Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


VII. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH


Download 422 Kb.
bet5/24
Sana30.04.2023
Hajmi422 Kb.
#1414461
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Kurs ishi makroiqtisodiyot uslubiy qoʻllanma

VII. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH

Kurs ishini rasmiylashtirish belgilangan talab va standartlarga javob berishi
kerak. Kurs ishi matni saxifaning ma‘lum chegaralarida joylanishi chizma va
jadvallarni rasmiylashtirilishi, bir xil formatdagi oq qogʻozlardan foydalanilishi
ishni sifatli va umumiy talablar boʻyicha yoritilishiga olib keladi.
Kurs ishi asosan A4 (210x297 mm) farmatidagi oq qogʻozning bir tomoniga
kompyuter texnikasidan foydalanilgan xolda 14 hajmdagi Times New Roman
shriftida 1.5 oraliqda davlat tilida (rus guruhlarda rus tilida) yoziladi. Kurs ishi
hajmi 30 -40 betni tashkil etishi lozim. Har bir sahifani chap tomonda 30 mm, oʻng
tomondan 15 mm tepa va pastki tomondan 25 mm qoldirilgan xolda yoziladi. Kurs
ishi matnlari qogʻozning bir tomoniga har sahifaga 25- 30 qator yoziladi. Har
qatorda 7-8 ta soʻz joylashishi mumkin. Barcha satr osti izohlari qaysi sahifaga
tegishli boʻlsa, oʻsha sahifada keltiriladi.
Har bir qism, jurnaldan kirish va xulosa qismlari, ilovalar yangi sahifalardan
boshlanadi. qismning nomi va matn orasi yaqqol ajralib turishi kerak. qismdagi
sarlovxalar qismning tartib raqami bilan boshlanib, unda soʻzlarning boʻgʻin
koʻchirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sahifa tartib raqami saxifaning pastki (yuqorigi) oʻrta –qismida keltiriladi.
Kurs ishida keltirilgan qismlar, shuningdek ilovalar xam saxifalanadi. Jild varagʻi
1- bet sanaladi, unga tartib raqami qoʻyilmaydi.
Kurs ishi qismlari quyidagicha joylashtiriladi: jild varagʻi, mundarija, kirish,
asosiy qism, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati, ilovalar.
Ilovada turli xujjatlar, katta hajmdagi chizmalar, jadvallar va shu kabilar
beriladi. Kurs ishi yuzasiga taqriz uchun oq qogʻoz qoʻyilishi maqsadga
muvofiqdir.
Jild (titul) varag’i kurs ishining 1- beti boʻlib, unda Vazirlik, oliy oʻquv
yurtining nomi, fakultet va kafedra, kurs ishi mavzusi, ta‘lim yoʻnalishi, kursi,
guruhi, muallifning familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy rahbarning ilmiy unvoni va
darajasi, familiyasi, ismi va sharifi keltiriladi.



Download 422 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling