O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


O‟rta asrlar Budda Sharqi estetikasi


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

 
O‟rta asrlar Budda Sharqi estetikasi 
Xitoy. O‘rta asrlar Budda Sharqi estetikasida Xitoy va YAponiya mutafakkirlarining qarashlari diqqati 
sazovor. Xitoyda, bu davrga kelib, badiiyatning darajalarini belgilaydigan bir necha estetika tasniflar ishlab chiqildi. 
Ulardan biri – to‘rt bosqichli tasnif hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bu to‘rt bosqich komillikning to‘rt 
darajasini belgilaydi, u mohiyatan inson takomilining to‘rt davriga to‘g‘ri keladi: 1) texnika borasidagi mahorat; 2) 
bilim; 3) donishmandlik; 4) ma‘naviy uyg‘onish. 
Eng quyi daraja, birinchisi, nen-pin atalib, unda san‘atkor uslub qoidalari va uquvga ega bo‘lib, hunarmand 
sifatida ish ko‘radi. Bu darajaning eng yuksak yutug‘i go‘zallikning yoqimli shakliga erishish. Ikkinchi daraja – 
myao-pin, unda san‘atkor mahorat egasi sifatida namoyon bo‘ladi; o‘z san‘ati haqidagi bilimlarni egallab, endilikda 
qobiliyatini individual ifodaning kuchi bilan birlashtirishga o‘tadi. 


Uchinchi daraja – shen-pen, unda san‘atkor Osmon va er oralig‘idagi barcha mavjudlikning tabiatini anglab 
etadi; uning asari buyuk iste‘dod tomonidan yaratilgan ilohiy bunyodkorlik. To‘rtinchisi – i-pen, unda san‘atkor daho 
sifatida o‘zini ko‘rsatadi. Uning mahoratini ta‘riflash qiyin, asarlari tabiatning o‘zi qadar tabiiy, zo‘rakilikdan yiroq; u 
hech kim anglamagan narsani anglaydi, hech kim ko‘rmagan narsani ko‘radi. Takomilning bu bosqichi karomat va 
avliyolikka qiyoslanadi. Mazkur tasnif, garchand, rassomlik san‘atini nazarda tutgan bo‘lsada, uni hech bir 
ikkilanishsiz barcha san‘at turlari uchun qo‘llash mumkin.
Xitoyda VI asrdan boshlab buddhachilikning chan mazhabi keng yoyildi. CHan (yaponchasi dzen) o‘rta asrlar 
Xitoy san‘atiga katta ta‘sir ko‘rsatdi. CHan buddhachilik san‘atining dastlabki namoyandalaridan biri shoir, rassom 
va nafosatshunos Van Veydir (699/701–759/761). Van Vey va uning davrasi ijod jarayonini ziyolanishga, 
nurlanishga o‘xshatganlar va san‘atning vazifasini insonni poklash, forig‘lash, qutqarishdan iborat deb bilganlar. 
Chan aql bilan mulohaza yuritishdan ko‘ra – bir lahzalik nogahoniy nurafshonlikni, rastional o‘rganishdan 
ko‘ra-mushohada va meditastiyani ma‘qul ko‘radi. Chan buddhachilik nuqtayi nazaridan fikrni so‘z bilan ifodalash 
mumkin emas, butun haqiqat esa ana shu haqiqat lahzasining o‘zida mujassamlashgan. So‘zdan ko‘ra sukunat, 
chizmadan ko‘ra oppoq bo‘shliq, rang-baranglikdan ko‘ra – qora tush muhim. «Rassom uchun oddiy tush 
hammasidan afzal, u tabiatning tabiatini ochib beradi,» – deb boshlanadi
173
. Van Veyning «Rangtasvir sirlari» 
risolasi. 
Chan shoiri badiiy asarni estetik idrok etuvchi kishini hamkorlikka chaqiradi. SHe‘riy tasvirlar ustida 
to‘xtalib, u o‘z qalbining qa‘riga qarash kerak va unda «suv», «qamish», «tog‘lar», «kimsasiz kechuv», «qush», 
«tund shaharcha» singari xasis so‘z-harflarning aks-sadosini tinglashi lozim. Idrok etuvchi oldidagi vazifa oson 
emas: uning o‘zi bir vaqt ichida ham shoir, ham rassom bo‘lib, ichki nigoh – fahm bilan so‘zlarni jonli, dinamik 
voqelikka aylantirish shart. Suv shildirab oqishi, qamish silkinishi, shaharcha tomlari uzra tutun burqsishi kerak. 
Ya‘ni, shoir boshlagan ishni idrok etuvchi so‘ngiga etkazishi lozim. Ana o‘shanda jajjigina she‘rning ulkan ma‘nosi 
yuz ochadi, u etarli darajada estetik idrok etiladi. 
O‘rta asrlarda Xitoyda teatr estetikasi alohida mavqega ega bo‘lgan. Bu paytga kelib, teatrda professional 
yondashuv to‘liq g‘alaba qozongan edi. Mashhur dramaturg, nafosatshunos va adabiy tanqidchi Tan Syanszu (1550 
– 1616) o‘zining adabiy ijod tamoyilini shunday ifodalaydi: «Har bir adabiy asarda to‘rt unsur muhim (g‘oya, 
mazmun), styuy (qiziqtirish, o‘ziga tortish), shen‘ (ilohiylik, ilhom); se (rang, go‘zallik). Mana shu to‘rt hodisa 
tayyor bo‘lganda latif so‘zlar va chiroyli tovushlar topish imkoni yuzaga keladi. U teatrning ahamiyatini, estetik 
tarbiyadagi muhim rolini alohida ta‘kidlaydi. Uning majoziy fikrlashi bo‘yicha teatrda ko‘r – yayragisi, kar – 
eshitgisi, gung – hayratdan xo‘rsingisi, cho‘loq o‘rnidan turgisi keladi. Kimki hissiyotdan mahrum bo‘lsa, hislari 
uyg‘onadi, ovozsiz odam ovozga ega bo‘ladi, sukut hayqiriqqa aylanadi, hayqiriq sukut bo‘lib evriladi, pandavaqi – 
nazokat sohibi, to‘pos – ma‘naviyat egasi bo‘lib qayta tiriladi. Teatr, shuningdek, hoqonlar bilan amaldorlar, ota 
bilan farzandlar orasida samimiy mehribonlikka yo‘g‘rilgan munosabat uyg‘otadi. 
Teatr san‘atining forig‘lantirish hususiyati haqida yana bir teatr nazariyotchisi Lyu Yuy (1611 – 1679) ajoyib 
fikrlar bildiradi. U o‘zining «Bekorchining tasodifiy qaydlari» risolasida kulgililik mezoniy tushunchasiga o‘ziga 
xos yondoshadi. Uning fikriga ko‘ra, kulgi kishidagi har qanday niqobni ochib tashlaydi, uni ich-ichidan 
qiynayotgan narsadan, salbiy ehtiroslar va ishga solinmagan quvvatning ortiqchaligidan ozod qiladi. Inson kulishi 
barobarida o‘zidagi kechmish bilan xo‘shlashadi, Yangilanadi va qalban yosharadi. SHu bois kulgi – inson qalbi va 
jismining tabibi, fojeadagi forig‘lanishga qaraganda yoqimli hamda engil forig‘lanish, inson zoti hayotini davom 
ettirishning qulay vositasi hisoblanadi. 
Li Yuy dramadagi yumorning asosiy estetik mezonini ajratib ko‘rsatadi. Uning ta‘kidlashicha, yumorning 
asosiy qimmati hazilning tabiiyligi, emin-erkinligi bilan belgilanadi; aynan shu щususiyatlar hazilni latofat va 
nazokat (myao) tushunchalari bilan bir qatorga olib chiqadi. Hazilda andak dag‘allik (su) nafislik (ya) bilan, 
havoiylik (szi) zalvarlilik bilan omuxtalashib ketmog‘i lozim. Satirani esa nafosatshunos har qanday qilichdan o‘tkir 
qurol deb ta‘riflaydi. U bilan insonni qilichdan ko‘ra tezroq halok etish mumkin; u sahnada ulkan ta‘sir maydoniga 
ega: odamlarni davolaydi, ularni falokatlardan xalos etadi, qisqasi tarbiyalaydi. Li Yuy, shunday qilib, qadimgi 
YUnoniston nafosatshunoslaridan farqli o‘laroq, fojeaviylik emas, balki kulgililik orqali forig‘lanish hodisasini 
yuksak estetik xossa deb biladi va uni birinchi o‘ringa olib chiqadi
174


Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling