Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet174/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

5.2.8-rasm. RTP sarlavha maydoni
5.2.3- jadval. RTPda qo‘llanadigan audioning ma’lumot turi maydonidagi turlari

Ma’lumot turi raqami

Audio formati

Diskretlash chastotasi

Talab etiladigan tezlik

0

PCM µ-low

8 kGs

64 k/bs

1

1016

8 kGs

4.8 k/bs

3

GSM

8 kGs

13 kpb

7

LPC

8 kGs

2.4 k/bs

9

G.722

16 kGs

48-64 k/bs

14

MPEG Audio

90 kGs

-

15

G.728

8 kGs

16 k/bs



5.2.4-jadval. RTP da qo‘llanadigan videoning ma’lumot turlari


Ma’lumot turi raqami

Video formati

26

MotionJPEG

31

H.261

32

MPEG 1 video

33

MPEG 2 video

Misol uchun agar qabul qiluvchi tomon RTP paket oqimini 86 va 89 tartib raqamlari orasida uzilish bilan qabul qilsa, qabul qiluvchi 87 va 88- paketlar yo‘qligini biladi. Qabul qiluvchi yoqolgan ma’lumotlarni o‘rnini berkitishga harakat qiladi.


Vaqt belgisi maydoni. Vaqt belgisi maydoni uzunligi 32 bit. U RTP paketning 1-baytini aks ettiradi. Oldingi bo‘limda ko‘rganimizdek, qabul qiluvchi vaqt belgisini tarmoqdagi paketning shovqin qarshiligi oqibatida faza yoki amplitudaning qisqa vaqtga o‘zgarishini yoqotadi va qabul qiluvchiga sinxron uzatishni ta’minlaydi. Vaqt belgisi o‘natuvchining signalni taktli diskretlashidan kelib chiqadi. Misol uchun, audio uchun diskretlash davri har bir diskretlash davri uchun birma-bir ortib boradi (misol uchun har 125m sek.da signalni diskretlash chastotasi 8 kHz); agar audio ilovalari 160 ta kodlangan namunalardan tashkil topgan qismlarni generatsiya qilsa, vaqt belgisi manba aktiv holatda bo‘lganida har bir RTP paketi uchun 160 tadan oshiradi. Vaqt belgisi hattoki manba aktiv bo‘lmasa ham doimiy miqdorda oshirib boradi.
Manbani aniqlashni sinxronlash (SSRC). SSRC maydon uzunligi
32 bit. U RTP oqimi manbasini aniqlaydi. Odatda har bir RTP seansidagi oqimda maxsus SSRC bo‘ladi. SSRC jo‘natuvchining IP adresi emas, lekin yangi oqim boshlanganda manbaga tayinlangan tasodifiy nomer. 2 ta oqimga bir hil SSRC o‘rnatilgan bo‘lish ehtimoli judayam kam. Agar shunday bo‘lsa ikkala manba ham yangi SSRC qiymatni qabul qiladi.

Nazorat savollari





  1. Multimediya sinflari haqida ma’lumot bering.

  2. TCP/IP protokollardan qaysi satxda foydalaniladi?

  3. TCP/IP transport satxining qanday funksiyalari bor?

  4. UDP- protokolning vazifasi nima?

  5. TCP protokolning vazifasi nima?

  6. Segmentlarni multipleksirlash/demultipleksirlash deyilganda nimani tushunasiz?

  7. IP- deytagramma nima?

  8. UDP portiga aniqlanma bering.

  9. Ilova va protokol tushunchalarining farqi nimada?

  10. Amaliy satx protokollari deganda nimani tushunasiz, ularning vazifasi nimadan iborat?

  11. Amaliy satxprotokollariningishlashprinsipini tushuntiring

  12. Jarayonlar deganda nimani tushunasiz? Tarmoq orqali jarayonlarning o‘zaro bog‘lanishi qanday amalga oshadi?

  13. Jarayonlarni manzillashtirish qanday amalga oshadi?

  14. Jarayonlarni amalga oshirishda interfeyslarning vazifasi nimadan iborat?

  15. Qaysi turdagi ma’lumotlar uzatilishiga real vaqt aloqasi deyiladi?

  16. RTP paketining sarlavha maydonida qanday ma’lumotlarni tashiydi?

  17. RTP da qo‘llanadigan audio ma’lumot turi?

  18. RTPda qo‘llanadigan videoning ma’lumot turlari?

  19. RTP paketining sarlavha maydoni.

Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling