O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Qadimgi dunyoning mumtoz estetikasi
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tit Lukrestiy Kar
Qadimgi dunyoning mumtoz estetikasi
Qadimgi dunyoning mumtoz falsafasi haqida gap ketganda ko‘pgina adabiyotlarda uni go‘yo Yunonistonda o‘z-o‘zidan paydo bo‘lib qolgan aqliy yuksaklik, ya‘ni, yunonlarning (Yevropaliklarning) boshqa irqlarga nisbatan buyukligidan dalolat beruvchi hodisa sifatida talqin etiladi. Lekin, aslida qadimgi Yunoniston fani va madaniyati Eron, Bobil, qadimgi Misr va qadimgi Hindiston singari Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlardan foydalanib, shu darajaga ko‘tarildi. Qadimgi Sharq yunonlar uchun ulkan maktab vazifasini o‘tadi. Chunonchi, Fales, Pifagor, Demokrit, Geraklit, Suqrot, Aflotun singari allomalar ana shu maktab ta‘limotidan bahramand bo‘lib, buyuklikka erishganlar. Buning isbotini deyarli barcha qadimgi manoqiblarda, xususan, yunonlardan qolgan falsafiy, adabiy va tarixiy manbalarda ko‘rish mumkin. 162 Дао. М., - Харков, Эксмо-пресс – Фолио, 2000. С. 9. 163 Древнекитайская философия. Эпоха Хан. М., Наука, 1990. С. 75. Qadimgi yunon mumtoz estetikasi deganda biz, asosan, uch buyuk siymoni nazarda tutamiz. Bular- Suqrot, Aflotun va Arastu. Suqrot (miloddan avvalgi 469-399 yillar) jahon falsafasida birinchi bo‘lib antropologik yondashuvga asos solgan mutafakkir, ungacha falsafaga faqat kosmologik yondashuv hukmron edi. U diqqatni kosmos – fazoga emas, balki insonga qaratdi, insonni amaliy xatti-harakati, axloqiyligi nuqtayi nazaridan o‘rganishga kirishdi. Suqrot axloqshunoslik va nafosatshunoslikning, axloq va go‘zallikning uzviy aloqasini ta‘kidlab ko‘rsatadi. Uning ideali – ma‘nan va jisman go‘zal inson. U insonni san‘atning asosiy ob‘ekti sifatida olib qaraydi, san‘atning estetik va axloqiy mezonlari masalasini o‘rtaga tashlaydi hamda shular orqali ijodiy jarayonni ochib berishga urinadi. San‘at, Suqrotning fikriga ko‘ra, taqlid orqali hayotni in‘ikos ettirishdir. Lekin bunday taqlid aslo nusxa ko‘chirish emas. Haykaltarosh Pirrasiy bilan suhbatida mutafakkir, san‘atkor insonni, tabiatni, voqelikni umumlashtirish orqali qaytadan jonlantiradi degan fikrni bildiradi. Haykal ham, ya‘ni, tosh ham, boshqa san‘at turlaridagi kabi «qalbning holatini», insonning ruhiy-ma‘naviy qiyofasini aks ettirishi kerak. Axloqiy ideallargina in‘ikos etilishga loyiq. Qadimgi yunon nafosatshunosligida Aflotunning (milodgacha 427 – 347) qarashlari diqqatga sazovordir. Uning nafosat borasidagi fikr-mulohazalari asosan «Ion», «Fedr», «Bazm», «Qonunlar», «Davlat» singari asarlarida o‘z ifodasini topgan. Aflotun, Suqrotdan farqli o‘laroq, g‘oyalar muammosini o‘rtaga tashlaydi. Uning nazdida asl borliq ana shu g‘oyalardan iborat. Umumiy tushunchalar qancha bo‘lsa, g‘oyalar ham shuncha. G‘oyalarning o‘rni narsalarga nisbatan birlamchi: avvalo g‘oyalar, undan keyin narsalar. Atrof-tevarakdagi his etiluvchi narsalar hissiyotdan yuksak turuvchi g‘oyalarning in‘ikosidir. Aflotunning fikriga ko‘ra, asl go‘zallik his etilguvchi narsalar dunyosida bo‘lmaydi, u g‘oyalar olamiga taalluqli. «Davlat» asarida faylasuf Suqrot va Glaukon suhbati asnosida g‘or haqidagi mashhur masal-afsonani keltirar ekan, bizga ko‘rinib turgan, biz yashayotgan dunyo bor- yo‘g‘i soyalar o‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson ojizlik qiladi, deydi. Inson g‘or devoriga kishanband qilingan tutqunga o‘xshaydi, u faqat haqiqiy borliqning soyasini kuzata oladi, xolos, haqiqiy borliq esa ana shu soya ortida ko‘rinmay qolaveradi. Go‘zallik ham haqiqiy borliqqa taalluqli. Unga hissiyotlar yordamida etishish mumkin emas, faqat aql orqaligina uni anglash mumkin: u - o‘zgarmas, zamon va makondan tashqarida. Bu o‘rinda Aflotunning haqiqiy go‘zallik sifatida Xudoni nazarda tutayotganini ilg‘ash qiyin emas 164 . Ana shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, Aflotun, san‘atkorni o‘ziga xos nusxa ko‘chiruvchi sifatida talqin etadi; u his etiladigan narsalar olamini aks ettiradi, bu olam esa, o‘z navbatida, g‘oyalarning nusxalaridir. Demak, san‘at asari-nusxadan olingan nusxa, taqlidga taqlid, soyaning soyasi. SHu bois in‘ikosning in‘ikosi sifatida san‘at, birinchidan, bilish quroli bo‘la olmaydi, aksincha, u aldamchi ro‘yo, asl olamning mohiyatiga etib borish yo‘lidagi to‘siqdir. Ikkinchidin, u axloqqa nisbatan betaraf turadi, hatto axloqning buzilishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Uchinchidan, idrok etuvchini ma‘naviy yuksaklikka emas, balki ruhiy kasallikka olib keladi. Chunki u his etilguvchi narsalar olamini turli vositalar orqali in‘ikos ettirar ekan, ko‘p hollarda go‘zallikka taalluqli bo‘lmagan, hunuklik, sharmandalik va behayolikni ham tasvirlaydi. SHu sababli ideal davlatdan san‘atning o‘rin olishi shart emas. Lekin ma‘budlarga alqovlar, mardlik, vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadigan qo‘shiqlar bundan mustasno. Aflotun ilhomning ikki xilini keltiradi, biri – «tartibga soluvchi», ikkinchisi – «lazzat beruvchi». Birinchisi odamlarning «yaxshilanishiga» xizmat qilsa, ikkinchisi – «yomonlashtiradi». Xo‘sh, shuning uchun nima qilish kerak? Faylasuf o‘ziga xos nazorat – stenzurani taklif etadi: yoshi ellikdan oshgan odamlar orasidan maxsus «baholovchi» kishilarni belgilash lozim, ular davlat miqyosida badiiy ijodni va shu asosdagi estetik tarbiyani nazorat qilishni doimiy amalga oshirib turadilar. Ideal davlatda kulgililikka doir asarlarni (komediyalarni) sahnalashtirish mumkin, faqat ularda rollarni muhojirlar va qullar o‘ynashi kerak bo‘ladi. Fojeani esa qat‘iy stenzura asosidagina sahnalashtirishga ruxsat beriladi. Aflotun san‘atning asl manbaini bilimda emas, ilhomda deb hisoblaydi. Uning nazdida shoir faqat ilhomlangan va jazavaga tushgan paytida, es-hushi yo‘qolgan paytda she‘r yozadi; toki es-hushi joyida ekan, u ijod va karomat qobiliyatidan mahrum. U, o‘zi anglamagan holda, telbavor, savdoyi bir holatda ijod qiladi. Shu bois haqiqiy ijodkor uchun san‘at qonun-qoidalarini bilishning o‘zigina etarli emas: san‘atkor bo‘lib tug‘ilish lozim. Qadimgi yunon estetikasining yuksak cho‘qqisi Arastu (milodgacha 384 – 322) ijodidir. Uning asosan «Xitoba» («Ritorika»), «Siyosat», ayniqsa «SHe‘riyat san‘ati» («Poetika») asarlarida nafosatshunoslik muammolari o‘rtaga tashlangan. Arastu go‘zallik masalasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Go‘zallikning nisbatan yuksak ifodasi esa, tirik jonzotlarda, ayniqsa, insonda namoyon bo‘ladi. Go‘zallikning yana bir belgisi, Arastu fikriga ko‘ra, miqdorning cheklanganligi. «Jonsiz narsalar kabi jonli mavjudotlar ham hajman oson ilg‘ab olinadigan bo‘lishlari kerak, deydi faylasuf – Shunga o‘xshash voqea (fabula) ham oson esda qoladigan cho‘ziqlikka ega bo‘lishi shart» 165 . Go‘zallikning eng muhim belgisini esa, 164 Qarang. Platon. G‘or haqida masal. M.Qo‘shmoqov tarjimasi. // «Sog‘lom avlod uchun» jurnali, 1996, 1-son. 165 Аристотел. Сочинения в 4 т. Т.4. М., Мысл, 1983. С. 654. Arastu uzviy yaxlitlik deb ataydi. Uning talqiniga ko‘ra, yaxlitlik ibtido, markaz va intihodan iborat bo‘ladi 166 . Arastugacha go‘zallik va ezgulik aynanlashtirilar edi. Arastu esa birinchi bo‘lib ularni farqlaydi; ezgulik faqat harakat orqali, go‘zallik harakastiz ham voqe bo‘ladi, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi 167 . Arastuning san‘at haqidagi mulohazalari ustozi Aflotun qarashlaridan jiddiy farq qiladi. Uning fikriga ko‘ra, san‘at asari, tabiat yaratgan narsalar singari shakl va materiya (moddiyat) birligidan iborat. San‘atkor ongida Olamiy Aqlda mavjud narsalardan boshqa biror narsaning mavjud bo‘lishi mumkin emas. Zero tabiat va inson faoliyatining manbai Olamiy Aqldagi g‘oyalar yig‘indisidir. Ular yo tabiatdagi jarayon, yoki san‘at orqali o‘zligini namoyon qiladi. San‘at tabiat o‘z maqsadini amalga oshiradigan shakllardan biri, xolos, lekin shakllarning eng etugi, mukammali. San‘at tabiat oxiriga etkaza olmagan narsani oxiriga etkazadi. San‘at tabiatga taqlid qiladi, deganida Arastu, san‘at tabiatning faoliyat usulini in‘ikos ettirishini nazarda tutadi. San‘at ana shu taqlid natijasida, tabiatga o‘xshab organizm yaratadi. Mazkur organizmni yaratgan san‘atkor faoliyati san‘at qonun-qoidalariga bo‘ysunadi, u haqiqiy aql-idrokka e‘tiqod qilguvchi «ijodiy odatdir». Umuman olib qaraganda, san‘atning taqlid ob‘ekti odamlarning xatti-harakati, xatti-harakat bo‘lganda ham, shunchaki emas, balki ularning axloqiy tabiati aks etadigan qilmishlaridir. Qisqacha qilib aytganda, nafis san‘atning vazifasi insoniy tabiatni ifodalash, ya‘ni unga taqlid qilish. Lekin bu taqlid, bu in‘ikos voqelikdan shunchaki nusxa ko‘chirish emas, balki ijodiy yondashuv asosidagi in‘ikosdir. SHu munosabat bilan Arastu she‘riyat va tarixni solishtirib, shunday deydi; «SHoirning vazifasi haqiqatan bo‘lib o‘tgan voqea haqida emas, balki ehtimol yoki zaruriyat yuzasidan ro‘y berishi mumkin bo‘lgan voqea haqida so‘zlashdir» 168 . Arastu san‘atning bilish tabiati borligini, u bilishning o‘ziga xos turi ekanini ta‘kidlaydi va bu bilan ustozi Aflotunga raddiya bildiradi. «Birinchi muallim»ning fikriga ko‘ra, badiiy asarning mazmuni aniq-ravshan unda aks ettirilgan voqea-hodisa esa bilib olinishi oson bo‘lishi kerak, xuddi hayotdagidek idrok qilinishi lozim. Biroq, badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Ana shu masofa tufayli badiiy reallik muxtor tarzda, amaliy hayotdagiga aynan bo‘lmagan tarzda idrok etiladi. Bunday masofa badiiy til, musiqiy kompozistiya v. h. vositasida yaratiladi. Boshqacha aytganda, badiiyat olamining o‘z zamoni, o‘z makoni, o‘z tili mavjud. Faqat undagi o‘ziga xos mantiq haqiqiy hayot mantiqini aks ettirish lozim. SHu bois badiiy asar inson tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va masofa tufayli idrok etuvchida mushohada qilish erki saqlanib qoladi. U hayajonlanadi, qalbi ravshan tortadi. Ma‘lumki, Pifagor birinchi bo‘lib «forig‘lanish» – «katarsis» tushunchasini diniy-e‘tiqodiy ma‘noda qo‘llagan edi. Arastu esa uni san‘atga nisbatan ishlatadi. Forig‘lanish, Arastu talqiniga ko‘ra, san‘at o‘z oldiga qo‘ygan maqsad, xususan, fojea (tragediya)ning maqsadi. U mohiyatan qo‘rquv yoki achinish tufayli inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi. Natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rgiliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxstizlik girdobiga tushganlarga o‘zida hamdardlik hissini tuyadi. YA‘ni, san‘at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega Masalan, sizdan oshnangiz tez kunda qaytib beraman, deb pul qarz oldi-yu, lekin bir oy bo‘lsa ham pulni qaytargani yo‘q. Siz g‘azabdasiz. Oshnangizni endi bir boplab sharmanda qilish niyatida yuribsiz. SHu orada teatrga tushdingiz. «Qirol Lir» spektakli ketayotgan ekan. Lirning fojeasi, otasini joni-dilidan sevgan Kordeliyaning fojeasi – bo‘g‘ib o‘ldirilgan go‘zal qiz, egilgan, lekin sinmagan haqiqat, adolat sizni larzaga soladi. Sizda pokizalik, halollik, xulqiy go‘zallik timsoli bo‘lmish bu odamlar qismatiga achinish, ularga hamdardlik hissi uyg‘onadi, odatiy turmushning ikir-chikirlari, tashvishlari sizga sahnadagi buyuk insonlar jasorati va fojeasi oldida juda mayda ko‘rinadi; qarz olgan oshnangiz haqidagi o‘ylaringiz e‘tiborsiz bir narsa bo‘lib tuyuladi, kechagi xayollaringizdan o‘zingiz uyalasiz. Qisqasi, siz san‘at asarini idrok etganinigizdan so‘ng mayda hislardan forig‘lanasiz, ma‘naviy jihatdan kechagiga qaraganda bir bosh yuksakka ko‘tarilasiz. Arastu aytgan katarsis – forig‘lanish mana shu. San‘at – forig‘lanish vositasida insonni tarbiyalaydi. Forig‘lanishning estetik mohiyati ana shunda. Shunday qilib, antik davr estetikasining yuksak nuqtasi sifatida Arastu ijodi hanuzgacha kishilik tafakkurida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Qadimgi dunyoning mumtoz nafosatshunosligida qadimgi Rim mutafakkirlarining ham o‘z o‘rni bor. Chunonchi Tit Lukrestiy Kar (milodgacha 99-55 yillar), Kvint Horastiy Flakk (milodgacha 165-8 yillar)qarashlari diqqatga sazovor. Tit Lukrestiy Kar o‘zining «Narsalarning tabiati» asarida san‘atning kelib chiqishini tabiat bilan bilan bog‘laydi. Biroq bu ehtiyoj alohida maqomga ega, u boshqa ehtiyojlardan farq qiladi, uning mohiyati «huzur»ga intilishdan iborat. Lekin u boshqa (ijtimoiy, maishiy) ehtiyojlar bilan yonma-yon turadi, ulardan kam emas: Kemachilik, ziroatu yo‘llar, devorlar, Kiyimboshu qurollaru huquq va boshqa Qulayliklar va huzurbaxsh barcha narsalar: Rangtasviru qo‘shiq, she‘rlar, go‘zal haykallar – Hammasiga ehtiyoju aql o‘rgatdi Odamzotning olg‘a intilishida . 166 Аристотел. Сочинения в 4 т. Т.4. М., Мысл, 1983. С. 653. 167 Qarang: Аристотел. Сочинения в 4 т. Т.1. С. 326. 168 O‘sha manba. S. 655. Лукреций Кар. О природе вещей. М., ИХЛ, 1983. С. 198. Lukrestiyning o‘z falsafiy qarashlarini she‘riy shaklda – doston janrida ifodalashi tafakkurga ham o‘ziga xos, estetik yondashuvni anglatib turadi. Uning nazdida ilmiy fikrni san‘at ko‘rinishida, she‘riyat vositasida ifodalash ko‘proq samara beradi, kitobxon – ilm tolibi «narsalar tabiatini» badiiy in‘ikos yordamida yaxshiroq tushunib oladi: ……………………. istardim tustam Bu ilmni senga she‘riy harirga o‘rab. Ehtimolki shunda aqlu diqqatingni men Qaratgayman shoirona misralarimga – To narsalar tabiatan bilmaguningcha, Toki undan biror foyda olmaguningcha . YA‘ni, san‘at insonlarning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Uning nazdida san‘at faqat lazzat, orom bermaydi, balki, foydalilik xususiyatiga ham ega: u narsalarning tabiati haqida bilim beradi. Qadimgi Rim shoiri Horastiy esa nafosatshunoslik borasidagi o‘z qarashlarini «Pizonlarga maktub» yoki keyinchalik «SHe‘riyat san‘ati» deb atalgan asarida bayon etadi. «SHe‘riyat san‘ati» ham Lukrestiy Kar asari kabi she‘riy shaklda yozilgan. U me‘yoriy tabiatga ega. SHoir uchun izchillik, yaxlitlik, birlik, qamrovlilik kerakligini ta‘kidlaydi. Asarda mazmun hal qiluvchi ahamiyatga molik deb hisoblanadi. Horastiy shoirdan, avvalo, falsafiy bilim egasi bo‘lishni, ikkinchidan, samimiyatni talab qiladi. Horastiy Demokritning iste‘dodni, tug‘ma qudrat, falak ato etgan ulug‘ ne‘mat, degan gaplariga san‘atkor boshqalardan o‘zining ilhom paytidagi holati bilan farqlanadigan, rosmana odamlarga nisbatan «bir oz tentakligi bor» insonlar ekani to‘g‘risida bildirgan fikrlariga ichki, ya‘ni haqiqiy shoirligi, iste‘dodi bilan emas, balki tashqi ko‘rinishlari bilan amal qiladigan sayoz shoirlarni tanqid ostiga oladi. Ularning quruq maqtanchoqligini, o‘zlarini – telbavor tabiatli, shoirona qilib ko‘rsatishi iste‘doddan ham, ilhomdan ham emasligini aytadi. Maqsad shoir degan nomga erishib, mashhur bo‘lish: Hozir shunday shoirlar ko‘p o‘stirib soqol, Tirnoq olmay, hammom ko‘rmay sahro kezadi SHoirligu mashhurlikning yo‘li shu deya . Horastiy shoirdan avvalo falsafiy bilim egasi bo‘lishni, ikkinchidan, samimiyatni talab qiladi. Suqrotning amaliy falsafa maktabini o‘tagan shoirgina ana shu talabga javob bera oladi. Chunki uning dialog shaklidagi yozilgan falsafiy asarlari na faqat to‘g‘ri fikrlashga, ayni paytda drama san‘ati va odamlar qiyofasini haqqoniy tasvirlashga o‘rgatadi. Bu boradi u o‘z ustidan kulib, kinoya bilan shunday deb yozadi: o‘zim yozmay hech narsani o‘rgataman, bas, Mazmun nima, shoirlikning qudrati nima, Nimadandir yaxshi-yomon, zafaru xato. To‘g‘ri yozay desang agar to‘g‘ri fikrla, Buni senga o‘rgatadi Suqrot maktabi, Agar puxta fikrlasang, oqib kelar so‘z 169 . Bundan tashqari Horastiy she‘riyatning xil va turlariga ta‘rif beradi, asosiy diqqatni fojeaga (tragediyaga) qaratadi. Rangtasvirni she‘riyat bilan ko‘p jihatdan o‘xshashligini alohida ta‘kidlab o‘tadi. Har qanday nomutanosiblikni, soxtalikni qoralaydi, buni go‘zallikning buzilishi deb aytaydi. Qadimgi Rim estetik tafakkurida Plotin alohida maqomga ega. Uning estetik qarashlarida go‘zallik muhim o‘rin tutadi, u insonni ezgulikka, haqiqatga, Xudoga intilishini ta‘minlaydi. Go‘zallik – g‘oyaning (eydosning) qiyofasi, moddiylik ustidan ma‘naviyat g‘alabasining mahsuli. Plotinning fikriga ko‘ra, jismoniy go‘zallik quyi pog‘onadagi, qalb go‘zalligi o‘rtalikdagi, aqliy go‘zallik esa oliy darajadagi maqomga ega. Jismoniy go‘zallikning mohiyati inson vujudining g‘oyada ishtirok etishi bilan bog‘liq. Qalb go‘zalligi o‘zi uchun alohida idrok etish usulini talab qiladi, bu – hayratning mayin zavq, lazzat bilan omuxtalashib ketgan o‘ziga xos idrok etish jarayonidan iborat. «Qalb go‘zalligi, – deb yozadi Plotin «Go‘zallik xususida» degan risolasida, – qiyofa ham, rang ham, umuman jismoniylik ham emas, balki har qanday moddiylikdan ajralib turadigan haqiqiy mohiyatdan iborat eydosdir» 170 . Plotin nazdida eydos (g‘oya) aqlga taalluqli ekan, demak, «qalb maqsadi aqliy poklanishdir, u aqlga qarab yuksaladi, aql esa Birinchi ezgulikka intiladi, ikkinchi tomondan, u vujudga, quyiga qarab enadi». 171 Qalb xunukligi uning ana shu quyiga, vujudga qarab enishi tufayli vujudga keladi. SHunday qilib, qalb – aql bilan, aql – Yakayu yagona ezgulik bilan go‘zaldir. Plotin o‘zining «Aqliy go‘zallik xususida» deb atalgan boshqa bir estetik risolasida yuqoridagi fikr va mulohazalarini yanada chuqurlashtiradi. U aqliy go‘zallikni Ilk qiyofa deb ataydi va uning sub‘ektiv tomoni hayrat, degan fikrni ilgari suradi. «Aqliy go‘zallik – Ilk go‘zallik va u yaxlitlikdir va u hamma erda yaxlitdir, – deydi mutafakkir go‘zallikning ibtidosi to‘g‘risida 172 . Bu yaxlitlik hech qachon buzilmaydigan va u Alo aql haqida bizga O‘sha manba. S. 126. Гораций Флакк. Послание к пизонам // Фет А. Вечерные огни. М., Наука, 1971. С. 167. 169 O’sha manba. S. 167-168. 170 Лосев А.Ф. История античной эстетики. Поздный эллинизм. М., Искусства, 1980. С. 439. 171 O‘sha manba. S. 440. 172 O‘sha manba. S. 460. tushuncha beradigan, aqlli arshdan taralgan go‘zallikdir. Plotinning estetik ta‘limotiga ko‘ra, go‘zal shakl ezgulik emas, zero borliqning to‘laqonligi Ezgulikning shaklida emas, uning o‘zida, ya‘ni mohiyatida mavjud. SHunga qaramaay shakl quyi darajadagi shaklsiz moddiyatdan go‘zalligi bilan yuqori turadi. SHakl qalbda moddiyatdan qutiladi, aqlda esa u yana-da ozod, yana-da erkin bo‘ladi. San‘at va uning estetik mohiyati to‘g‘risida ham Plotin o‘ziga xos fikrlar bildiradi. U san‘atni ikki umumiy guruhga bo‘ladi. Birinchisi – taqlidiy san‘at (rangtasvir, haykaltaroshlik, raqs, musiqa v.b.). Ikkinchi guruh – amaliy san‘at (me‘morlik, ziroat san‘ati, tabobat san‘ati, siyosat san‘ati v.b.). Birinchi guruhdagi sof san‘at turlari idrok etuvchini Birinchi qiyofadan chetga, ikkinchi guruhdagi ishlab chiqarish san‘atlari esa avvalgi guruhga nisbatan aksincha insonni Birinchi qiyofaga qarab tortadi. Chunki sof san‘atda yaratish tamoyillari mutanosiblik va ritmgina U tomondan, uning mazmuni esa Bu tomondan olinadi. Ishlab chiqarish san‘atlari esa aksincha: narsalar dunyosining sof san‘at kabi taqlidiy, jo‘n in‘ikosini emas, balki Ilk YAratganga yaqin bo‘lgan faol yaratuvchilik tamoyillariga asoslangani bilan diqqatga sazovor. Sof san‘at ichida faqat musiqagina butunisicha mutanosiblik va ritmdan iborat bo‘lgani uchun mazmunan U tomonga taalluqlidir. SHu bois buyuk faylasuf musiqaning tarbiyaviy ahamiyati hamma san‘at turlaridan kuchli ekanini ta‘kidlab, uni axloqiylik bilan bog‘laydi: u insonni YAkkayu yagonani tushunish va sevishga o‘rgatadi. Plotin ko‘pchilik antik davr mutafakkirlari kabi fikrlaydi: sof san‘at turlari, garchand bezarar taqlidiylikka asoslangan bo‘lsa-da, ularni faol deb bo‘lmaydi. Xullas, san‘at, Plotinning fikricha, Aqliy olamga etishishdagi birinchi pog‘onadir. SHunday qilib, Plotinning Yangiaflotunchilik estetikasi go‘zallik hamda san‘atni Mutlaqlikka bog‘lab tahlil qilishi bilan ajralib turadi va Qadimgi Rim estetikasida eng diqqatga sazovor ma‘naviy hodisa sifatida katta ahamiyatga ega. Biroq qadimgi Rim nafosatshunoslari, muayyan yutuqlariga qaramay, Arastu darajasidan yuqori ko‘tarila bilmadilar, ularda qadimgi yunon mutafakkirlariga taqlidiy yondashuv katta o‘rin egallaydi. Umuman olganda, Qadimgi dunyo nafosatshunosligi, xususan, uning mumtoz davri keyingi davrlardagi estetik tafakkur taraqqiyotiga katta ta‘sir ko‘rsatdi va bu ta‘sirni hozir ham ma‘lum ma‘noda his qilish mumkin. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling