O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

26-chizma. 
 
 
Ma’lumki, axborot eskirishi, ayniqsa, shiddat bilan eskirish xususi-
yatiga ega, demak, o‘qituvchi uzluksiz ta’lim olishi, ijod qilishi (mustaqil 
va maxsus tashkil etilgan) zarur. 
Ta’limni modernizatsiyalash sharoitida uzluksiz pedagogik ta’lim 
tizimida o‘qituvchi kadrlarni tayyorlashga qo‘yiladigan talablar ortib bor-
moqda.
O‘qituvchi zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o‘z–o‘zini 
takomillashtirishida masofaviy kurslar bebaho yordam ko‘rsatadi. Inter-
net orqali tayyorgarlik mavzusini tanlash, vaqtni tejash, o‘qitish samara-
dorligini oshirish imkoniyatini beradi. O‘zini, o‘z tajribasini ochib berish 
qobiliyati o‘qituvchi axborot madaniyatining muhim jihati hisoblanadi. 
Ba’zan o‘qituvchilar ma’muriyatning ishchi dasturlarni, ish yuzasi-
dan hisobotlarini, ish yuritishning zamonaviy talablaridan kelib chiqib 
kompyuterda rasmiylashtirishni talab qilishini to‘g‘ri qabul qilmaydilar. 
Biroq, hujjatlarni ham texnik, ham dasturiy zamonaviy vositalardan foy-
dalanib tayyorlashning ko‘nikma va malakalari aniqrog‘i, istagi o‘qituv-


289 
chiga innovatsiyalarga tayyor turadigan mahoratli o‘qituvchi sifatida 
tavsifnoma beradi.
O‘quv faoliyatini diagnostika va monitoring qilish ishlarida komp-
yuterdan foydalanish shuningdek, o‘qituvchining axborot kommunikatsi-
on texnologiyalarni bilish saviyasini tavsiflaydi. Kompyuterdan foydala-
nishda o‘quvchilarning hamda o‘qituvchining sog‘lig‘ini saqlash me’yor-
lariga rioya qilish o‘qituvchi axborot madaniyatining ajralmas qismidir. 
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yangi axborot texnologiyalarining 
tatbiq qilinishi o‘qitishning an’anaviy texnologiyalarini inkor qilmaydi.
Kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari didaktik jarayonga 
ulkan ta’sir ko‘rsatadi, uning faolligini muntazam oshirib boradi, biroq 
shu bilan birga o‘quv jarayonida axborot–kompyuter vositalaridan foyda-
lanishda pedagogik maqsadga muvofiqlik prinsipiga amal qilish talab 
etiladi. 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling