Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet142/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

IMAP protokoli


IMAP protokoli RFC 2060 hujjatda tavsiflangan. U POP3 protoko- li bilan ko‘p umumiylikka ega, lekin uning tuzilmasi sezilarli murakkabroq, IMAP mijoz va server tomonlarining ishlatilishi ham murakkabroq.
IMAP-server har bir xabarni ayrim foydalanuvchilar papkasi bilan bog‘laydi. Dastlab har bir qabul qilingan xabar INBOX papakaga tushadi,bu yerda foydalanuvchi uni o‘qishi, keyin esa boshqa papkaga o‘tkazishi, o‘chirishi mumkin va h.k.. Barcha bunday amallar uchun IMAP protokoli orqali maxsus komandalar ko‘zda tutilgan. Berilgan mezonlarni qanoatlantiradigan xatlarni har bir papkalardan qidirish imkoniyati qulay funksiya hisoblanadi. POP3dan farqli ravishda IMAP- server IMAP-seans borishi haqida, shu jumladan papkalar nomlari, qanaqa xabarlar qaysi papkalarda joylashganligi haqidagi ma’lumotlarni saqlashiga va boshqalarga e’tibor bering.
IMAPning yana bir muhim avzalliklaridan biri foydalanuvchiga xabarlarning alohida komponentlari – sarlavhalar, tarkibiy MIME- xabarlar qismlari va boshqalarni olishga imkon beradigan komandalarning mavjudligi hisoblanadi. Bu imkoniyat foydalanuvchi va Internet-provayder orasidagi past tezlikli bog‘lanishlarda qulay bo‘ladi. Ayrim foydalanuvchilar bir necha katta hajmli qo‘yilmalarga (masalan, audio- yoki videokliplar) ega bo‘lgan uzun xabarlarni yuklashdan qochishni va ular uchun juda kerakli bo‘lgan fragmentlarni tanlash imkoniyatini avzal ko‘rishadi. IMAP protokoli haqidagi batafsil ma’lumotlarni siz IMAP rasmiy saytidan olishingiz mumkin.
      1. FTP protokoli bo‘yicha fayllarni uzatish


FTP-seans, lokal va uzoqdagi xostlarda o‘rnatilgan fayllarni almashlashni ifodalaydi. Uzoqdagi xostga ulana olishi uchun foydalanuvchi o‘zining nomini va parolini kiritishi kerak. Ulangandan keyin foydalanuvchi uzoqdagi xostdan lokalga fayllarni uzatgani kabiuning teskarisini ham amalga oshirishi mumkin.
4.3.4-rasmda ko‘rsatilganidek foydalanuvchi, FTP foydalanuvchi
aganti yordamida FTP bilan o‘zaro bog‘lanadi. Oxirida server bilan TCP-ulanishni o‘rnatish uchun, dastlab foydalanuvchi FTP mijozga uzoqdagi xost nomini ko‘rsatadi, undan keyin FTP-buyrug‘i yordamida serverga jo‘natiladigan o‘zining nomini va parolini kiritadi. Server foydalanuvchisi aniqlangandan keyin kerakli bo‘lgan yo‘nalishda fayllarni uzatish jarayoni boshlanadi.
HTTP va FTP fayllarni uzatish protokoli hisoblanadi va juda ko‘p umumiylikga ega, masalan transport satxi protokoli sifatida ularning ikkalasi ham TCPni qo‘llaydi. Shuningdek, HTTP va FTP orasida prinsipial farqlar ham mavjud.
FTP protokoli ikkita parallel TCP-ulanishni: boshqaruvchi ulanish va ma’lumotlarni ulashni qo‘llaydi. Boshqaruvchi ulanish ikkita xost orasida boshqaruvchi axborotlarni jo‘natish (foydalanuvchi nomi va paroli, uzoqdagi kundalik katalogni almashlash komandasi, fayllarni uzatish va so‘rash) uchun xizmat qiladi.




Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling