Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
- rasm. O‘zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi
Download 236.44 Kb.
|
Inflyatsiya va inflyatsiyaga qarshi siyosat.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2- rasm. O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasi (narxlar o‘sishi %da)
1- rasm. O‘zbekiston Respublikasida iste`mol narxlari indeksi dinamikasi,
o`tgan yilning dekabr oyiga nisbatan % Metodologiyadagi o‘zgarishlar: Respublikamiz aholisining iste’mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16-18 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir hil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabr va noyabr oylarida eng arzon paytda ko‘p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya’ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilishini hisobga olib, metodologiyaga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi meva-sabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo‘lsa, iste’mol savatida ushbu vazn qo‘llanila boshlandi. Ya’ni, yangi metodologiyaga ko‘ra turli davr mobaynida istemol va xarid qilinayotgan maxsulotlarning tarkibining o‘zgarishlari ham hisobga olina boshlangan. 2018 yilning dekabr oyida mamlakat iste`mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o`rtacha 2,1 %ga oshdi. Umumiy hisobda 2018 yil davomida iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi 14,3 %ni tashkil etdi. 2- rasm. O‘zbekiston Respublikasida inflatsiya darajasi (narxlar o‘sishi %da) 2018 yil davomida INIning o`rtacha oylik o`sish sur`ati 1,1%ni tashkil etib, iqtisodiyotga inflyatsion bosim sentyabr oyidan boshlab kuchayib borgan. Jumladan, 2018 yilning oxirgi to`rt oyi davomida tovar va xizmatlarning iste`mol narxlari o`sish darajasi 7,6 %ni tashkil etdi. 2017 yil davomidagi INI o`rtacha oylik o`sish sur`ati ham 1,1 % darajasini tashkil etgan. 2017 yilning sentyabr-dekabr oylarida iste`mol sektoridagi umumiy inflyatsiya darajasi ko`rsatkichi 7,6 %ni tashkil etgan. Xulosa Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, inflyatsiya har qanday davlat uchun xavfli hisoblanadi. Hatto iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar xam inflyatsiya davrida og`ir ahvolga tushub qoladi, shu sababli xam davlatlar undan qochishga harakat qilishadi va inflyatsiya davrida undan qutilishni harqanday choralarini qo`llashga harakat qiladi. Mustaqillik yillarida yurtimizda ham inflyatsiya eng yuqori cho`qqisiga chiqdi. Lekin o`zvaqtida ko`rilgan chora va tadbirlar samarasi bilan oldin ko`rib ish qilish natijasida inflyatsiya darajasi pasayishiga erishildi. Ammo hozirgi vaqtda ham yurtimizda inflyatsiya biroz yuqori ekanligini etiborga oladigan bo`lsak bu bizga xavflidek tuyulishi mumkin. Lekin shuni etiborga olish kerakki inflyatsiya faqatgina davlatning yomon ahvolda ekanligini bildiribgina qolmay balki uning yaxshi holatda ekanligini xam bildirishi mumkin. Albatta qanday qilib degan savol tug`ulishi mumkin, bunga javoban misolkeltiradigan bo`lsak: misol uchun Qirg`iziston davlatini oladigan bo`lsak uyerdagi inflyatsiyaning yuqorilashishi kam maxsulot ishlab chiqarishdan yoki davlat byudjeti defetsetini qorlash uchun muomalaga ko`p miqdorda pul chiqarish oqibati bo`lishi mumkin. Lekin O`zbekistonni qaraydigan bo`lsak buyerdagi 7-8 % lik inflyatsiya davlat byudjetining katta qismi ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilganligidan darak beradi. Bu albatta ijobiy inflyatsiya bo`lib vaqtinchalik holat hisoblanadi. Download 236.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling