O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


axborotlashtirish dasturi asosida


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

axborotlashtirish dasturi asosida qurilgan bo‘lishi kerak.
Axborot texnologiyalarini faol tatbiq qilish orqali ta’lim sifatini 
oshirish bunday dasturning maqsadi hisoblanadi.
Quyidagi masalalarni hal qilish orqali bu maqsadga erishish mumkin: 

metodik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim muassa-
salarining yagona axborot muhitini yaratish, o‘qituvchilarning kasbiy 
mahoratlarini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va ilmiy–metodik 
hujjatlarda axborot oqimini aniq boshqarish

uzluksiz kasbiy ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish va 
o‘quv jarayonini faollashtirish; 

o‘qituvchilarda va o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllan-
tirish uchun sharoit yaratish. 
Bunday dasturni amalga oshirish o‘quv jarayonini samarali tashkil 
qilish, butun jamoa va har bir ishtirokchining o‘quv jaryonidagi faoliyati 
natijalarini tahlil qilish, axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq 
etish samaradorligi darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Dasturga axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va tatbiq etishning 
barcha bosqichlarida o‘qituvchilarni nazariy va amaliy jihatdan tayyor-
lashga qaratilgan faoliyatini tashkil qilishda, quyidagi ta’lim internet–
resurslaridan foydalanish mumkin: O‘zbekiston Respublikasi pedagogik 
ta’lim muassasalarining yagona axborot makoni – www.pedagog.uz 


288 
portali bo‘lib, hozirgi kunda www.pedagog.uz portali quyidagi axborot-
ta’lim resurslaridan tashkil topgan:
www.pedagog.uz portalining axborot-ta’lim resurslari 

yagona elektron ta’limiy va ilmiy resurslar; 

yagona bitiruvchilar bazasi va kadrlarga elektron buyurtma berish 
tizimi; 

masofaviy ta’lim resurslari;

masofaviy malaka oshirish kurslari;

tarbiyaga oid elektron resurslar;

elektron o‘quv-metodik majmualar;

pedagogika bo‘yicha Ixtisoslashgan himoya kengashlari faoliyati 
ochiq elektron tizimi; 

yosh o‘qituvchilarni metodik qo‘llash elektron tizimi;

elektron konferensiya-forum;

respublikada pedagogik ta’limning elektron targ‘ibot tizimi rasmiy 
sayti. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling