O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Yaponiya. Qadimgi Xitoy estetikasi asosida yuzaga kelgan o‘rta asrlar yapon estetikasi o‘ziga xos milliy 
yo‘nalishdan ketdi. Unda go‘zallik ideali bir necha majoz-tushunchalarda o‘z aksini topgan. Bular: «mono-no 
avare» – narsalarning qayg‘uli maftunkorligi, «yugen» – yashirin go‘zallik, «sabi» – tanholik qayg‘usining 
go‘zalligi. 
Mono-no avare dastlab qalb qa‘ridan otilib chiqqan ixtiyorsiz hayrat tarzida vujudga kelgan.: «Ax, qanday 
go‘zal gul! Xare!» degan jumladagi hayratni anglatuvchi ikki so‘z «Ax» va «Xare» keyinchalik «avare»ga aylangan. 
«Avare» – hayrat vositasida «mono»ning mohiyatiga etib borilgan. «Mono» esa — narsa yoki hodisa, lekin qiyofasiz 
narsaning mohiyati, «Mono-no avare» narsalarning mangu ibtidosiga qalb intilishi, ularning sirg‘aluvchan ma‘nosini 
ilg‘ab olish demak. U tabiat va insonning o‘zaro bog‘liqligiga, o‘zaro shartlanishiga, barcha mavjudlikning taqdir 
173
Ван Вей. Стихотворения. М., ИХЛ, 1979. С.22. 
174
O‘sha manba. 231-233 b. 


qonuniga ichki bo‘ysunishiga nogahoniy erishuvidan iborat. o‘rta asrlar yapon she‘riyatida tashqaridan qaraganda bir-
biridan juda uzoq bo‘lgan narsalar orasida bog‘liqlik topishga, olamning yashirin birligi majmuini ko‘ra bilishga 
intilish ana shundan kelib chiqadi. 
Go‘zallikni anglab etishda eng muhim o‘rinni «yugen» tushunchasi egallaydi. YUgen, bu – yashirin, sirli, 
qora, qa‘rdagi go‘zallik. U asli xitoycha so‘z bo‘lib, ikki qismdan iborat: «yu» – «qora, qa‘r», «gen» – qorong‘ulik, 
zulmat ma‘nolarini anglatadi. U zulmatni yorib chiquvchi ziyo: zulmatni inkor etmaydi, lekin zulmatni ichdan yorib 
chiqar ekan faqat o‘sha zulmatning o‘zida mavjud. qisqasi, yugen – qorong‘ulik qamrab ololmaydigan qorong‘udagi 
nur. 
Yugen estetik tushuncha sifatida Xeyyan davri (IX-XII asrlar) she‘riyat nazariyasida qo‘llanilgan. o‘sha davr 
shoirlaridan biri Akira Komonaga yugentay-yugen ruhidagi uslubni o‘zini kashf etolmaydigan hissiyotning aks-sadosi
dunyoga kelmagan kayfiyatning sharpasi, deb ta‘riflaydi. Xullas, Xeyyan davri shoirlarida yugen tushunchasi teran ichki 
tuyg‘u va g‘ussa bilan yo‘g‘rilgan degan ma‘noni anglatadi. 
O‘rta asrlar yapon teatr san‘atida Noo teatri alohida o‘rin tutadi. Noo spektakllari «alo tuyg‘uni» uyg‘otuvchi 
«alo vazifani» bajarishlari kerak edi. Unda hamdardlik, dahshat, shavq – hammasi go‘zallikdan lazzatlanishni alohida 
his etish barobarida hal etiladi. Bu go‘zallik o‘zida ko‘rinishdan xunuklikni, dahshatni mujassam etishi mumkin; ular 
Noo teatrida o‘zlarining aksi bo‘lmish go‘zallikka aylanadilar. Buning uchun har bir sahnadagi badiiy qiyofa go‘zal 
bo‘la olishning yashirin imkonini topa bilish lozim. Bunday mo‘jiza faqat yuksak san‘atga xos. 
Noo teatrining eng muhim vazifasi – sirli olamiy qudrat bo‘lmish yugen muhitiga ijodiy tasavvur yordamida, 
mistik tajribalar va amaliy mahorat orqali kirib borish hamda yugenga namoyon bo‘lish va tinchlanish xususiyatini baxsh 
etish; undan keyin yugen ishtirok qilgan mukammal sahnaviy ijod vositasida moddiylashgan go‘zallikni kosmosga – 
falakka qaytarish. Buni boshqacharoq qilib tushuntirsak, quyidagicha bo‘ladi: 1) falakdagi go‘zallikni ilg‘ab olish va unga 
kirib borish; 2) bu oxirigacha ilg‘ab va ifodalab bo‘lmaydigan mistik go‘zallikni teatr san‘ati qiyofalariga tadbiq etish; 3) 
uni sahna asaridan nurlangan go‘zallik sifatida falakka qaytarish. (Spektakl ibodat kabi, ma‘budlar ko‘nglini yumshatadi.) 
SHu o‘rinda yapon buddhachiligidagi dzen mazhabi haqida to‘xtalib o‘tish joiz. Dzen (chan) XII asr oxirlarida 
Xitoydan kirib keldi va keng tarqaldi. Dzen ta‘limotiga ko‘ra, har qanday san‘at, agar u hodisalarning, moddiy 
dunyoning ma‘naviy mohiyatiga erishish uchun insonga ko‘maklashsa, u mangu haqiqat tomon o‘tadigan ko‘prikdir. 
Dzen estetikasi badiiy ijodda shaxs va obekt orasidagi aloqani ushlab turish uchungina etarli bo‘lgan eng kam so‘z, eng 
kam ifoda vositalariga asoslanadi. 
Dzen-buddachilik ta‘siri ostida butunlay Yangi san‘at turi – tosh bog‘lar san‘ati vujudga keldi. Tosh 
bog‘larning asosiy g‘oyasi bog‘-mikrokosm kompozistiyasi orqali cheksiz olam hissini berish va insonning o‘zligiga 
sho‘ng‘ib ketishi uchun sharoit yaratishdir. Har bir tosh bog‘ ikki asosiy unsurga ega, ular – suv va tosh. Suv tabiiy 
yoki qumdan iborat ramziy suv bo‘lishi mumkin. Tosh doim tabiiy tarzda qo‘llaniladi. Toshlarni joylashtirish san‘ati 
– sutensi bog‘dagi san‘atkor ishining asosiysi hisoblanadi. Tosh shakliga, rangiga, salmog‘iga qarab tanlanadi. 
San‘atkorning vazifasi har bir toshning plastik imkoniyatini ilg‘ab, ularni imkon boricha ifodaliroq qilib 
guruhlashtirishdan iborat. YApon tosh bog‘lar san‘atining o‘ziga xosligi shundaki, siz qaysi tomondan qaramang, 
butun bog‘ni nigohan qamrab ololmaysiz, qaysidir qismidagi go‘zallik nazardan qolib ketadi. YA‘ni o‘n beshta 
toshdan doimo o‘n beshinchisini ko‘rolmaysiz. Aynan ana shu «o‘n beshinchi tosh» – sirli: ehtimol, u koinotdir, 
ehtimol o‘z qalbingizdir... Bunday san‘atning kamyob namunalarini Kiotodagi Ryoandzi va Daysenin tosh 
bog‘larida ko‘rish mumkin. 
Yaponlar – davlat ramzi sifatida xrizantema gulini tanlagan, o‘z qalbi tabiatini gullagan olcha timsolida 
ko‘radigan xalq. YAponiya alohida gulchilik, guldastalar tizimi san‘ati – ikebana bilan ham mashhur. Ikebana – 
sirlarga to‘la yurak va qo‘llarning nozik harakatlari, go‘zallik san‘ati. Bunda muhimi – gullarning ko‘pligi, 
o‘simliklarning turli-tumanligi emas, balki har bir gulning o‘ziga xosligida, ko‘rinishining takrorlanmasligi, rangi, 
shaklidadir. Har bir gulda, yaproqda, ko‘katda ma‘no va ifoda, tabiatdagi va odamlardagi go‘zallikni ramziy tarzda 
anglatuvchi o‘z tili bo‘lishi kerak. Xuddi sukunat kabi ohista, mayin musiqa ohangidek insonni o‘rab turgan 
gullardagi ranglar majmui asab torlari tarangligini yumshatishi lozim. 
O‘rta asrlarda va hozir ham Yaponiyada choy taomili paytida choyxona tokchasida hali to‘la ochilib 
ulgurmagan birgina gul turadi. Gul fasllarga monand tanlanadi. Gulga monand guldonlar qo‘llaniladi. Yaponiyada 
chinni guldonlar orasida XV-XVI asrlarga oid iga deb atalganlari alohida qimmatli hisoblanadi. Igaga suv sepsa u 
xuddi harakatga kelgandek, jonlangandek bo‘ladi. Ikebana san‘atining mumtoz ustasi Ikenobo Sen-O (XV asr) gul 
go‘zalligini tushunishda Yangilik kiritdi: siniq guldondagi gul ham, qurib qolgan butoqdagi gul ham qalbda 
nurafshonlik uyg‘otadi. Qadimgilar gullarni joylashtirish orqali oliy donishmandlikka erishganlar. 
Umuman olib qaraganda, o‘rta asrlar Budda Sharqi estetikasi o‘zining go‘zallikka bo‘lgan Sharqona, 
nazokatli munosabati bilan, injaligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Hozir ham u o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling