O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

O‟lim va o‟lmaslik. O‘lim va o‘lmaslik ahloqshunoslikdagi eng murakkab tushunchalar. Avvalo shuni 
aytish kerakki, o‘lim shu paytgacha ahloqiy tushuncha sifatida «rasmiy» olib qaralmagan. Vaxolanki uni eng katta 
yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning 
ziddi bo‘lgan bu tushuncha axloqqa taaluqli, ya‘ni illatdir. Zero o‘lim oliy qadriyat bo‘lmish inson hayotini kesib 
qo‘yadi, uning ezguliklar, yaxshiliklar qilishga bo‘lgan imkoniyatini yo‘qqa chiqaradi. Masalan, Ibn Sino, juda 
bo‘lmaganda, yana o‘n yil yashaganida, 67 yoshga kirganida qanchadan–qancha ezgu ishlar qilgan, falsafa, tibbiyot 
va badiiy adabiyot sohasida ko‘plab buyuk asarlar yaratgan bo‘lur edi. O‘lim uni, u orqali bizni ham ana shu 
ma‘naviy ezguliklaridan mahrum qildi. Demak, o‘lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning mohiyati 
ahloqiylik bilan chambaras bog‘liq. To‘g‘ri, o‘lim – haq. Lekin bu yerda o‘limning turlari mavjudligini unutmaslik 
lozim. 
O‘limning birinchi turi, bu tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati bilan bog‘liq o‘lim. U ikki xil bo‘ladi: 
birinchisi – odatiy o‘lim, u qarilik tufayli, inson a‘zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsizligi tufayli ro‘y 
beradi. Ikkinchisi – halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar tufayli voqe bo‘ladigan o‘lim. 
Ikkinchi turdagi o‘lim – jamiyat bilan bog‘liq, u ham ikki xil bo‘ladi. Birinchisi – majburiy o‘lim, u odatda 
jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili – bu dunyodagi azob–uqubatlardan, ular hoh ruhiy, hoh jismoniy 
bo‘lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladigan o‘lim, totli o‘lim yoki 
evtanaziya deb ataladi. Ayni ana shu ikkinchi turdagi o‘lim ahloq bilan bog‘liq. CHunonchi ikkinchi turdagi 
o‘limning birinchi xili – ulkan yovuzlik hisoblanadi. SHunga ko‘ra, o‘lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik 
ko‘rsatishdir. Bu haqda keyinroq bafurja to‘xtalamiz. 
Ixtiyoriy o‘lim, aytilganidek, ba‘zan ruhiy iztiroblar orqali hayotda o‘z o‘rnini topa olmaganligi, o‘zi uchun 
eng ulug‘ hisoblangan maqsadiga erisha bilmaganligi natijasida ro‘y beradi. Bunday holat goho ommaviy tus olishi 
ham mumkin, o‘tgan asr 80 yillarining ikkini yarmida sobiq totalitar rejim iskanjasidagi O‘zbekistonda ayollar 
orasida o‘zlarini yoqib yuborish xolatlari ko‘plab yuz berdi. Yuzlab ayollar (asosan kolxozchilar) og‘ir jismoniy 
mehnat, quvonchsiz shaxsiy hayot, reaksion urf–odatlar, turmushdagi yetishmovchiliklar tufayli hayotdan ko‘z 
yumdilar. Ular ixtiyoriy o‘limni qabul qildilar. Bunday o‘lim aslida yashashni istamaslik emas, balki aksincha, 
SHopenenhauer aytganidek, yashash istagi tufayli yuz beradi, ya‘ni o‘zini o‘ldirayotgan odam yashashni istaydi, 
faqat o‘zi yashayotgan hayotdagi shart sharoitdan, jamiyat qoidalaridan norozi, hayotni emas, anna shu noinsoniy 
sharoitni tark etish maqsadda shunday qiladi, kimlargadir yoki jamiyatga achiqma–achchiq hayotdan ko‘z yumadi. 
Ixtiyoriy o‘limning ikkinchisi ko‘proq inson salomatligini yo‘qotishi, kuchli jismoniy og‘riqlardan xalos 
bo‘lishga intilishi, yuqorida aytilganidek, o‘limni mangu orom, totli abadiyat sifatida qabul qilishi bilan izohlanadi. 
Bunday o‘lim ko‘pincha tibbiyot odobi masalalari bilan bog‘liq. Masalan, surunkali jismoniy og‘riq natjasida, faqat 
127
Ғулом Ғ. Танланган асарлар. Т., Ўздавнашр, 1953, 363-б. 


kuchli narkotik dorilar bilan uyquga ketadigan og‘ir ahvoldagi bemor, oxir–oqibat bir – ikki oydanmi, bir–ikki 
yildan keyinmi, baribir, o‘limga maxkumligini his etgach, tibbiyot xodimidan o‘zini dori dozasini kuchaytirish 
orqali o‘ldirib qo‘ya qolishni iltimos qiladi. Tibbiyot xodimi qanday qaror qabul qilishi kerak? Bemorni o‘ldirish 
orqali og‘ir azoblardan qutqarish axloqiylikka kiradimi yoki axloqsizlikkami? Bu muammolar hali uzil–kesil hal 
etilgan emas. Bundan tashqari. har ikki holatdagi o‘limda o‘z xohishi bilan o‘limni barvaqt istagan, Xudo bergan 
umrni o‘zi qisqartirishga ahd qilgan odam ahloqlimi yoki ahloqsizmi? 
O‘zini o‘zi o‘ldirish gunoh, lekin o‘zini ham, oila a‘zolarini ham qiynab yashash–chi? Ikkinchi xolatda u 
matonat, mardlik ko‘rsatib, «o‘ladigan kasalning o‘lgani, bo‘ladigan ishning bo‘lgani ma‘qul» degan maqolga amal 
qilgani ahloqiylikmi yoki ahloqsizlikmi? Bu savollarga birdan va bir tomonlama, qat‘iy javob berish hozir ham 
mushkul, barcha davrlarda ham mushkul bo‘lib kelgan. 
O‘lim borasidagi mulohazalarda yana bir muhim masalaga to‘xtalamoq joiz. Xo‘sh o‘lim, odatda qabul 
qilingan tarzida, eng ulkan yovuzlikmi? Bunga dialektik yondashuv orqali javob berish lozim. O‘lim og‘ir yo‘qotish. 
«Lekin o‘z-o‘zicha u tabiiy hodisa – yovuzlik emas... U uzoq davom etgan biologik evolyutsiya mobaynida foydali 
va zarur ahamiyatga ega bo‘ldi»
128

Darhaqiqat, o‘lim va hayot, boshqacha aytganda, hayot va mamot bir – biri bilan uzviy dialektik bog‘liq 
tabiiy hodisalardan. Bu dunyoda hayotsiz o‘lim, o‘limsiz hayotning bo‘lishi mumkin emas. Buni Lametri obrazli 
qilib shunday izohlaydi: «Narsalar dunyosida, o‘lim arifmetikadagi nolning o‘zgasini boshqa narsa emas»
129
Faqat 
bevaqt, fojeaviy o‘limni yovuzlik tarzida talqin etish mumkin. CHunki aynan shunday o‘lim tufayli, yuqorida 
aytganimiz, insonni jamiyat va oila uchun qiladigan ezgu ishlar to‘xtaydi. 
Biz fojeaviy o‘lim deganda ham ikki xil o‘limni tushunishimiz lozim: birinchisi – tasodifiy, tabiiy yoki 
texnikaviy halokatlar tufayli ro‘y beradigan o‘lim. Unda tabiiylik mavjud, ikkinchisi – estetikadagi fojeaviylik 
tushunchasiga taaluqli o‘lim, unda fojeaviylik qaxramonlikni vujudga keltiradi, o‘lim – ijtimoiy hodisaga aylanadi. 
Boshqacharoq aytganda, Yangi g‘oya uchun zamon bilan kurashib, o‘zini fido qilgan shaxs qahramonlarcha halok 
bo‘ladi, ya‘ni erkinlik sub‘ektda, zaruriyat ob‘ektda beriladi va ob‘ekt sub‘ektning ustidan g‘alaba qozonadi, lekin 
bundan buyog‘iga, sub‘ektning g‘oyalari bilan yashaydi, bundan o‘sha inson ijtimoiy – axloqiy ideal sifatida maqom 
topadi, jisman halok bo‘ladi, lekin ruhan, ma‘nan u uzoq zamonlar yashaydi yo abadiiy o‘lmaslikka erishadi. 
CHunki fojeaviy qahramon «o‘z erkini yo‘qotishi bilan aynan ana shu erkinlikning mavjudligini isbotlab, 
o‘zining erkin ixtiyorini e‘lon qilib, halok bo‘ladi».
130
Biz o‘lmaslik deganida asosan ana shu holatni, ijtimoiy – ahloqiy ideal sifatidagi o‘lmaslikni tushunamiz. 
Jisman o‘lmaslik to‘g‘risidagi fikrlar esa tibbiyot muammosi bo‘lib, unga erishishning imkoni yo‘q, zero, keksayish, 
inson a‘zolarining qarishi mavjud ekan, ular albatta o‘limga olib boradi. 
Ba‘zi tadqiqotchilar, chunonchi, I. V. Vishev, inson kosmosga chiqmasdan oldin, kosmos haqida fikrlagan, 
ilmiy ishlar olib borgan edi, o‘lmaslik haqida ham shunday fikr bildirsa bo‘ladi, fan taraqqiyoti shunga olib kelish 
mumkin degan hayotbaxsh ruhdagi farazni ilgari suradi. Ayni paytda bu masalada «amaldagi o‘lmaslik» tushunchasi 
bilan «o‘lmaslik» tushunchasini qorishtirib yubormaslik muxim shart» ekanini ta‘kidlab o‘tadi.
131
. Demak, o‘lmaslik 
mavjud va u ahloqiy tushuncha sifatida olib qaralishi lozim. SHu ma‘noda axloqiy yuksak, fidoyi, ijtimoiy–axloqiy 
idealga aylangan insonlargina abadiylikka daxldordir. 
SHunday qilib, biz axloqshunoslik mezoniy tushunchalarini imkon qadar ko‘rib chiqdik. Ushbu nisbatan 
qisqacha tahlilning o‘zi ham ularning axloqshunoslik sirlarini ochishda ilmiy kalit sifatida naqadar katta ahamiyatga 
ega ekanini ko‘rsatib turibdi. Boshqacha qilib aytganda, mezoniy tushunchalar axloq nazariyasining asosini tashkil 
etuvchi mehvarlardir, barcha qolgan katta–kichik tushunchalar ular atrofida aylanib, axloq haqidagi ilmni vujudga 
keltiradi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling