O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon iqtisodiyot va qurilish instituti
Download 0.83 Mb.
|
Moliya kurs ishi.pptx
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: Zamonaviy moliya va investitsion portfelni shakllantirish KURS ISHI Bajardi: 204-guruh Sh.Yo‘ldoshev Ilmiy rahbar:Sh.Odilbekov
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON IQTISODIYOT VA QURILISH INSTITUTI “IQTISODiyot va qurilish” FAKULTETI “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi “MOLIYA” FANI MAVZU: Zamonaviy moliya va investitsion portfelni shakllantirish KURS ISHI Bajardi: 204-guruh Sh.Yo‘ldoshev Ilmiy rahbar:Sh.Odilbekov Andijon-2022 Mavzu: Zamonaviy moliya va investitsion portfelni shakllantirish MUNDARIJA KIRISH.
I BOB.Zamonaviy moliya. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati Zamonaviy moliyani o‘rganishning ob’ektiv zarurligi II BOB. Investitsion portfel. 2.1 Investitsion loyihalar portfelining mazmuni va mohiyati 2.2 Investitsiyada riskini o‘lchash va qarorlarni qabul qilish Xulosa
Kirish Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va makroiqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarini barqarorligini taʼminlash maqsadida olib borilayotgan strategik harakatlar buxgalteriya hisobi sohasida ham xalqaro andazalar asosida hisob jarayonini tashkil etish zaruratini yuzaga chiqarmoqda. Bu oʻz navbatida mamlakat oliy taʼlim muassasalarida tayyorlanayotgan kadrlarning malakasini oshirish, xalqaro andozalar talablariga javob bera oladigan mutaxassislarni yetishtirish zaruratini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasining “Bank ishi va audit” taʼlim yoʻnalishining davlat taʼlim standartlarida va oʻquv rejalarida“Buxgalteriya hisobi” fanini bakalavriat yoʻnalishi talabalari tomonidan oʻrganilishi nazarda tutilgan. Ushbu fan iqtisodiyot tarmoqlarida buxgalteriya hisobining oʻrni va ahamiyati, buxgalteriya hisobi obyektlari, usullari (metodlari) va tamoyillari, moliya hisobining schyotlar tizimi, hujjatlashtirish va inventarizatsiya, moliya hisobining registrlari va shakllari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi, investitsiyalar hisobi, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, pul mablagʻlari hisobi, mehnat va ish haqini hisobga olish, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi hisobi, budjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish, tayyor mahsulot va uning sotilishini hisobga olish, majburiyatlar hisobi, xususiy kapital hisobi, moliyaviy natijalar hisobi, hisobotlarni tuzish va taqdim etish, uning meʼyoriy tartibga solinishi hamda hozirgi kunda buxgalteriya hisobining rivojlanish tendensiyasi, istiqbolli hamda respublikamizdagi ijtimoiy iqtisodiy islohotlar natijalari va ustuvor vazifalari masalalarini qamrab oladi. Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish boʻyicha qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar bilan tanishish, buxgalteriya hisobi obyektlari va ularning taʼsirida sodir boʻlgan xoʻjalik jarayonlarini hisobga olish, hisobga olingan maʼlumotlarni umumlashtirish, qayta ishlash hamda maʼlumotlarni foydalanuvchilarga oʻz vaqtida va sifatli koʻrinishda taqdim etish muhim oʻrin tutadi. Buxgalteriya hisobini ilmiy asoslangan uslubiyot, ilgʻor chet el va mamlakatimiz tajribasini umumlashtirish hamda boshqaruv sohasidagi zamonaviy talablar negizida tashkil etish amaliyoti manfaatdor axborotdan foydalanuvchilarga har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻyicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur axborotlarni taqdim etish imonini beradi. Ushbu fan asosiy mutaxassislik fanlari tarkibiga kiritilgan boʻlib, amaliyotda xoʻjalik yurituvchi subyektlarni boshqarishning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling