Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 422 Kb.
bet23/24
Sana30.04.2023
Hajmi422 Kb.
#1414461
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma

X U L O S A

Ilmiy – texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi, innovatsion yutuqlarni ishlab chiqarishga keng jalb etish va shu orqali korxonalarlarning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, faqat yuqori malakali xodim va xizmatchilar bilan toʻliq ta’minlanishiga bog’liq boʻladi.


Agar xodimlarning vazifasini miqdor bilan ifoda etish mumkin boʻlsa, faoliyat maqsadlarini sifat, miqdor, vaqt va qiymat oʻlchovlaridagi bevosita koʻrsatkichlaridan qoʻllaniladi. Ammo bu holda har bir koʻrsatkich boʻyicha baholar umumlashtirilishi kerak.
Mehnat hayoti sifati esa insonning mehnat jarayonida qobiliyatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilgan, yuqori va doimiy ish haqi kafolatlangan ish joylari mavjudligi bilan belgilanadi.
Korxonalarda yuksak mehnat sifatini quyidagilar hisobiga ta’minlanadi:

  • ishni qiziqarli boʻlishini ta’minlang;

  • kadrlar mehnatiga munosib adolatli haq toʻlang;

  • mehnat shart-sharoitlari qulay boʻlishini ta’minlang;

  • nazorat iloji boricha kamroq boʻlishi kerak, (lekin nazorat qilish zarurati boʻlganda, albatta, nazorat amalga oshirilishi lozim);

  • xodimlar oʻz ishlariga taalluqli boʻlgan qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishlarini ta’minlang;

  • maishiy va tibbiy xizmat koʻrsatish vositalari bilan ta’minlangan boʻlishi kerak.

Har bir korxonalarning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlab chiqarish va muomala jarayonlaridan iborat boʻladi. Korxonalarning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati - yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash va ishlab chiqarishni tashkillashtirishda namoyon boʻladi. Qayta ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat - malakali xodimlarni yollash, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlab chiqarish vositalarini yangilash va kengaytirish jarayonlarida aks etadi. Muomala sohasidagi faoliyat esa ishlab chiqarishning moddiy-texnika ta’minotini tashkillashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larni sotish va foydalanilgan ishlab chiqarish vositalarining daromad shaklida qaytib kelishida koʻzga koʻrinadi.


Download 422 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling