O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
tamoyillar asosida takomillashtirilib boriladi.
Pedagogik mehnatning samaradorligi, maqsadi va faoliyat vazifasiga ko‘ra aniq bir yo‘nalishni belgilash o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etishning birinchi tamoyilidir. Ikkinchi tamoyil mutaxassislikka oid bilimlarni chuqur o‘zlashtirib qizg‘in pedagogik faoliyat uslubini belgilash. Uchinchi tamoyil pedagogik mehnatni ilmiy asosda tashkil etishda axborot va kompyuter texnologiyalari vositalaridan samarali foydala- nishni mukammal bilish tushuniladi. Bunda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik texnologiyalar ham e’ti- borga olinadi. To‘rtinchi tamoyil ta’lim-tarbiya birligini ta’minlagan holda peda- gogik faoliyatni rejalashtirish. Ushbu tamoyil reja asosida ta’lim-tarbi- yaviy faoliyatni tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch tizimlarni topish kabi masalalardan tashkil topgan. Pedagogik faoliyatni aniq maqsadlar asosida rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani tarbiyalash va ularni har tomonlama kamol topti- rishning ustuvorligini ta’minlash mumkin emas, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtisodiy zarar keltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish o‘qituvchi faoliyatini muntazam kuzatib borish yutuq va 321 kamchiliklarini aniqlash, muhimlarini ajratib olishni nazarda tutadi. Hisobga olishning eng maqbul yo‘li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazoratda obyektivlik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va osh- koralik talab qiladi. O‘qituvchi mehnatini nazorat qilish va hisobga olishning munta- zamligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi: o‘quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorlanishni o‘zi tomonidan nazorat qilinishi; darsdan tashqari vaqtlarda ta’lim-tarbiyani nazorat qilish va o‘zining yutuq va kamchiliklarini kuzatish; o‘qituvchining darsdan tashqari vaqtini o‘zi nazorat qilishi; ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni nazorat qilish; o‘z ustida muntazam ishlash, ijod qilish. O‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda har jihatdan mukammal tashkil qilish mamlakatimizning mustaqillik prins iplariga sadoqatli hamda ja- miyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir yosh avlodni shakl- lantirishda muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘qituvchi o‘zining qizg‘in mehnatini pedagogik jamoa, ota-onalar, oila, mahalla qo‘mitalari, turli ja- moatchilik markazlari bilan o‘zaro puxta hamkorlikda olib borgandagina ta’lim-tarbiyaning samaradorligi yanada oshadi. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling