Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»


III. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri: umumiy va xususiy xolatlar


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana16.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1359017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
farruh kurs ishi

III. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri: umumiy va xususiy xolatlar 
tahlili. 
Bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan 
cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha 
sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham 
tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal 
ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini 
amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu 
bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab 
olishni talab qiladi. 
 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi 
ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilgan:
- totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini engish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish;
- Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor 
munosabatlarining negizlarini shakllantirish. Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi 


20 
bosqichda isloh qilishning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga 
oshirildi:
- o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash;
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini 
xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida 
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning 
barqarorlashuvini ta’minlash. 
Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida 
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida 
keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit 
yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi 
bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini 
berdi. 

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling