Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Sanoat korxonalarida kadrlar miqdori va sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish
Download 422 Kb.
|
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma
4.Sanoat korxonalarida kadrlar miqdori va sifat koʻrsatkichlarini tahlil qilish
Fan – texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga har taraflama joriy etish, ya’ni innovatsiya orqali sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, shuningdek, korxonalar ixtiyoridagi moddiy, moliyaviy va mehnat resurlaridan maksimal darajada oqilona foydalanishdan iboratdir. Oldimizga qoʻyilgan ushbu dolzarb vazifalar sanoatning real sektori faoliyatini texnik – iqtisodiy jixatdan tahlil qilish yordamida hal qilinadi. Korxonalar ishini tahlil qilish degan u yerdagi foydalanilmayotgan, yashirish resurslarni topish va ulardan samarali foydalanish uchun biznes tadbirlar ishlab chiqish hamda korxonalardagi ayrim tsexlarning korxonalarning umumiy faoliyatiga ta’siri oʻrganilib, korxonalar faoliyati atroflicha oʻrganiladi. Korxonalar faoliyatining tahlil qilish ilmiy asoslangan biznes reja ishlab chiqishda foydalaniladi va uning asosida iqtisodiy koʻrsatgichlarni bajarilish jarayoni tekshirib boriladi. Ushbu usullar oʻzining iqtisodiy tahlil tamoyillariga mos kelishi bilan ajralib turadi. Ularga koʻra, ma’lumotlardagi raqamlar – bu oddiy raqamlar emas, ular ortida insonlarning mehnati, ularning turli ehtiyojlari yotadi. Insonlarning ehtiyojlarini qondirilish darajasi bilan ularning turmush farovonligi darajasi belgilanadi. Kadrlarning koʻnimsizlik koeffitsienti (Kk.) korxonalardagi joriy davr mobaynida ishdan ketgan va xaydalgan xodimlar sonini (Rmk) roʻyxat boʻyicha jami xodimlarning oʻrtacha soniga (R) boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. Korxonalarda mehnatni toʻg’ri tashkil etish uchun u yoki bu ishni bajarishga qancha mehnat talab etilishini bilish zarur, boshqacha aytganda har bir xodim uchun mehnat me’yorini aniqlash kerak. Iqtisodiyotni boshqarishning turli darajasida, jumladan, korxonalarda ham kadrlar siyosati koʻp qirrali, murakkab va uzoq muddatli jarayon boʻlib, bir qancha resurs va vaqt sarflanishini talab qiladi. Ishchilar yoki oliy ma’lumotli mutaxassislar, ya’ni turli kadrlar bilan turli darajadagi xarajatlar koʻzda tutiladi. Agar ishchilar zamonaviy korxonalar personali tuzilmasida 70-80 % va undan ortiqni tashkil qilsa, oliy ma’lumotli mutaxassislar 15-20 % ni tashkil etadi. SHunga mos ravishda ularni tayyorlash ham turlicha boʻladi: ishchilar korxona, ixtisoslashtirilgan maktab va kasb-hunar bilim yurtlarida tayyorlansa, oliy ma’lumotli mutaxassislar bir necha yil davomida oliy oʻquv yurtlarida tahsil oladilar. Download 422 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling