Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 236.44 Kb.
bet2/9
Sana07.05.2023
Hajmi236.44 Kb.
#1436581
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosat.

Kurs ishining asosiy maqsadi. O’zbekiston Respublikasida inflyatsiya holatini nazariy jihatdan o’rganib chiqish va unga qarshi choralarni yoritib berish hisoblanadi.
Kurs ishining vazifasi. Inflyatsiya darajasini o’tgan chorak holatiga taqqoslab, bu yilgi va kelgusi yillarda uni yanada yaxshilash choralarini ilmiy jihatdan izlab topishdir.
Kurs ishi tarkibi. Mazkur ish “Kirish”, Asosiy qism, “Xulosa” hamda foydalaniladigan adabiyotlar ruyhatidan iborat.


1. Inflyatsiya haqida nazariy tushuncha
INFLYATSIYA (lot. infl atio — shishish, boʻrtish, koʻtarilish) , pulning qadrsizlanishi — tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xoʻjalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qogʻoz pullar mikdorining koʻpayib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan taʼminlanmagan pullarning paydo boʻlishi.
Inflyatsiya birinchi galda sifati yaxshilanmagan holda tovarlar va xizmatlar nyarxining koʻtarilishi koʻrinishida, shuningdek, oltin va chet el valyutasining milliy valyutaga nisbatan qimmatlashishi shaklida yuz beradi. Tovar i.ch. ning toʻlov qobiliyatiga ega talab oʻsishidan ortda qolishi, bozorda talabga javob bermaydigan tovarlarning koʻpayib ketishi, byudjet kamomadlarini qoplash uchun qoʻshimcha pul emissiyasi, investitsiyalarnm emissiya hisobidan moliyalashtirish, monopol narxning mavjudligi, narxni oshib keti-shidan hadiksirab tovarlarni keragidan ortiq xarid etish, mamlakatga qadrsizlangan chet el valyutasining koʻplab kirib kelishi va b. omillar Inflyatsiyani yuzaga keltiradi. Inflyatsiya jarayoni narxlarning oʻsishi, yalpi talabning yalpi taklifdan oshib ketishi, makroiqtisodiy beqarorlik natijasidir.
«Inflyatsiya» termini dastlab 1861—65 y. larda Shim. Amerikada, soʻngra Fransiya va Germaniyada qoʻllanilgan. Tovarpul muvozanatiga koʻra, pul massasi (M) pul mikdori (t)ning pul oboroti tezligi (V)ra koʻpaytmasi boʻlib, bu tovar massasi (T)ga, yaʼni bir tovar narxining (R) tovarlar miqdori (Q)ra koʻpaytmasiga teng boʻlishi kerak. Bunda M=T yoki mV=PQ tengligi hosil boʻladi. Agar pul koʻpayib ketsa M>T, yaʼni pulning bir qismi ortiqcha boʻladi.
Agar pul miqdori oʻzgarmaganda tovar mikdori qisqarib ketsa Tnarx tovar birligiga beriladigan pul miqdoridir. Inflyatsiya bu faqat pul bilan bogʻliq hodisa emas, balki iqtisodiyot yuksalganda qisqaradigan, tushkunlik paytida kuchayadigan iqtisodiy holat mahsuli.
Oltin va kumush muomalada boʻlgan sharoitlarda Inflyatsiya yuz bermaydi, chunki ular boylik belgisi emas, balki real boylikdir. Pullarning zarur mikdori uning xazinalik vazifasi orqali boshqarib turiladi. Agar tangalar xarid uchun zarur boʻlganidan ortiq boʻlsa, ortiqcha pul xazina sifatida toʻplanadi va bunda ular qadrsizlanmaydi. Bozorda tovarlar koʻpayib pulga ehtiyoj boʻlganda ular jamgʻarmadan olinib yana savdo muomalalarida qatnashadi. Qogʻoz pullar real boylik emas, balki uning ramzidir. Qogʻoz pullar boylik vazifasini oʻtay olmaydi va ularning ortiqchaligi Inflyatsiyaga sabab boʻladi. Shu sababli pul jamgʻarmalarini koʻchmas mulk yoki qimmatbaho buyumlar sotib olish yoʻli b-n saqlash ishonchliroq hisoblanadi. 
Gʻarb ilmiy manbalarida yillik Inflyatsiya surʼati 10% gacha boʻlganda qisman (moʻtadil) hisoblanib, ijtimoiy mushkullik deb qaralmaydi. Ak-sincha, u muayyan darajada iqtisodiyotni jadallashtirishga turtki beradi. Pekin I. surʼati 10% dan oshganda juda xavfli tus oladi. Ayniqsa giperinflyatsiyatsa narxlar bir necha foiz emas, balki bir necha marta oshib iqtisodiyotni izdan chiqaradi.
Inflyatsiyaning ochiq va yashirin (bostirma) turlari mavjud. Ochiq Inflyatsiya erkin narxlar amal qiluvchi bozorlarda kuzatiladi. Narxlarning notekis oʻsishi bozor mexanizmini buzadi, lekin uni yoʻqotmaydi. Iqtisodiyot bozor oʻzgarishlariga oʻz aks taʼsirini koʻrsa-taveradi va turli bozorlar muvozanat yoʻnalishiga oʻzi moslashadi.
Yashirin Inflyatsiya sharoitida vaziyat boshqacha boʻlib, davlat narxlar oshishidan xavotirga tushib, bunga qarshi kurashga kiradi, daromad va narxlar ustidan, ularni muayyan darajada muzlatgan holda yalpi maʼmuriy nazorat oʻrna-gadi. Yashirin Inflyatsiya bozorning oʻz-oʻzini tartibga solish mexanizmini izdan chiqaradi. Muzlatilgan narxlar i. ch. xa-rajatlari yuqori boʻlgan sohalarga kapital yotqizishdan manfaatdorlikni yoʻqqa chiqaradi. Shu sababli bu sohadan kapitalning qrldiqlari ham chi-qib ketishga harakat qiladi va tovarlar taqchilligiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotida taqchillik narxlarning koʻtarilishiga sabab boʻladi.
Ochiq Inflyatsiyaning quyidagi shakllari mavjud: talab Inflyatsiyasixarajatlar I. si, tuzilmaviy Inflyatsiya va b. I. ning bu turlari bozorning oʻzi tomonidan yaratiladi.
Bozor sharoitida ochiq, muvozanatlashgan Inflyatsiya yuz beradi, bunda narxlar pariteta (nisbati) oʻzgarmaydi, xarajatlar ortishiga qarab narxning oʻsishi firmalarning foyda olib ishla-shini taʼminlaydi.
Inflyatsiya pul qadrini tushirib, uning iqtisodiy ahamiyatiga putur yetkazadi, shu bois davlat xarajatlarini qisqartirish, soliqlarni oshirish, pul emissiyasini cheklash, monopol narxlarni tartiblash, narx erkinligini taʼminlash, ortiqcha pullarni bankka, qimmatli qogʻozlar bozoriga tortish va b. lardan iborat Inflyatsiyaga qarshi siyosat yuritiladi. Inflyatsiya jahondagi barcha mamlakatlarga xos va xalqaro tus olgan. Mac, I. surʼatlari 1980-y. da AQSHda 10,8, Yaponiyada 7,1, Germaniyada 5,8, Fransiyada 13,3, Buyuk Britaniyada 16,3% ni, 1990-y. da tegishlicha 5,0; 2,4; 2,5; 3; 4,7% ni tashkil qildi.
Inflyatsiya shiddati narxlarning oʻsish indeksiga qarab aniqlanadi. Bu indeks Oʻzbekistonda 300 ga yaqin tovarlar (2000-y.) narxi oʻzgarishlarini hisobga oladi.

Inflatsiyaga nima ta'sir qiladi?


Yuqori inflyatsiya kabi bunday jarayon pulning sotib olish qobiliyatiga ta'sir qilishi mumkin va shaxsiy shaxsning shaxsiy daromadi unga bevosita bog'liq emas. Daromadlar aniqlanganda turmush darajasi pasayadi. Bu nafaqaxo'rlar, talabalar va nogironlar uchun amal qiladi. Iqtisodiy inqiroz tufayli, ushbu toifadagi odamlar kambag'al bo'lib qolmoqda, shuning uchun qo'shimcha daromad olishni yoki xarajatlarni kamaytirishga majbur. Daromadlar belgilanmagan bo'lsa, odam bu vaziyatda o'z vaziyatini yaxshilash uchun bunday imkoniyatga egadir. Bu kompaniyaning menejerlari tomonidan ishlatilishi mumkin.
Misol tariqasida, mahsulot narxi oshib borishi va resurslarning narxi bir xil bo'lib qolishi mumkin. Shunday qilib, sotishdan olingan daromad xarajatlarni oshiradi va daromadlar oshadi.






Download 236.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling