O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a’zam xoliqov


 O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt


Download 2.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/262
Sana25.10.2023
Hajmi2.85 Mb.
#1719321
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   262
Bog'liq
c665ac5f3602bdaa621100d5261f1b7d PEDAGOGIK MAHORAT

8.3. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt 
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo‘l-
mish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin muno-
sabatda bo‘lishga intilishi deb ta’riflanadi. Bu intilish o‘qituvchining 
o‘quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o‘rnata olishi va belgi-
langan maqsadga erishishini ta’minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga 
sodir bo‘lmaydi, ayniqsa yosh o‘qituvchilardan psixologik bilim, kishilar 
bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixo-
loglar o‘qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar 
xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar: 
Birinchisi, ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va 
vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir.
Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat o‘z ichki olamiga beriluv-
chan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga, 
doimo ichki xavotirga moyil kishilardir.
Pedagog olimlar o‘qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert 
xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo 
bo‘lishini ta’kidlaydilar. Biroq, ko‘pincha, pedagogikada ekstravert tip-


149 
dagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e’tirof etilganlar. O‘qituvchida 
ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga 
rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat 
sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir.
Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o‘z kasbiy faoliyatida 
mujassamlashtirgan o‘qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak: 

sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga 
ega bo‘lishi; 

o‘quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o‘quv-
chiga individual shaxs sifatida yondashishi; 

birorta ham o‘quvchisining yomon bo‘lishiga, ularning hurmat 
e’tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi; 

biror o‘quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf ja-
moasi bilan o‘zaro yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yilishiga xalaqit qili-
shini bilishi; 

o‘quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardi-
natsiya) saqlash mumkin emasligi; 

sinf jamoasida sodir bo‘ladigan kulgili vaziyatlarda o‘qituvchining 
o‘ta jiddiy va qat’iy bo‘lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib 
yuborishini unutmasligi

har bir o‘quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy 
yoki salbiy) o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatni mustahkam-
laydigan ko‘prik ekanligini unutmaslik. 
O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati 
o‘quvchilar jamoasi bilan qizg‘in, muvaffaqiyatli muloqotga kirishib 
ketishida namoyon bo‘ladi. Avvalo, o‘qituvchi o‘zining kasbiy-pedago-
gik dilkashlik fazilati haqida va uning nima ekanligini va tarkibiy qism-
lari nimalardan iboratligi to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 
Shu bilan birga, o‘qituvchi o‘zining kasbiga xos bo‘lgan shaxsiy fazi-
latlari nuqtai nazaridan e’tibor berib, dilkashlikning qanday jihatlarini 
o‘zida shakllantirish lozimligini aniqlashi va o‘z-o‘zida kommunikativ 
hislatlarni tarbiyalashning shaxsiy rejasini tuzishi kerak. 
Pedagogik kommunikatsiyaning o‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi 
ahamiyati shundan iboratki, unda o‘qituvchining yuksak kommunikativ 
madaniyati qay darajada ekanligi namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining 
kommunikativ madaniyati o‘z navbatida turli pedagogik vaziyatlarda 
paydo bo‘ladigan oddiy insoniy dilkashlik xususiyatiga tayanadi. Har 


150 
birimizda, o‘z shaxsiy muloqotimizning va o‘zgalarning biz bilan olib 
boradigan shirin xushmuomalali muloqotidan ko‘plab ajoyib taassurotlar 
xotiramizda saqlanadi. O‘zaro muomalada dilkashlik fazilatlarini 
namoyish etadigan ko‘plab pedagog ustozlarni bilamiz. Ular har qanday 
vaziyatlarda kishilar bilan bemalol muloqotga kirishib keta oladilar. 
Biroq, muloqotda butun suhbat jarayonini faqat o‘ziga qaratib, kommu-
nikatsiyaning qoq markazida faoliyat ko‘rsatishni istovchi o‘qituvchilar 
ham bor. Hayotda yana shunday o‘qituvchilar uchraydiki, ular muloqotda 
kamgap, suhbatda istar-istamas ishtirok etishadi, mutlaqo faol kommu-
nikativ rolni bajarishmaydi. Faqat kommunikativ xulqi bilan suhbat-
doshini qo‘llab turadi. Ba’zan hech kim bilan umuman muloqotga kirisha 
olmaydigan tund toifali o‘qituvchilar ham uchraydi. Ammo, pedagogik 
faoliyatda muloqotdagi xushmuomalalilik nafaqat insoniy fazilat sifatida, 
balki o‘qituvchilik kasbini tanlagan har bir kishining kasbidagi yuksak 

Download 2.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling