O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Kategoriya tushunchasi va ularning turlari


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday 
fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday yetkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar
mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, 
predmet lar o‘z umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar 
ma‘nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, 
shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan 
tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z – fikr va dunyo 
o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So‘z 
boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. 
Ob‘ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, 
tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi 
xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», 
«auditoriya» so‘zlari ma‘lum darajada umumiy, abstraktdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda 
56
Гегел Г.В. Соcъ. Т. 5. – М.: 1997. – С.99. 
57
Эйнщтейн А., Инфелд Л. эволутси физики. – М.: 1956. – С.156. 


shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori 
darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); 
«atirgul» (bu yerda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq 
narsani qayd etadi. SHundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab 
oladi. SHunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e‘tibor barcha 
gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va 
yanada kengroq abstraktsiya hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom 
ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki 
hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida 
turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi. 
Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z 
xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz 
o‘zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni ifodalash uchun mos 
keladigan atamani to‘ish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi 
tasavvurlarimizni ifodalovchi so‘zlarning ma‘no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq bo‘ladi, 
bizning tushunchalar a‘‘aratimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‘ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi, 
ya‘ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga 
kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab yetiladigan tushunchalar 
mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan 
va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan 
tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi.
Kategoriya (yunon. kategoria – ta‘rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning 
muhim, ti‘ik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. SHunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va 
falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi 
falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa 
kategoriyalari farqlanadi.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling