Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi begbo’tayev


Download 7.57 Mb.
bet13/217
Sana05.11.2023
Hajmi7.57 Mb.
#1749389
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217
Bog'liq
Begbutayev A Yusupov RUquv qollanma tarmoq texnologiyalari Kitob

λ f = c (1)
Chastota f sekundda toʻlqin tebranishining toʻla takrorlanishi soni boʻlib, gerts (Gts) larda oʻlchanadi: 1 kilogerts (KGts)=1000 Gts, 1 Megagerts (MGts)=1000000 Gts, 1 Gigagerts (GGts)=1 000 000 000 Gts.
Chastotalar farqi koʻlami qanchalik keng boʻlsa, maʻlumot uzatish shunchalik tez boʻladi. Masalan, uyali telefon 800-900 MGts oraliqdagi chastotali (masalan, tarmoqdagi elektr), yuqori qismiga qisqa, ammo yuqori chastotali (masalan, kosmik nurlar) toʻlqinlar mos keladi. Quyidagi jadvalga eʻtibor bering. (1.2.1-jadval)

1.2.1-jadval



Toʻlqin turi

Chastota

Doimiy elektr toki

0 Gts

Oʻzgaruvchan elektr toki

50-75 Gts

Telefon

10 Gts – 5 KGts

AM - radio

300-3000 KGts

Suvosti va aeronavtika qurilmalari

30-300 KGts

Buralgan juft

10 Gts – 5 MGts

Koaksial kabel

1 MGts – 0,5 GGts

Radar

5 KGts – 500 GGts

UHF televizion kanal

300 MGts – 3 GGts

Mikrotoʻlqin isitgichlar

> 20 Gts

Mikrotoʻlqin yuldoshlar

7,50 Gts – 750 GGts

Uyali telefon

824-834 MGts

Optik tolali kabel

106 GGts – 108 GGts

Infraqizil toʻlqinlar

104 GGts – 105 GGts

Koʻrinadigan yorugʻlik

500000 GGts – 5000000 GGts

Ultrabinafsha toʻlqin

5 106 GGts – 5 108 GGts

Rentgen nurlari

109 GGts – 1010 GGts

Gaina-nurlar

1011 GGts – 1013 GGts

Kosmik nurlar

>1014 GGts

Maʻlum chastota koʻlami FCC (Federal Communication Comission

  • Federal Kommunikatsiya Komissiyasi) orqali maxsus maqsadlar uchun ajratilgan. Bu turli qurilma standartlarini boshqarish uchun fizik muhit turlariga quyidagilar kiradi:

Simli aloqa muhiti kabellari:

    • Buralma juft kabel;

    • Koaksial kabel;

    • Optik tolali kabel;

Simsiz aloqa: Mikrotoʻlqin va yoʻldosh tizimlari.

        1. Koaksial kabellar (coaxial cable) - markazida izolyatsiya qilingan qalin mis sim va bu sim atrofidagi koʻp tolali simdan iborat kabel. Televizor va antennani ulashda ishlatiladigan kabel koaksial kabelga misol boʻla oladi. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. (1.2.1-rasm.)





1.2.1-rasm. Koaksial kabel

Koaksial kabellaming asosan ikki turi mavjud:



  • ingichka (thin) kabel. diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan;

  • yoʻgʻon (thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda. Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yolgʻon kabellarga nisbatan koʻp ishlatiladi, chunki ularda signal soʻnishi koʻproq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga oʻtkazish mumkin. Yoʻgʻon kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qoʻyishni taqozo qiladi. Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng koʻp tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada himoyalanganligi (sim tolqimasi— ekran mavjudligi), toʻqilgan

juftlikka qaraganda, axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s.gacha) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan koʻproq kilometrga). Tarmoqdan ruhsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek, u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq oʻralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni taʻmirlash va yigish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi ham qimmat (uning bahosi oʻralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5—3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razyomlar oʻrnatish ham murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni oʻralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi. Koaksial kabellar asosan «Shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun, albatta, terminatorlar oʻrnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi yerga ulanishi kerak.
1.2.2- jadvalda oddiy va keng toʻlqinli koaksial kabelga asoslangan aloqa kanalining koʻrsatkichlari keltirilgan.
1.2.2-jadval


Download 7.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling