Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet15/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

1.2.2-rasm. Juftli oʻram kabel

Bu kamchiliklami bartaraf etish uchun kabel himoyalanadi (ekranlanadi). Toʻqilgan juftlikni (STP) ekranlashtirish vaqtida har bir juftlikni ochiq toʻqilgan fnetall simli qobiq (ekran)ning ichiga joylashtiriladi. Bunday konstruksiya kabelni nurlanishini kamaytiradi, tashqi elektromagnit maydon xalaqitlardan va juft simlaming bir-biriga taʻsirini ham kamaytiradi (crosstalk, перекрестные новодки, chorraha yoʻnalishlar).


Tabiiyki, ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik, ekranlashtirilmagan juftlikka nisbatan narxi ancha qimmat boʻladi, ulardan foydalanilganda maxsus ekranlashtirilgan ulovchi moslamalardan (razyom) foydalanish zarur. Shuning uchun ekranlashtirilmagan oʻralgan juftlikka nisbatan ekranlashtirilgan oʻralgan juftlik kam uchraydi. Ekranlashtirilmagan oʻralgan juftlikning asosiy afzalligi kabel uchlariga razyomlarni ulashning osonligi va shuningdek, har qanday shikastlanishlarni taʻmirlashning boshqa turdagi kabelga qaraganda qulayligidir. Qolgan hamma texnik koʻrsatgichlari boshqa turdagi kabellarga nisbatan yomon. Masalan, signalni uzatishda berilgan soʻnish tezligi (kabeldan signal oʻtgan sari uning amplitudasini kamayishi) bu kabellarda koaksial kabel koʻrsatgichiga nisbatan katta. Agarda, kam himoyalanganligini ham hisobga olsak, nima uchun oʻralgan juftlik kabellarining uzunligi kam boʻlishi (100 metr atrofida) tushunarlidir. Hozirgi vaqtda oʻralgan juftliklardan 100 Mbit/s tezlikda axborot uzatish uchun ishlatilmoqda va uzatish tezligini 1000 Mbit/s.ga yetkazish ustida ish olib borilmoqda. Ekranlashtirilmagan oʻralgan juftli kabellaming (UPT) EIA/TIA 568 standartiga koʻra yetti toifasi mavjud:

  • 1-toifadagi kabel — bu oddiy telefon kabeli (oʻralmagan juft sim)

boʻlib, u orqali faqat tovushni uzatish mumkin, axborotni emas. Bu turdagi kabel texnik koʻrsatgichlari katta chekinishlaridan iborat (toʻliq qarshiligi, oʻtkazish yoʻlagi, chorraha yoʻnalishi);
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling