O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi. Tabiiy tildan farqli o‘laroq, fan tushunchalari va kategoriyalari 
atamalar (terminlar) hisoblanadi, ya‘ni erkin talqinga yo‘l qo‘ymaydigan aniq belgilangan hajm va mazmunga ega 
bo‘ladi.
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o‘rganar ekan, albatta o‘z kategoriyalar a‘‘aratini 
shakllantiradi. Matematika «son», «differentsial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog‘liq. Biologiyada «tur», 
«irsiyat», «o‘zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma‘lum 
darajada umumiy bo‘lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo‘llaniladi va mazkur sohalarga xos bo‘lgan aloqalar 
va munosabatlarni aks ettiradi 
Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy anlarda qo‘llaniladigan, mohiyat nuqtayi 
nazaridan boshqa fanlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya
geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega 
Falsafiy kategoriyalar fan kategoriyalaridan butunlay farq qiladi. Falsafiy kategoriyalarning muhim 
xususiyati, ular o‘ta keng tushunchalar ekanligidir. Ayni shu sababli falsafiy kategoriyalar hech qachon hajman 
cheklangan tabiiy til tushunchalari darajasida soddalashtirilishi mumkin emas. 
Tushunchalar sifatida kategoriyalar fikrlashning zaruriy shakllari hisoblanadi. O‘ta keng tushunchalar 
sifatida ular universal qo‘llanish va butun olamni tavsiflashga da‘vogar bo‘lishi mumkin. SHu boisdan falsafiy 
kategoriyalar dunyoning manzarasini yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladiki, bu, umuman olganda, falsafaning bosh 
vazifasi hisoblanadi. Har qanday tushunchalar kabi, kategoriyalar instrumental funksiyani bajaradi, fikrlash omili va 
vositasi sifatida amal qiladi. SHuningdek falsafiy kategoriyalar insonning turli hodisalarni bilish va o‘zlashtirish 
usuli sifatida ham instrumental funksiyani bajaradi. Falsafiy kategoriyalar ilmiy bilishning muayyan 
metodologiyasini, umuman borliqni, ayniqsa inson borlig‘ini tushunish me‘yorlarini yaratish orqali normativ 
funksiyani ham bajaradi. Kategoriyalarning ahamiyati va universalligi shu bilan belgilanadiki, bilish natijalari 
muqarrar tarzda kategoriyalarda qayd etiladi, kategoriyalar shakl-shamoyilini kasb etadi. Ular fan tarkibining zaruriy 
qismi hisoblanadi. Zero fan ob‘ekti faqat kategoriyalar yordamida fikrlanishi va tushunilishi mumkin.
Falsafaning vujudga kelishi va rivojlanishi jarayonida falsafiy bilish predmet ining o‘ziga xosligini va falsafiy 
tafakkur xususiyatlarini aks ettiruvchi kategoriyalar tizimi mavjud. Ularni mazmunan talqin qilish dunyoqarashning 
shakllanish jarayoni bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, fan, falsafa va umuman ma‘naviy madaniyatning rivojlanishiga 
qarab o‘zgarib boradi. Falsafiy kategoriyalar tarkibi ham kengayadi. Fanning aksariyat kategoriyalari falsafiy 
maqom kasb etadi. Ilgari mavjud bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalar vujudga kelishi bilan bog‘liq ijtimoiy 
rivojlanish tegishli tarzda falsafiy idrok etiladiki, bu falsafaning tushunchalar apparatini yanada boyitadi. Falsafiy 
tushunchalar va kategoriyalar bilan ish ko‘rish mahoratini o‘zlashtirish talabaning falsafiy madaniyatini, umuman 
fikrlash madaniyatini shakllantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Falsafiy kategoriyalar – borliqning umumiy, muhim tomonlari, xossalari, aloqalari va munosabatlari haqida 
fikrlash uchun qo‘llaniladigan o‘ta keng tushunchalar majmuidir. Falsafiy kategoriyalar tizimida shartli ravishda 
uch muhim guruhni farqlash mumkin.


1. Falsafiy kategoriyalarning birinchi va eng muhim guruhi – har qanday falsafiy muammolarni tahlil 
qilishda qo‘llaniladigan umumiy kategoriyalar, ya‘ni borliq kategoriyalaridir (falsafiy adabiyotlarda bu 
kategoriyalarni dialektika kategoriyalari deb nomlash odat tusini olgan). 
2. Ikkinchi guruhni falsafaning turli bo‘limlariga tegishli bo‘lgan maxsus kategoriyalar tashkil etadi
Masalan, ontologiya borliq va yo‘qlik, substantsiya, dunyoning birligi, materiya, ong, makon, zamon, harakat kabi 
kategoriyalar mazmunini aniqlaydi va muayyan tarzda talqin qiladi. Naturfalsafa, gnoseologiya, antro‘ologiya, 
praksiologiya, ijtimoiy falsafa, globallashuv falsafasi ham o‘z kategoriyalar a‘‘aratiga egadir.
3. Uchinchi guruhni maxsus falsafiy fanlar: mantiq, axloq (etika), estetika kategoriyalari tashkil etadi. 
Masalan, axloq fanida falsafiy bilimning ayni shu sohasi va falsafaning axloq bilan turdosh bo‘limlari – 
antropologiya, ijtimoiy falsafa, aksiologiyaga xos bo‘lgan kategoriyalar tizimi (yaxshilik va yomonlik, sha‘ni va 
qadr-qimmat, hayot ma‘nosi, baxt va boshqalar) vujudga kelgan. Tushunchalar, mulohazalar, mushohadalar, 
dalillash va hokazolar mantiq kategoriyalari hisoblanadi. Estetikada go‘zallik va xunuklik, fojeaviylik va kulgililik, 
ulug‘vorlik va tubanlik kabi kategoriyalar qo‘llaniladi. Biz esa falsafaning umumiy kategoriyalarini ko‘rib chiqamiz. 
Falsafa kategoriyalari muayyan fanlarning kategoriyalaridan ancha farq qiladi. Bu farq shundan iboratki, 
dialektika kategoriyalari ob‘ektiv dunyo hodisalari turkumlarining muhim xossalari va aloqalarinigina emas, balki 
barcha moddiy jarayonlarga xos bo‘lgan eng umumiy xossalar va aloqalarni aks ettiradi. SHunday qilib, dialektika 
kategoriyalari ob‘ektiv dunyoni ideal aks ettirishning o‘ta keng shakllari bo‘lib, ular voqelikni bilish va ma‘naviy-
amaliy o‘zgartirishning asosiy printsiplari bo‘lib xizmat qiladi.
Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substantsion kategoriyalar va munosabatdosh 
kategoriyalar. Substantsion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat‘iy nazar, alohida-alohida qo‘llaniladigan 
kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », 
«ziddiyat» va hokazolar kiradi. Ular ob‘ektiv voqelikning muayyan umumiy xossalarini qayd etadi, lekin bu 
kategoriyalarning boshqa kategoriyalar bilan aloqalari haqida bevosita tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. 
Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg‘un bog‘liq bo‘lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini 
nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday 
kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va 
butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.
Biz falsafa kategoriyalarini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling