Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat
Download 236.44 Kb.
|
Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosat.
4. Inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va inflyatsiyaga qarshi siyosat
Inflyatsiyaga qarshi siyosat- narxlar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyatsion keskinlikni yumshatishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. Inflyatsiyaga qarshi siyosati inflyatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflyatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko’rinishda bo’lishi mumkin. Inflyatsiyaga qarshi siyosati o’z ichiga quyidagilarni oladi: 1.yalpi talabni tartibga solish; 2.yalpi taklifni tartibga solish. Keynschi iqtisodchilar birinchi yo’nalish tarafdorlari bo’lib, ular davlat buyurtmasi va arzon kredit hisobiga samarali talabni shakllantirish asosida yalpi taklif darajasini ko’tarish mumkin deb hisoblashadi. Hukumatning bu tadbirlari iqtisodiy pasayishni qisqartiradi va,ishsizlikni kamaytiradi. Ammo bunday inflyatsiyaga qarshi siyosati davlat byudjeti taqchilligini yuzaga keltiradi va qo’shimcha pul emissiyasiga ehtiyoj tug’diradi. Keyns davlat byudjeti taqchilligini davlat tomonidan olinadigan uzoq muddatli qarzlar hisobiga qoplashni taklif etgan. Inflyatsiyaga qarshi siyosatining monetarstik yo’nalishi tarafdorlari keyinchalik keynschilarning inflyatsiyaga qarshi kurash bo’yicha takliflari doimo samara beravermagach va kamchiliklari yuzaga chiqib qolgachyuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal asilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskatsiya tipidagi pul islohoti o’tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi. Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog’liq hodisa bo’lganligi sababli shok terapiyasi pul massasining o’sish sur’atlarini keskin qisqartiradi va inflyatsiya sur’atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin. Konfiskatsiya tipidagi shok terapiyasi ko’rinishlaridan biri bo’lib daromadlar-ning va narxlarning nominal darajalarini o’zgartirmagan holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish hisoblanadi. Bunday tadbirlar aholi tomonidan ohir qabul qilinishi sababli, u qisqa muddatda samara berishi zarur. Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan inflyatsiyaga qarshi siyosatining yana bir ko’rinishi - inflyatsiya sur’atlarini asta sekinlik bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir. Bu usulda inflyatsiya sur’atlari pul massasini ko’p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish orqali pul massasining o’sish sur’atini pasaytirishni ko’zda tutadi. Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkoniniberadi. Graduallash usulini qo’llash pul massasi va narxlar darajasining yillik o’sish sur’ati 20,30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo’ladi, deb hisoblanadi. Inflyatsiyaga qarshi siyosatining monetar usullargamuqobil bo’lgan variantlaridan biri narxlar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu usul daromadlarning o’sishi va narxlarning o’sishi ni muvofiqlashtirishni (adaptiv siyosat) ko’zda tutadi. Daromadlar va narxlarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish hukumattomonidan narxlar (narxlar) va daromadlar darajalarini muzlatib qo’yish, pul ko’rinishidagi ish haqining o’sishini o’rtacha mehnat unumdorligining o’sishiga bog’lab qo’yish orqali amalga oshiriladi. Soliqlar tarkibini o’zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi to’g’ridan-to’g’risoliqlarning ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar ulushini ko’paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning rag’batlantirish funktsiyalarini kuchaytirish, davlat byudjeti xarajatlarini pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari hisoblanadi. Inflyatsiyaga qarshi siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya jarayonlarining xususiyatiga,bog’liq.Inflyatsiyaning yuqori sur’atlarini oldini olish uchun hukumat quyidagilarni ta’minlashi kerak: - samarali soliq tizimini va davlat xarajatlari ning baaqarorligini; - pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o’sish sur’atlarini; - “inflyatsiyani import qilish” ga yo’l qo’ymaslik. Inflyatsiya va inflyatsionkutilmalar. Joriy yilning noyabr oyida inflyatsiya darajasi pasayishda davom etdi va yillik 11,3 foizni tashkil etdi. Shuningdek, yoz mavsumida narxlar o'sishining sezilarli sekinlashishidan so'ng sentyabr oyining oxiridan boshlab oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o'sishining ma'lum darajada tezlashishi kuzatildi. Bunda asosan meva-sabzavotlar narxlarining mavsumiy o'zgarishi hamda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taklifidagi uzilishlar va sust raqobat sharoitlari ushbu tovarlar narxlarining o'sishiga olib keldi. Xususan, noyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o'sishi yillik hisobda 16,3 foizni tashkil etdi. Bunda 2021 yil noyabr oyiga nisbatan go'sht mahsulotlari 17,7 foizga, meva va sabzavotlar 18,5 foizga, non mahsulotlari 16 foizga qimmatlashdi. Nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxlarining o'sish sur'atlari esa umumiy inflyatsiyadan sezilarli darajada past bo'lib, mos ravishda 8,3 foiz va 6,5 foizni tashkil etdi. Natijada yillik bazaviy inflyatsiya darajasi sekinlashishda davom etib, 11,5 foizgacha pasaydi. Joriy yilning noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari biroz pasaygan bo'lsa, tadbirkorlik sub'ektlarining kutilmalari aksincha ortdi. Tadbirkorlikning bir qator sohalarida inflyatsion kutilmalarning o'sishi qish mavsumida an'anaviy energiya resurslari (tabiiy gaz, elektr energiyasi) ta'minotidagi uzulishlar bois ishlab chiqarish xarajatlarning oshishi va taklif hajmi pasayishining kutilayotganligi bilan izohlanadi. Iqtisodiy faollik. Joriy yil yanvar-oktyabr oylari yakunlariga ko'ra, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bir qator asosiy ko'rsatkichlari yaxshilanishda davom etdi. Xususan, oktyabr oyi yakunlari bo'yicha yillik sanoat ishlab chiqarish hajmining pasayishi 1,6 foizni tashkil etgan bo'lsa (yanvar-sentyabr oylaridagi pasayish 2,7 foiz), chakana savdo aylanmasining ijobiy o'sish ko'rsatkichlari 1,2 foiz darajasigacha tiklandi. Xizmat ko'rsatish va qurilish sohalarida bajarilgan ishlar hajmi o'sishi mos ravishda 2,2 foiz va 9,1 foiz darajasida bo'ldi. Tahlillarga ko'ra, qisqa muddatli davrda iqtisodiy o'sish o'z potensial darajasidan past bo'lishi kutilmoqda. Bu talab hamda taklifning bosqichma-bosqich tiklanib borishi, shuningdek, ayrim iqtisodiyot tarmoqlarining to'liq tiklanishi uchun uzoqroq muddat talab etilishi bilan izohlanadi. Iqtisodiy faollikning operativ ko'rsatkichlari bosqichma-bosqich tiklanish tendensiyasini namoyon etmoqda. Xususan, bank to'lov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning umumiy soni joriy yil oktyabr oyida o'tgan oyga nisbatan 7,3 foizga, noyabr oyida esa 1,1 foizga oshdi. Savdo va pullik xizmatlar sohasida bank kassalariga pul tushumlari hajmi noyabr oyida oktyabrdagi ko'rsatkichdan 1,4 foizga kamayib, 14,3 trln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, o'tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirganda 11,8 foizga oshdi. Download 236.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling