Ichki tahdidlar
|
Internal threat
|
Внутренная угроза
|
mamlakat ichida vujudga keladigan tahdidlar
|
Globallashuv
|
Globalization
|
Глобализациya
|
iqtisodiy taraqqiyotning industrial bosqichidan postindustrial bosqichiga o’tish davrining mahsuli bo’lib, jahon hamjamiyatining bugungi kundagi taraqqiyoti bosqichini ifodalovchi jarayon.
|
“Terrorizm”
|
Terrorizm
|
Терроризм
|
terrorni amalga oshirish
|
Siyosiy terrorizm
|
Political terrorizm
|
Политический терроризм
|
siyosiy arboblarga, ular o’tkazayotgan siyosatga, hukumatlarga, taъsir o’tkazish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar
|
Axborot sohasida terrorizm
|
Information terrorizm
|
Информацион
ный терроризм
|
jamiyat aъzolarining ruhiyatiga, xulq-atvoriga taъsir ko’rsatish
|
Iqtisodiy sohadagi terrorizm
|
Terrorizm in the sphere of econjmy
|
Терроризм при сфере экономики
|
terrroristlarning iqtisodiy manfaatga erishish maqsadida raqiblariga, aholining turli qatlamlari va guruhlariga, davlatlar va ularning boshliqlariga taъsir o’tkazish
|
Ijtimoiy terrorizm
|
Sotial terrorizm
|
Социалный терроризм
|
jinoyatchilik miqyoslarining kengayishi, kriminal vaziyatning keskinlashuvi, umumiy ijtimoiy beqarorlikning vujudga kelishi
|
Oziq-ovqat xavfsizligi
|
Food security
|
Продовольствен
ный безопасность
|
davlatning mamlakat va uni mintaqalarini oziq-ovqat bilan taъminlash tizimida turli tabiiy ofatlar favqulotda holatlar natijasida yuzaga keladigan buzilishlarni oldini olishga bo’lgan qodirligini ham ko’zda tutadi
|
“Xufiyona iqtisodiyot”-
|
Shadow economy
|
Теневая экономика
|
bu jamiyat tomonidan nazorat qilinmaydigan tovar moddiy boyliklar va xizmatlarning xarajati. Alohida fuqarolar va ijtimoiy guruhlar o’rtasidagi davlat boshqaruv organlaridan yashirinadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi
|
Rasmiy iqtisodiyot
|
Official economy
|
Официальная экономика
|
bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan iqtisodiyot.
|
Yashirish yoki norasmiy iqtisodiyot
|
Informal economy
|
Неофициальная экономика
|
rasmiy hisobotlarda va rasmiy shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo’jalik munosabatlari yig’indisi.
|
Korruptsiya
|
Corruption
|
Коррупция
|
lotincha (sorruptio) so’zidan olingan bo’lib, buzilish degan maъnoni anglatadi. Korruptsiya – xavfsizlikka tahdid soluvchi hodisa va xufiyona iqtisodiyotning ko’rinishidir
|
4. Ilovalar:
4.1. Fan dasturi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
Ro‘yxatga olindi:
_______________________________
201__ yil “___” _____
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Institut rektori
____________U.M.Turdialiev
201__ yil “___” _____
|
|
|
“ I Q T I S O D I Y X A V F S I Z L I K”
fanining
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
200 000
|
- Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
|
Ta’lim sohasi:
|
230 000
| |
Ta’lim yo’nalishi:
|
5230100
|
-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
|
Andijon – 2021
Andijon mashinasozlik institutining 2021__ yil “___” _____dagi ___ -sonli Ilmiy kengashida “Iqtisodiy xavfsizlik” fanining o’quv dasturi tasdiqlangan.
Fan dasturi Andijon mashinasozlik institutida ishlab chiqildi.
Tuzuvchi:
S.Maxmudov– AMI, “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
Taqrizchilar:
G.Zufarova– TDAU Andijon filiali “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
M.Dadajonova– AMI, “Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
Fan dasturi Andijon mashinasozlik instituti o‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2021__ yil “___” ______________ dagi “___” -sonli bayonnoma).
I . O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning eng muhim elementi bo’lib hisoblanadi. Insonlarning hayotiy faoliyatlaridagi barqarorlik ko’p jihatdan iqtisodiyotdagi barqarorlikka bog’liq bo’ladi. Demak, makro darajada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash xavfsizlikning barcha tizimini asosiy elementi sifatida yuzaga chiqadi.
Mamlakat iqtisodiyotini turli tahdidlardan himoya qilish, jamiyat hayot faoliyatining bir qancha sohalarida kechadigan jarayonlarni, shu jumladan korruptsiya va xufyona iqtisodiyot bilan bog’liq bo’lgan masalalarni o’rganish va ularni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalari ishlab chiqish, chora – tadbirlarni amalga oshirish orqali xavfsizlikni ta’minlash xozirgi sharoitlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, global jahon iqtisodiyotida hali – beri saqlanib qolayotgan jiddiy muammolar sharoitida ushbu masalalarning dolzarbligi yanada ortadi. Bunday sharoitda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarni oldini olish masalasi yuzaga keladi.
Demak, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev ma’ruzasida ta’kidlanganidek, “Biz avvalo iqtisodiyotni islox qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarimizni yanada chuqurlashtirish, uning soha va tarmoqlarini tarkibiy jixatdan o’zgartirish bo’yicha boshlangan ishlarni jadallashtirishimiz kerak. Tarmoqlar va xududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatdoshlik darajasini oshirish, eksport saloxiyatini rivojlantirish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo’lishi lozim. Aynan shu asosda 2030 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki maxsulotini 2 barobardan ziyod ko’paytirishga erishishimiz darkor. Qishloq xujaligini islox, qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari, xech shubxasiz, biz uchun eng muxim vazifalardan biri bulib qoladi”85
Bunday vazifalarni amalga oshirish yo’llarini o’rganishda “Iqtisodiy xavfsizlik” fani doirasida beriladigan mavzular hamda nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |