Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»
«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li
Download 481.59 Kb. Pdf ko'rish
|
farruh kurs ishi
«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‘li
xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik 14 talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo‘lgan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda» . O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo‘lib, puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan: - iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini ta’minlash; - o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi; - butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi; - bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish; - bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish. Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Birinchi tamoyil– iqtisodiyotning siyosatdan ustun bo’lishi. Rejali iqtisodiyotga asoslangan sobiq ittifoqda “Siyosat iqtisodiyotdan ustun bo’ladi...” degan qoidaga asoslangan bo’lib, iqtisodiy siyosat ham shu asosda olib borilgan. Bunday iqtisodiyot davlat manfaatlariga bo’ysuntirilgan, uning hayot faoliyatini ushlab turish uchun xizmat 15 qilgan. Birinchi prezident Islom Karimov “iqtisodiyot” va “siyosat” tushunchalarining o’ziga hos tomonlarini, ularning har biri o’z qonunlari asosida rivojlanishini chuqur tahlil qilib, ular o’rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustunlik qilishini ko’rsatib berdi. I.Karimov qayd qilib o’tganlaridek, iqtisodiyot siyosiy manfaatlarga bo’ysundirilgan joylarda bunday iqtisodiyotning butunlay barbod bo’lishi, aholining turmush sharoiti pasayib, ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi kelib chiqayotgan bo’lsa, “Aksincha iqtisodiy islohotlar izchilik bilan amalga oshirilyotgan joylarda demokratik va siyosiy islohotlar uchun mustahkam moddiy negiz yaratilmoqda. Ikkinchi tamoyil – davlat bosh islohotchi bo’lishi birinchi prezidentimiz. I.Karimov o’zining “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li”, “Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari ” asarlarida davlat o’z mavqeiga ko’ra hamma davrlarda iqtisodiy jarayonlarga ta’sir o’tkazib kelgan, tom ma’noda o’zini - o’zi tartibga solib turadigan, takomillashgan bozor munosabatlari amal qilmasligini ko’rsatib o’tadi. Ayniqsa, eski tizim tugatilgan, yangi tizim hali to’liq shakllanmagan jamiyatda davlat bosh islohotchi bo’lishi shart, “iqtisodiyotni boshqarishni qo’ldan chiqarib yuborish”, uning taraqqiyotini o’z holiga tashlab qo’yish mumkin emas. Bozor iqtisodiyotiga o’tish va uning rivojlanishi davrida davlat bir qator vazifalarni bajaradi,shu jumladan ijtimoiy tovarlarni ishlab chiqarish, aholini ijtimoiy himoya qilishning samarali va aniq tizimini yaratish, ekologik muvonazatni ta’minlash, ishbilarmonlik tuzilmalari qaror topishi va rivojlanishiga ko’maklashish , aniq maqsadga qaratilgan tuzilma siyosatini amalga oshirish. Bular davlat bosh islohotchi bulishi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling