O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
O‘z-o‘zini anglash. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy
etilgan “Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglay- digan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”. (“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” “Muloqot” jurnali, 1998 yil, 5-son). O‘qituv- chining vazifasi va burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadri- yatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozit- siyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri – bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil qildirish o‘qituvchining mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan o‘qituvchilarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z- o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar o‘qituvchining bevosita nazo- ratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o‘z- o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar o‘quv- chilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi. O‘qituvchi tarbiya jarayonida quyidagi “O‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari”dan foydalanishi mumkin: - o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qilish; - o‘z-o‘zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida); - izohlash (o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi); - munozara (o‘quvchilarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og‘zaki ta’sir o‘tkazish). 230 Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oya- lari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllan- tirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir. Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imko- niyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan. Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subyektiv va obyektiv omillar ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi subyektiv omillar asosida o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini ang- lashga yordam bersa, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yara- tadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sha- roitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida o‘qituvchi muvaffaqiyatga erishadi. O‘qituvchilar tarbiya jarayonining ko‘p qirrali ekanligini, uni tashkil etish va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling