O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Толстой Л.Н. Собрание сочинений в 22 т. Т. 16. М., ИХЛ, 1983. С. 151. 
126
Аль – Фараби. Социально-этические трактаты. Алма – Ата, «Наука», 1973. С. 3. 


Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unutmaslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish 
to‘g‘ri emas. Lazzat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy 
hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastronomik yoki shahvoniy lazzatni olib 
ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va lazzatlanib yeya boshlaysiz, lekin bir oz muddat o‘tgach, to‘yasiz, 
boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma‘naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda 
maqsadlarga birin–ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat 
va zavqni o‘z ichiga oladi. 
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy–ehtirosli shakli sifatida ko‘zga tashlansa-da, aslida undan farqli 
o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir intilishning ro‘yobga chiqishi esa 
muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi. Buyuk shoirimiz G‘afur G‘ulomning: 
Taqdirni qo‘l bilan yaratur odam, 
G‘oyibdan kelajak baxt bir afsona, – 
degan hikmatli satrlari shu jihatdan diqqatga sazovor.
127
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash 
oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: odamga omad hayoti 
mobaynida kamdan–kam kulib boqadi. Omadning ana shu jihati haqida qrim–tatarlarning qadimgi asotiri bor. Unga 
ko‘ra, Omad ma‘buda ekan, kunlardan birida uning o‘g‘li Yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi–yu, qaytib 
chiqmabdi. SHu–shu Omad Yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma‘budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi 
ustida bittagina ko‘zi bor ekan. SHu bois u to‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib olib, o‘g‘limmikan deb, balandga 
ko‘tarib, ko‘ziga olib borib qararkan va o‘g‘li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falakdan pastga qaratib 
itqitib yuborarkan. Omad o‘z qo‘liga tushganlarning hammasiga shunday munosabatda bo‘lar ekan. 
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o‘tkinchilik mohiyati juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr 
omadli odam yo‘q, omad – tasodif, baxt – zaruriyat; omad – istisnoli, baxt – qonuniy hodisa. Omad – shaxsning bir 
zumlik holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga erishmog‘i lozim, degan savolga bir umr mobaynidagi amaliy 
javobdir. 
Baxtni tushunish har bir davrda, ma‘lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va jamiyatning taraqqiyot darajasiga 
qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. Ya‘ni, ideal kabi uning ham tabiati o‘zgaruvchan. 
Axloqshunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o‘rganadigan an‘anaviy evdeymonchilik deb ataladigan 
yunoncha «eudaimonja» (baxt) so‘zidan olingan yo‘nalish mavjud. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling