I.KURS ISHINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Kurs ishining maqsadi - talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash xisoblanadi.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
- mustaqil ravishda tanlangan kurs ishi mavzusi boʻyicha mavjud iqtisodiy
muammolar moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi;
- iqtisodiyot qonun - qoidalarini, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini
yanada teran va chuqur mantiqiy mushohada qilishi;
- iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar toʻgʻrisida amaliy koʻnikmalarni hosil
qilish ;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, Oliy Majlisga
murojaatnomasi va ma’ruzalari, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev asarlarini,
Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan iqtisodiyotga tegishli qonunlarni
va Vazirlar Mahkamasi chiqargan me‘yoriy hujjatlarni ishda oʻzlashtirishi;
- Internet va statistik ma‘lumotlar, hisobotlar va xujjatlarni iqtisodiy tahlil
qilish;
- ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirishga qaratilgan
yoʻl–yoʻriq, xulosalar va koʻrsatmalarni ishlab chiqish.
Kurs ishini bajarish jarayoni oʻquv jarayonining ajralmas qismi boʻlgani
uchun toʻgʻri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta‘sir
koʻrsatadi.
Shuning uchun kurs ishini bajarish davomida talaba oʻz mehnatini quyidagi
bosqichlar boʻyicha toʻgʻri va samarali taqsimlashi katta ahamiyatga ega:
- kurs ishi mavzusini tanlash;
- axborot uslubiy ta‘minoti (adabiyotlar, internet) ma‘lumotlarini yigʻish va
ularni oʻrganish;
- kurs ishi mavzusi rejasini tuzish;
- mavzuga oid turli ma‘lumotlar toʻplash va qayta ishlash;
- kurs ishini matnini yozish;
- kurs ishini rasmiylashtirish;
- kurs ishi himoyasi.
Kurs ishini bajarishda talaba oʻz ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda kurs
ishi raxbarlari bilan zarur boʻlgan xolatlarda maslahatlashishi va tegishli
koʻrsatmalar asosida faoliyat koʻrsatishi zarur hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |