O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov
Download 2.85 Mb. Pdf ko'rish
|
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT
Tarbiyaning texnologiyaviyligi ta’lim muassasalarida tarbiyaviy
maqsadlarni amalga oshirish va unga erishishga sharoit yaratadi, nazariy asoslangan uzluksiz davom etadigan tarbiyalash jarayonining shakllari, metodlari, usullari va vositalarini o‘qituvchi to‘g‘ri tanlab natijalarga eri- shishini ta’minlaydi. U ilmiy modellashtirish (loyihalashtirish) asosida amalga oshiriladi, modellashtirishda tarbiyaviy maqsadlar bir xil ma’no- da beriladi hamda o‘qituvchi tomonidan insonning shaxsiy xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishning muayyan bosqichlarini obyektiv ravishda o‘lchash va baholash imkoniyatlarini yaratadi. 237 Tarbiyaning texnologiyaviyligi har qanday pedagogik tizimda — ilmiy muammolar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan tushunchadir. Biroq, agar ilmiy muammo tarbiyalanuvchiga bilim berish, ilmiy tafakkurini oshirish hamda ko‘nikma va malakalarini shakllantirish kabi maqsadlarni ifodalaydigan bo‘lsa, u holda tarbiya texnologiyasi o‘qituvchiga o‘quv- chilarni tarbiyalash yo‘l–yo‘riqlari va ularga erishish vositalarini to‘g‘ri yo‘naltirishga yordam beradi. Tarbiyaning texnologiyaviyligi tarbiyalashga yo‘naltirilgan ilmiy muammo sifatida o‘quvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish va rivoj- lantirish uchun lozim bo‘lgan va komil insonga xos barcha insoniy fazi- latlarni muayyan shart-sharoitlarda uzluksiz tarbiyalash asosida takomil- lashtirishni nazarda tutadi, bu esa ta’lim mazmunining o‘ziga xos xusu- siyatlarini ham belgilaydi. Shu munosabat bilan tarbiyaviy jarayonni harakatga keltiruvchi kuch, turtki asosan nimada ekanligi to‘g‘risida savol paydo bo‘ladi. Peda- gogikada inson tarbiyasiga qo‘yiladigan, uning hayotida yuzaga keladi- gan talablar va uning huquqiy imkoniyatlari, ijtimoiylashuvi, shaxsiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi ziddiyatlar bunda asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Ushbu talablar uning yosh xususiyatlariga muvofiq kelgan- dagina, insonni tarbiyalash va uni shaxs sifatida rivojlantirish jarayo- nining boshlanishiga turtki bo‘ladi. L.S.Vigotskiy bolaning biror hara- katni kattalarning yordamisiz bajara olishi mumkin bo‘lgan holatini dol- zarb rivojlanish hududi deb atagan. Bola o‘qish jarayonida biror yangi narsani o‘qituvchining yordami bilan salohiyatli tarzda o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan daraja yaqin rivojlanish hududi bilan belgilangan. Hududlar orasidagi masofa ziddiyatli tarbiyaviy holatni vujudga keltiradi — tarbiyaviy jarayonning bunday holati shaxsni shakllantirishda vujudga keladigan va erishiladigan yutuqlar o‘rtasidagi tafovut mavjud bo‘lganda yuzaga keladi. Bunday qarama-qarshiliklarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun o‘qituvchi-tarbiyachi belgilangan tarbiyaviy maqsadlarni o‘z maromida uzluksiz, mukammal amalga oshirishi lozim. Shundagina tarbiyaviy nuqsonlarni bosqichm-bosqich bartaraf etishga shart-sharoit yaratiladi. Download 2.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling