Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»
Download 481.59 Kb. Pdf ko'rish
|
farruh kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI. Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nazariyasi. Qabul qildi: Bozorova Gulnora
- Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga oʻtish nazariyasi . Reja
- Kirish. “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga
1 OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI «Iqtisodiyot» kafedrasi. Bajardi: 1-kurs «Buxgalteriya hisobi va audit» yoʻnalishi K-17-22 guruh talabasi Ahmadjonov Farruxbekning «Iqtisodiyot nazariyasi» fanidan tayyorlagan KURS ISHI. Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga o‘tish nazariyasi. Qabul qildi: Bozorova Gulnora 2 Andijon 2023-yil. 3 4 Mavzu: Bozor iqtisodiyotiga oʻtish nazariyasi. Reja: Kirish. I. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri xaqidagi nazariyalar. II. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish xaqidagi Islom Karimov kontseptsiyasi. III. Bozor iqtisodiyotiga oʻtish davri: umumiy va xususiy xolatlar tahlili. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. 5 Kirish. “Bizning bozor munosabatlariga o’tish modelimiz Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tamonlama hisobga olishga, o’tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, besonaqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi.”-deb takidlab o’tgan mamlakatimiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mamlakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi- yoti tizimini afzal deb, unga o'tmoqdalar.Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi. O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish ning mazmuni,maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu kurs ishi bozor munosabatlarigao'tish,iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olish. 6 Dinimizni nazardan chetlashtirmaslik, chunki din turmush tarzimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga singib ketgan. Mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olish zarur. Respublikamizda 60% dan ortiq aholi qishloqlarda yashaydi. Ularning shaharga qatnab ishlashi qiyin. Shuning uchun odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz kerak. Buning uchun esa kichik korxonalar va mini-zavodlarni ko`paytirish, oilaviy va kichik tadbirkorlikka keng yo`l ochishimiz lozim. O`zbekiston - ko`p millatli mamlakat. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda biz boshqa millatlarning madaniyati va an'analarini unutmasligimiz zarur. O`zbekistonning geografik-siyosiy joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li o`tgani bejiz emas. Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla, paxta eksport qilishimiz mumkin. O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak. Biz hozircha rubl tazyiqida yashayapmiz. Lekin bu hozircha. O`z milliy valyutamizga o`tish ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta mustaqillikning bir belgisidir. 7 Download 481.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling