O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hindistonda falsafaning vujudga kelishi
2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Reja: 1. Qadimgi Sharq falsafasining vujudga kelishi va xususiyatlari. 2. Qadimgi Hindiston, Xitoy va Markaziy Osiyoda falsafiy qarashlar. 3. O'rta asr Sharq falsafasi rivojlanishining umumiy belgilar. 4. O'rta asr Sharq falsafasi. Markaziy Osiyo falsafasi. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo‘lishi. Sharq qadimiy madaniya o`chog`i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta`riflanmagan. G`arb madaniyati tarixini o`rganishjarayonida Ovrupasentrizm nazariyasi og`ib ketish g`ayriilmiy bo`lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog`lik jihatinin tahlil etganda ham Osiyosentrizm g`oyalari ta`siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqninng o`ziga xosligi, unga mansub bo`lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo`shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e`tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog`ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o`zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta`sir ko`rsatganini doimo esda tutish darkor. Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko`pgina mutaxassislar bizninng Vatanimiz o`tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo`lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o`ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo`lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o`choqlari haqida maktab ta`limi jarayonida «Eng qadigi tarix» darsliklari orqali ma`lumot berilgan. Zukko talabalar o`sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo`lganini yaxshi biladi. Qadimgi SHarq falsafasi insoniyatning ilm, fan, m‘naviy taraqqiyotining debochasi hisoblanadi. Ularning rivojlanishi, o‘ziga xosligi va betakrorligidan qat‘iy nazar, ayrim umumiy qonuniyatlarga ega. Birinchidan, falsafiy tafakkur SHarqda ijtimoiy ongning dastlabki shakli sifatidagi mifologiya negizida vujudga kelgan. Mifologiya inson o‘zini atrof muhitdan ajratishga va hodisalarni tabiiy sabablarga muvofiq tushuntirishga qodir emasligi bilan tavsiflanadi. Inson dunyoni va undagi barcha hodisalarni xudolar va qahramonlar harakati bilan tushuntiradi. Ammo mifologiyada insoniyat tarixida ilk bor bir qancha falsafiy masalalar ham qo‘yiladi: dunyo qanday vujudga kelgan va u qanday rivojlanadi; hayot va o‘lim nima va h.k. Ikkinchidan, SHarq falsafasi sinfiy jamiyat va davlat paydo bo‘lishi bilan ijtimoiy ong shakli sifatida vujudga kelgan. Masalan, qadimgi Hindistonda falsafaning vujudga kelishi taxminan uning hududida quldorlik davlatlari shakllana boshlagan miloddan avvalgi I ming yillikda yuz bergan. Xitoyda falsafa jamiyatning sinfiy tabaqalanish jarayoni boshlangan, chunonchi: jamoalar kasodga uchrab, yangi yer mulkdorlari va shahar boylarining iqtisodiy va siyosiy qudrati osha boshlagan miloddan avvalgi VI-V asrlarda vujudga kelgan. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling