2-toifadagi kabel — bu oʻralgan juftlikdan iborat kabel boʻlib, axborotni 1MGtsgacha chastota oraligʻida uzatish uchun moʻljallangan. Kabel chorraha yoʻnalishlar darajasiga testlanmaydi. Hozirgi vaqtda juda kam ishlatiladi. EIA/TIA 568 standard 1 va 2-toifadagi kabellami ajratmagan;
3-tolfadagi kabel — bu kabel axborotlarni 16 MGts.gacha chastota oraliqda uzatishga moʻljallangan, oʻralgan juftlikdan tashkil topgan boʻlib, 1 metr uzunlikda ikki sim bir-biriga 9 marotaba oʻralgan, kabel hamma koʻrsatgichlar boʻyicha testlanadi va 100 Om toʻlqin qarshilikka egadir. Mahalliy tarmoqlarga standart tomonidan tavsiya qilingan eng oddiy kabel turi boʻlib, hozirgi vaqtda koʻp tarqalgan. Bu toifa kabellar simpleks metod deb yuritiladi;
4-toifadagi kabel — bu kabel axborotlarni 20 MGts.gacha chastota oraliqda uzatishga moʻljallangan. Kam ishlatiladi, chunki koʻrsatgichlari boʻyicha 3-toifadagi kabel koʻrsatgichlaridan kam farqlanadi. Standart 3-toifadagi kabel oʻmiga 5-toifadagi kabeldan foydalanishni tavsiya etadi. 4-toifadagi kabelni hamma texnik koʻrsatgichi boʻyicha testlash mumkin va 100 Om toʻlqin qarshilikka ega. 1EEE8025 standartli tarmoqda foydalanish uchun yaratilgan kabeldir;
5-toifadagi kabel — bu hozirgi vaqtda eng mukammal kabel boʻlib, 100 MGs chastota oraligʻida axborot uzatishga moʻljallangan. 0ʻralgan juftliklardan tashkil topgan, 1 metr uzunlikda 27 ta oʻramdan kam emas (1 futga 8 ta oʻram). Kabelning hamma koʻrsatgichlari testlanadi va 100 Om toʻlqin qarshilikka ega. Hozirgi zamon yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlarda, yaʻni 100 megabitlik va 1 gigabitlik Ethernet, Post Ethernet va TPFDDT tarmoqlarida foydalanish tavsiya etiladi. 5-toifadagi kabel 3-toifadagi kabelga nisbatan taxminan 30—40
% qimmat. Bu toifadagi kabel optimal variant;
6-toifadagi kabel — bu kabelni kelajagi yaxshi boʻlib, 200 MGs - 500 MGs gacha chastota oraligʻida axborot uzatadi, u va undan yuqori toifadagi kabellardan 10 gigabitli tarmoqlarda ham qoʻllash mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |