2.2.13-rasm. Switch
Switch bu intellektual xabning oʻzi. U maʻlumotlar paketlarini hamma portlarga yubormaydi, qaysi portga qaysi kompyuter joylashganini eslab qoladi. Manzilli yozuvlarni ishlatib, komutator maʻlumotlar paketini portga yuboradi, shu portga haqiqatga ham kompyuter – manzilat joylashgan boʻladi.
S7700 seriyadagi kommutatorlar – bu kelajak avlod korporativ tarmoqlariga moʻljallangan yuqori darajali intellektual yoʻnaltirgichlardir. S7700 konstruksiyasi Huawei kommutasiyasining koʻp darajali intellektual texnologiyalariga asoslanadi, MPLS VPN kabi trafik tahlili, H-QoS kompleks siyosatlari, koʻp manzilli joʻnatmalarni boshqarish, xavfsizlik va yuklamalarni muvozanatlash hamda 4 darajali kommutasion xizmatlar kabi vazifalarni bajaradi. (2.2.14-rasm).
Uning yana muhim imkoniyatlaridan biri, kampus tarmogʻida yoki maʻlumotlarni qayta ishlash markazida simsiz aloqani birlashtirishni taʻminlash uchun bazaviy yoki agregat tugun holatda funksiyalanishi mumkin. S7700 ovozni, video va maʻlumotlarni uzatish xizmatlari, shu bilan birga tashkilotlarga iqtisodiy ochiq tarmoq qurishga yordam berish kabi xizmatlarni taklif qiladi.
2.2.14- rasm. S7700 seriyadagi kommutatorlar
Har qanday nuqtadan foydalanish va uning imkoniyatlari CloudEngine 16800 sun’iy intellekt asosidagi SOD (maʻlumotlarni tahlil qilish markazi) uchun jahondagi ilk kommutator ekanligini koʻrsatib beradi. U sun’iy intellektning (SI) hisoblash quvvatini 50 % dan 100 % ga, IPOS (soniyasiga kirish-chiqish operatsiyalari soni) maʻlumotlar omborini 30 % ga oshiradi va soha boʻyicha oʻrtacha kattalikni besh marta oshiruvchi kommutatorning samaradorligini taʻminlaydi.
Marshrutlovchilar (Routers)
Marshrutlovchilar (routers)– yoʻnaltirishning maxsus algoritmlari asosida maʻlumotlarni uzatishning optimal yoʻnalishini topishda qoʻllaniladi, masalan, kam sonli tranzit tugunlarning yoʻnalishini tanlash. OSI modelining tarmoq darajasida ishlaydi. (2.2.15-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |