5.2.1-rasm. Transport satxi amaliy satxlar orasida fizik ulanishni emas, mantiqiy ulanishni ta’minlaydi.
UDP va TCP larning asosiy vazifasi tarmoq satxi protokoli (IP) taqdim etadigan, oxirgi tizimlar orasida ma’lumotlar almashtirish xizmati yordamida, oxirgi tizimlarda bajariladigan, jarayonlar orasida ma’lumotlar almashinishini ta’minlaydi. Oxirgi tizimlar orasidagi ulanishning jarayonlar satxigacha bunday “davomliligi” transport satxida multipleksirlash va demultipleksirlash deyiladi. Shuningdek UDP va TCP protokollari o‘z sarlavhasiga xatoliklarni aniqlash maydornini kiritib, ma’lumotlarni uzatilishda buzilish bo‘lmasligini ta’minlaydi.
UDP segmentining strukturasi
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga transport xizmatlarini taqdim etadi. U ma’lumotlarni kafolatlanmagan yetkazilishini ta’minlaydi, ya’ni ularni olinganligi tasdiqlanishini talab qilmaydi, shuningdek axborot manbai va qabullovchi orasida, ya’ni UDP modullari orasida ulanish o‘rnatilishini talab qilmaydi.
UDP protokoli transport satxi xizmatlarining minimal to‘plamini kafolatlaydi, jumladan:
jarayonlar orasida ma’lumotlar almashtirish xizmati;
xatoliklarni nazoratlash.
UDP protokoli trafikni nazoratlamaydi –ma’lumotlar keraklicha davomli vaqtda istalgan tezlikda uzatilishi amalga oshiriladi.
Internet – ilovalar ishlab chiqaruvchilari uchun UDP protokoli TSP protokoliga qaraganda quyidagi to‘rtta afzalliklarga ega:
ulanish o‘rnatilishi protsedurasi mavjud emas – uzatish jarayoni kechikishi kamayadi; satxlaridaamalga oshirilishi va ular bilan bog‘langan UDP portlarga misollar keltirilgan
ulanish xolati xaqida axborot mavjud emasligi - UDP server TCP serverga nisbatan ko‘proq mijozlarga xizmat ko‘rsatishi mumkin;
sarlavha o‘lchamining katta emasligi - UDP 8bayt, TCP 20bayt;
ilova tomonidan ma’lumotlar uzatilishi boshqarishining yaxshilangan mexanizmi – real vaqt ilovasi ma’lumotlar uzatilish minimal tezligiga cheklao‘ qo‘yishi – tovushli paketning kechikishi
<150ms.
UDP protokoli IP protokoliga asoslanadi va amaliy jarayonlarga IP protokoli xizmatlaridan kam farqlanuvchi transport xizmatlarini taqdim etadi.
IP-paket sarlavhasiga UDP protokoli UDP-paket sarlavhasi ko‘ringishida xizmat axborotini qo‘shadi. (5.2.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |