so’zlar (dialektizm, professionalizm, termin, jargonizm, arxaizm, istorizm kabilar) ma’nosini, ayrim leksik birliklarning talaffuzi va etimologiyasini izohlash, so’zlovchining sub’yektiv - emotsional munosabatini ifodalash, xabar manbaini ko’rsatish, qo’shimcha ma’lumotlar berish uchun xizmat qiladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. (Bandi burgut). Kiritma tuzilmalar tuzilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi: kiritma bo’lak, kiritma birikma, kiritma gaplar. Kiritma bo’lak ayrim so’z shaklida bo’ladi: Bo`z mergan degan ovchi bo`lardi. Yonida bir juft tozi (it) bilan bitta gurju (kuchukvachcha)ni ergashtirib yurardi. Kiritma birikmalar so’z birikmasi shaklida bo’ladi: Tag`in shunisi zavqli ediki, u (hamon oyog`idan bog`langan) kata qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qo`yilgan quruq o`rik shohiga uchib chiqar, osha yerda mag`rur o`tirib, patlarini cho`qir, sargish, gachak tumshug`ini butoqqa rosa surkab artar edi. (Bandi burgut). Kiritma gaplar gap shaklida bo’ladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. (Bandi burgut). Kiritma tuzilmalar gapning barcha tiplari tarkibida kelishi mumkin. Ba’zan bir gap (ko’proq murakkablashgan gaplar) tarkibida bir necha bo’lishi ham mumkin: ...Tolstoy uni tinglashga majbur bo’lib, ko’p xalqlarda inson oltmish yoshga to’lganidan keyin “tarki dunyo etish odati” mavjudligi (masalan, hindularda o’shanday odamlarning o’rmonlarga ketib qolishlari, O’rta Osiyoda esa Ahmad Yassaviy degan so’fiyning 63 yoshdan keyin yer ostiga tushib yashagani...) haqida vazminlik bilan gapirib, nihoyat, barcha payg’ambarlar – Allohning yerdagi rasullari ekani... (Tanholik) Yoki quyidagi kiritmalarga diqqat qiling: ... Ostin ibodatxonasida tilovat qilish – o’tgan gunohlar (gunohlarini Lev Nikolayevich aniq eslolmas, biroq har qadamida his qilardi) uchun tavba qilish – ha-ha, ruhoniydan “gunohlarimni so’rab bering” deb iltimos qilish emas (unday ruhoniylarning tili boshqv-yu, dili boshqa ekanini Lev Nikolayevich yaxshi biladi: bu holni badiiy asarlarida ham, maqolalarida ham baralla aytgan, shu tariqa, albatta, cherkovning g’azabini qo’zg’agan, keyin esa umuman dinga, Isoga munosabatini ochiq bayon qilib, Injilni noto’g’ri talqin qilayotganlarini isbotlab berganida, cherkovning toqati tugagan edi) .... (Tanholik) Odatda, so’zlashuv uslubida kiritmalarga ko’proq ehtiyoj seziladi. Bunday nutqning oldindan o’ylab shakllantirilmasligi, ya’ni fikrni tayyorgarliksiz ifodalash nutqqa kirish gaplar kiritish zaruratini tug’diradi. Bu nutq situatsiyasi, nutqning kimga qaratilganligi, uning yoshi, bilimi, kasbi, shevasi kabi holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Natijada bu xususiyatlar nasriy asarlarda personajlar nutqiga ko’chiriladi. Personajlar nutqida uchraydigan kirish gaplar personajlarning o’ziga xos tabiati, xarakterini ochish uchun, uning nutqini ifodalashga qaratilgan turli til vositalarini izohlash yoki sharhlash uchun xizmat qiladi: Tag`in shunisi zavqli ediki, u (hamon oyog`idan bog`langan) katta qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qo`yilgan quruq o`rik shohiga uchib chiqar, osha yerda mag`rur o`tirib, patlarini cho`qir, sargish, gachak tumshug`ini butoqqa rosa surkab artar edi. (Bandi burgut) Kiritmalar orqali personaj kechinmalari, obrazlar harakatining ichki motivlari, his-hayajonning sabablari, tasvirlanayotgan voqelikka bo’lgan munosabat kabilarni ifodalash, ifoda qilinayotgan fikrni izohlash yoki bu haqda qo’shimcha ma’lumot berish asar voqealarini aniq aks ettirishga yordam beradi: Tag’in bir gap: Yo’ldoshboyning aytishicha, osmondan o’zga burgutlarning titroqli chinqirig’i eshitilgan chog’larda juda bezovta bo’larkan. Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. Yoki Ishonavering, men bo`rttirayotganim yo`q. Buning ustiga, bu o`zaro farqqa urg`u berishdan menga naf yo`q. Ya`ni, sizga aytmoqchi bo`lganim, voqealarga anchayin daxli bor, xolos. (Bandi burgut). Kiritma gapning qo’shma gap tarkibidagi sodda gapdan farqi – uning ma’lum gapga nutq momentida tug’ilib qolgan ehtiyojiga ko’ra kutilmagan tarzda birdan kiritilishi. Kiritma gapning xususiyati uning yig’iq (kesimdangina iborat) bo’lmasligi: Tag`in shunisi zavqli ediki, u (hamon oyog`idan bog`langan) kata qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qo`yilgan quruq o`rik shohiga uchib chiqar, osha yerda mag`rur o`tirib, patlarini cho`qir, sargish, gachak tumshug`ini butoqqa rosa surkab artar edi (Bandi burgut). Ma’lumki, nutq jarayonida aytilayotgan fikrning tinglovchiga to’la yetib borishi ucun, gap mazmuniga yoki uning ayrim bo’laklari ma’nosiga oid qo’shimcha izoh, ma’lumotlar berish zaruriyati tug’iladi. Bu zaruriyati nutqda kiritmalarni qo’llash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Badiiy va so’zlashuv uslubida kiritmalar ko’proq qo’llaniladi. Kiritmalarning badiiy uslubida ko’proq qo’llanilishining sababi – personajlarning kechinmalarini, qahramonlarning xarakterini kengroq yoritib berishga xizmat qiladi. Xulosa XX asrning oltmishinchi yilaridan boshlab jadal rivojlangan lingvopoetika masalasi yuzasidan dunyo tilshunosligida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. So’z san’atkorlarining asarlarida badiiy ifodaga xizmat qiluvchi til hodisalarini indavidual nutq tarkibiy qismi sifatida mahsus tadqiq qilish alohida ahamiyatga ega. Mazkur kichik ishda adib prozasi tilining sintaksisi, aniqrog’i, murakkablashgan qo’shma gaplarning lingvopoetik hususiyatlari mahsus tekshirish obyekti hisoblanadi. Ishda ko’tarilayotgan barcha masalalar o’zbek lingvopoetikasiga va badiiy stilistikasiga qaysidir darajada zarur hisoblanadi, shuning uchun yozuvchi prozasi lingvopoetik nuqtai nazardan tahlil qilindi. Umumiy xulosa qilinganda, quyidagilarni qayd qilishimiz mumkin: 1.Murakkab gap sintaksisida sodda gap tarkibida kelib, ularni murakkab gaplarga aylantiruvchi sintaktik konstruksiyalar – gapning ajratilgan bo’laklari, gapning uyushiq bo’laklari, undalmalar, kirish bo’laklar ekspressiv sintaksis vositalari sanalmasa-da, badiiy mazmunni oshiruvchi ifoda sifatida qayd etiladi. 2.Ajratilgan bo’laklar o’ziga xos semantik funksiyaga ega bo’lib, bunda ajratish orqali ma’lum bo’lakning ma’nosi ajratib, bo’rttirib ko’rsatiladi, boshqa gap bo’laklardan ayirilib, diqqat shu bo’lakka jalb etiladi. Bunday logik ajratish intonatsiyada ham o’z ifodasini topadi; ajratilgan bo’lak boshqa gap bo’laklaridan farqlanuvchi alohida yarim hukm, yarim predikativlikka ega bo’ladi. 3. Bu birliklar har bir uyushuvchi qismga qo’shilganda so’zning ma’nosini ta’kidlash, uni ayirib ko’rsatish kabi uslubiy ma’nolar ifodalanadi. 4. Undalmada so’zlovchining tinglovchiga qo’shimcha munosabati mavjud bo’ladi, shuningdek, undash bilan bir o’rinda, ekspressivlik ham ifodalanadi. Undalmalar o’zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o’tkir, ta’sirchan vositadir, bunday birliklarda so’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo’ladi. Download 54.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling