O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Bilimlarni og‘zaki usul bilan tekshirish


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

Bilimlarni og‘zaki usul bilan tekshirish metodi asosan ikki qism-
dan: birinchisi, tekshirish savollari va vazifalari, ikkinchisi esa, qo‘yilgan 
savol va vazifalarga javoblar hamda talablardan tashkil topadi. Bunda 
savol va topshiriqlarning mazmunini belgilashda, o‘rganilayotgan o‘quv 
materiali mazmuni bilan ilgari o‘tilgan materiallar mazmuni orasidagi 
bog‘lanishni tahlil qilish, o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda esa yetakchi 
bilimlarni ajratish zarur bo‘ladi. 
Savol va berilgan topshiriqlarning sifati o‘quvchilarning aqliy faoli-
yatlarining xarakteriga bog‘liq bo‘lganidan, ular o‘quvchilarning xoti-
rasini faollashtirish, fikrlash (solishtirish, umumlashtirish, yaxlitlash va 
hokazo) va nutqini rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim.
Bilimlarni yozma – grafik usulda tekshirish, o‘quvchilarning
- nazariy bilimlarini; 
- o‘quvchilarni masalalar va boshqa eksperimental topshiriqlarni 
bajarishda qo‘llay olish ko‘nikmasi va malakasini; 
- o‘quvchilarda berilgan masalalar bo‘yicha shakllangan ko‘nik-
malarni tekshirishni nazarda tutadi. 
Yozma – grafik usulda ishlarni tekshirish metodikasi quyidagi to‘rt 
etapda bajariladi: 
- nazoratni o‘tkazishga tayyorgarlik;
- uni tashkil etish;
- o‘tkazish; 
- natijalarni tahlil qilish. 
Nazoratni tashkil etishda nazorat etaplarining maqsadlarini belgilash, 
nazorat obyektlarining mazmunini tanlash, tekshirish vazifalarini tuzish 
lozim bo‘ladi. 


277 
Bilimlarni amaliy - laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish orqali 
tekshirish. Ushbu usul yordamida, o‘quvchilarning erishgan nazariy 
bilimlari asosida amaliy masalalarni echish, turli jadvallardan, formula-
lardan, chizmalar va o‘lchash asboblaridan unumli foydalanish ko‘nik-
masi va malakalari tekshiriladi.
Amalda masalalar echishda o‘quvchidan masalalarni echishning algo-
ritmini tuzish talab etiladi, chunki bunday tekshirishda o‘quvchi faoliyatining 
mantiqiy ketma-ketligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Shunday qilib, o‘qituvchi tomonidan tekshirishning turli metodlari 
qay darajada muvaffaqiyatli ekanligi tanlanganligi, o‘quvchilar bilim-
larini odilona baholashda muhim ko‘rsatkichlardan sanaladi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida pedagogik jarayonlarni 
quyidagicha samarali tashkil etish mumkin: 
- o‘qituvchilar o‘rtasida mehnat taqsimotini to‘g‘ri tashkil etish; 
- masofaviy o‘quv kurslari va elektron adabiyotlarning yaratuvchisi 
bo‘lgan jamoaga o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari va mutaxassisla-
rining birlashuvi; 
- pedagogik jarayonning tashkil qilinishini takomillashtirish va o‘qi-
tuvchi faoliyati samaradorligining monitoringini olib borish. 
Yangi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘qituvchilarning 
pedagogik mahorati oshirish uchun: 
- ta’limda texnologik asoslarning tez rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘l-
gan yangi kurslarni yaratish; 
- o‘quv kurslarini yaratish asosida o‘qituvchilarning ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish
- masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga bo‘lgan 
talablarning va o‘quv materiallari sifatini nazorat qilishga oid ehtiyoj-
larning qondirilishi; 
- o‘quv jarayonida o‘quvchi faoliyatining ustuvor mavqe tutishini, o‘quv 
jarayoni salmog‘ining o‘qituvchidan o‘quvchiga ko‘chishini ta’minlash; 
- yangi kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish asosida, o‘qi-
tuvchining har bir o‘quvchi bilan teskari aloqasining vujudga kelishini 
amalga oshirish. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling