Oʻzbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti «Iqtisodiyot»
Download 481.59 Kb. Pdf ko'rish
|
farruh kurs ishi
qonunlar ustuvorligi-Bozor iqtisodiyotiga o’tish
va uning rivojlanishini ta’minlash uchun muayyan tartibda qonunlarni ishlab chiqarish, ularga amal qilish lozim. Dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan xo’jalik yuritish tegishli xuquqiy normalar va qoidalar asosida amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan asosiy farqlaridan biri shunda. Bozor iqtisodiyoti muayyan qonun qoidalar doirasida amal qiladi. Shu bois xo’jalik yurutuvchi sub’ektlarning hatti-harakatini tartibga solib turuvchi qonunlarning sifatli, barqaror bo’lishi, ularni amalga oshirishning puxta mexanizimining mavjudligi – “iqtisodiy islohotlar yo’lidan muvofaqqiyatli olg’a borishning zarur shartidir”. qonunlarining ustivorligiga suyanadi, ya’ni qonun oldida hamma barobar, barcha iqtisodiy munosabatlar qonun bilan tartibga solinib turiladi. “Qonun ustivorligini ta’minlash, -deb yozadi I. Karimov, – shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqorolarni qonunga bo’ysinish va hurmat ruhida tarbiyalash – bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinnakkam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqorolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi. To’rtinchi tamoyil – kuchli ijtimoiy siyosat. Bozor munosabatlarini shakllantirib borish bilan birga aholini ijtimoiy ximoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko’rilishi lozim. Bunday chora-tadbirlar bozor munosabatlarini shakllantirib va rivojlantirib borish uchun kafolat bo’lib xizmat qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida uning 17 sub’ektlarining faol faoliyat yuritishi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun ham bozor tomon harakat qilgan sari ijtimoiy siyosatning ustivor jihatlari, aholini ijtimoiy himoya qilish choralari o’zgarib, takomillashtirib boriladi. “Islohotlarining turliy bosqichlariga ijtimoiy siyosatning o’ziga hos qoidalari mos keladi”. Bozor munosabatlarini vujudga keltirishning dstlabki bosqichida umumiy ish haqini oshirish(pulning qadrsizlanishiga qarab) aholini eng kam daromadli tabaqalariga amaliy yordam ko’rsatish, hayotiy zarur oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish darajasi pasayishiga yo’l qo’ymaslik, ishsizlikning keskin ko’payib ketishining oldini olish, vaqtincha ish bilan ta’minlanmagan kishilarga ijtimoiy yordam berish va boshqa ijtimoiy himoya choralari ko’riladi va amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoya qilish keyinchalik takomillashtirilib, o’zgarib borayotgan sharoitga moslashtirib olib borildi. Endi ijtimoiy himoya chora – tadbirlari butun aholiga emas, balki adresli tarzda, faqat shunday himoyaga muxtoj bo’lganlarga nisbatan qo’llaniladi. Ijtimoiy himoya tizimi “bir tekschilik va tayyorga ayyorlik kayfiyatlarini tugatishga qaratilgan bo’lishi kerak”. Bunda mehnatga layoqatli kishilarning pisixologiyasini o’zgartirish zarur. Ular ijtimoiy himoyalanishning passiv ob’ektidan o’z taqdirining faol egalariga, o’zlarining ijtimoiy farovonligi uchun mas’ul bo’lgan shaxslarga aylanishi lozim. Mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilishning barcha yo’nalishlari, shu jumladan, bandlikni taminlash bo’yicha kerakli choralar samarali qo’llanib kelinmoqda. I.Karimov takidlab o’tganlaridek, “Samarali ijtimoiy siyosatni iqtisodiyotni barqarorlashtirish, tarkibiy o’zgarishlar, bozor munosabatlarini bosqichma – bosqich joriy etish chora-tadbirlari bilan uyg’unlashtirib amalga oshirib borgan taqdirdagina ijtimoiy sohaga yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish mumkin ‘’ 18 Beshinchi tamoil – bozor iqtisodiyotiga bosqichma bosqich o’tish. Bir markazdan boshqariladigan rejali iqtisodiyot bilan bozor iqtisodiyoti bir – biri bilan chiqisha olmaydigan, bir – biriga qarama – qarshi iqtisodiyot hisoblanadi. Rejali iqtisodiyot zaminida bozor iqtisodiyoti kelib chiqmaydi. Shu bois markazlashtirilgan xo’jalik yuritish usulidan “bozor iqtisodiyotiga o’tish – bu mavjud xo’jalik yuritish usulini yangilash yokitakomillashtirish emas, balki tamoman yangicha xo’jalik yuritishtizimini joriy etishdir. Bu bir sifat holatidan ikkinchisiga o’tishdir”. Demak, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy va barcha boshqa saholarda tubdan yangi sifat o’zgarishlarni keltirib chiqarishni taqozo etadi. Shu bilan birga kishilarning tafakkurini, odat tusiga aylangan qoidalarni o’zgartirish, ularda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash zarur. Bunday qiyin, murakkab vazifalarni bajarish muayyan vaqtni talab etadi. Bular bozor iqtisodiyotiga bosqichma – bosqich, evalyutsion yo’li bilan o’tish to’g’risidagi Prezident I.Karimov g’oyalarining naqadar to’g’ri ekanligini ko’rsatadi. Xulosa qilib shuni ta’kitlab o’tish kerakki, mashhur besh tamoyil ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti tomon yildan-yilga ilgarilab borgan sari o’zini amalda oqlab, naqadar to’g’ri va puxta ekanini isbotlabgina qolmay, balki hozirgi kunda “dunyoda avj olib borayotgan moliyaviy va iqtisodiy inqiroz sharoitida o’zining dolzarbligi va hayotiligini yana bir bor ko’rsatmoqda”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling